Tayyorlagan referati



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü26,45 Kb.
#183623
növüReferat
  1   2   3
2 - mustaqil ish. MIKROIQTISODIYOT. REFERAT.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI
“RAQAMLI IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT 2 – bosqich 2I – 22 guruhi talabasi
Maxammadiyev Hojiakbarning
MIKROIQTISODIYOT FANIDAN
TAYYORLAGAN REFERATI


Mavzu: Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati.
Reja:

  1. Maksimal va minimal narxlar.

  2. Narxning bozor faoliyatiga ta'siri.

  3. Xulosa.



    1. Maksimal va minimal narxlar

Bozor muvozanatini ta'minlashda iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya'ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko'zda tutadi.
Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko'zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash yoki iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash. Iste'molchilarni narx tomondan qo'llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba'zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o'rnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e'lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o'rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo'qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo'ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida xarid qila olmagan iste'molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug'ilishidir. Biroq uning salbiy tomonlari ko'proq:
- ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
-ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi;
-bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u yetmasligi mumkin;
-«qora bozor»ning paydo bo'lishi va boshqalar.
Davlat ba'zida ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o'rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori bo'lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo'ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o'rnatish yo'li bilan aralashuvi ham yo'qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi.
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham qo'llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmi amal qilishining samaradorligi pasayishiga va sof yo'qotishlar paydo bo'lishiga olib keladi.
Ba'zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o'rnatiladi. Agar o'rnatilgan narx p muvozanat narxidan Pe kichik bo'lsa P < pe (Pe— muvozanat narxi) va narxni undan yuqori belgilash taqiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o'rnatilgan narx lö muvozanat narxidan Pe katta bo'lsa, P>Pe (Pe — muvozanat narxi) va narxni undan pastroq belgilash taqiqlansa, bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.
Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan o'rnatiladi.

Talab va taklif nazariyasiga ko'ra, maksimal narxning o'rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.
1-chizma. Narx maksimal bo'lganda mahsulot tanqisligi.
Maksimal narx o'rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi Qc dan QI gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste'molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste'mol ortiqchaligi oshadi.
Minimal narxning o'rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to'planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 5.2-chizmada keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi Qs — QD ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi.





Yüklə 26,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə