O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Pedagogika fanining metodologiyasi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə7/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Pedagogika fanining metodologiyasi
Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi. Chunki,
tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, jamoa va shaxs
muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi. Iqtisod va, xususan,
uning bir bo‘lagi xalq ta’limi iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq
pedagogikasi kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogika boshqa oraliq fanlar
ma’lumotlaridan tayyor holda foydalanmaydi. Bu ma’lumotlar pedagogik
nuqtai nazaridan tanlovdan o‘tgandan keyin maqsadga muvofiqlashtirilgan
holda amalga joriy etiladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot obyekti
Pedagogika fanining obyekti – yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogikada asosiy tushunchalar mavjud. Bular: o‘qitish, ma’lumot,
inson kamoloti, insonning shakllanishi.
O‘qitish – o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati va bu
jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv, ko‘nikma va malakasini
egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
Ma’lumot – bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy
axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga insonning ilmiy tizimni egallashi,
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
Inson kamoloti – bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar
ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat
kasb etishi ta’kidlanadi.
Insonning shakllanishi – bu insonning hayot yo‘li davomida
rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy
ta’sir natijasi hisoblanadi.



13
Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular haqida


boshqa boblarni o‘rganish jarayonida fikr yuritiladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə