Geografiya kafedrasi gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan mustaqil ishlarni tashkil



Yüklə 238 Kb.
səhifə1/19
tarix03.06.2022
ölçüsü238 Kb.
#88585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan mustaqil topshiriqlar ishlanmasi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

GEOGRAFIYA KAFEDRASI


GIDROLOGIYA VA IQLIMSHUNOSLIK FANIDAN
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL
ETISH VA BAJARISH

(Mustaqil ishlarini bajarish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar)


Bilim sohasi: 500000 – Tabiiy fanlar, matematika va statistika
Ta’lim sohasi: 530000 – Fizikaga oid fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 60530400 – Geografiya

Farg’ona – 2021
1. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to`g`risida”gi 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug`i va “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo`yicha Yo`riqnoma” asosida tashkil etiladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;

  • tarqatma materiallar bo`yicha ma’ruza qismini o`zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo`yicha fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • mavzuga oid karta-sxemalar, turli chizmalar va diagrammalar tayyorlash;

  • talabaning o`quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo`lgan fan bo`limlari va mavzularni chuqur o`rganish;

  • fanlar bo’yicha uyga berilgan topshiriqlarni bajarish;

  • mavzular bo’yicha slaydlar, prezentatsiya - taqdimotlar tayyorlash.

O’qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
O’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturlarida talabalar mustaqil ishining mazmuni, mohiyati, shakli va hajmi hamda manbalari ko’rsatiladi. Talaba mustaqil ishi uchun o’quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda har bir fan bo’yicha tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi.
Mustaqil ishni bajarish uchun har bir mustaqil ish yuzasidan fan o’qituvchilari tomonidan talabalarga ko’rsatma va tavsiyalar berib boriladi va mashg’ulotlarda talabalarga yetkaziladi.

Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə