O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə9/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim


muassasalarining o‘quv tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq
etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga
kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega
bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa,
kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik
kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga
xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir.
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

Kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

Kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;

Kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

Har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;

Xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan
ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning
yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish,
tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb
etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli
hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning
imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishga erishish muhimdir.
Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga
muvofiq:
- maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi
savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi
mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
- suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
- suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;
- suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
- suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;
- suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun
sharoit yaratish;
- savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
- olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə