O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə12/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu
metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy,
psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini
aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy
jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.



18
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning


muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan
sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash
maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari –
kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos
bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish
uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
o fan olimpiadalari;
o turli mavzulardagi tanlovlar;
o maktab ko‘rgazmalari;
o festivallar;
o musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba
qilib ko‘rish”) metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini
topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga
erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda
o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida
foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan
pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar
ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi
tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay
hamda unga baho bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil
etiladi. Xususan:

tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;

tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;

tadqiqot obyektlari va usullarining to‘g‘ri tanlanishi;

tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;

zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi;

tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta
ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib, umumiy
xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Matematik-
statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning
samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi, muammo holatini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta
tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkich hisoblanadi.



19


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə