O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Fanning vazifasi – talabalarning maʼnaviy va axloqiy talabalarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan
pedagogik jarayonning mohiyatini oʻrganish, shaxsni har tomonlama kamol
toptirish qonuniyatlarini aniqlash, ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib
chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar taʼlim tizimi tajribasini
oʻrganish asosida uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirish, taʼlim
muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati
mazmunini asoslash, ilgʻor pedagogik tajribalarni umumlashtirish va
amaliyotga joriy etish, pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar
hamda taʼlim-tarbiya usullari bilan qurollantirish, taʼlim-tarbiya birligi
hamda ijtimoiy tarbiya yoʻnalishlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni
taʼminlashning pedagogik shart-sharoitlarini oʻrganish, oʻqitish hamda
tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish, oila tarbiyasini
muvaffaqiyatli tashkil etishga tayyorlashdan iborat.
Darslik talabalarning mashgʻulotlarga tayorlanishida foydalanishlari
va ularning mustaqil ishlari uchun moʻljallangan.



8
I BOB. OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM


MUASSASALARIDA UMUMIY PEDAGOGIKA FANINING
ASOSLARI
Pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot
obyekti, metodlari
Reja:
1. Pedagogika fani va uning kelib chiqishi
2. Pedagogika fanining predmeti
3. Pedagogika fanining metodologiyasi
4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot obyekti
5. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Tayanch ibora va atamalar: Pedagogika, oʻqitish, ma’lumot, inson
kamoloti, insonning shakllanishi, kuzatish, suhbat, anketa, eksperement
Pedagogika fani va uning kelib chiqishi
Pedagogika (yunoncha “paidagogike” boʻlib, “paidagogos” “bola”
va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan
jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash
hamda unga taʼlim berishning mohiyati va muammolarini oʻrganadigan fan.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod xamda
kattalarni milliy istiqlol gʻoyalari asosida tarbiyalash, unga taʼlim berish
muammolarini oʻrganadi.
Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan
sohasi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni
o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim
nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari
hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos
o‘rgatuvchi”,
didasko “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining
mohiyati,
qonun
va
qonuniyatlari,
tamoyillari,
o‘qituvchi
va
o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari,
natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq
etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri
bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va
usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik,
huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.



9
Pedagogika nima? Nima bilan shug‘ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi?


degan savollarga pedagogika tarbiya haqidagi fan; pedagogika o‘sib
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika - umuman
insonni tarbiyalash haqidagi fan deb javob berishimiz mumkin. Bu
ta’riflardan voz kechmagan holda ta’lim-tarbiya muassasalarida shunga
mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatni
pedagogikaning bahsi deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash,
ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu
ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to‘plangandan keyin o‘sha
tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab
chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo, pedagogikaning nazariy kurtaklari
falsafa negizida paydo bo‘ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq
rivojlana boshlagan edi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir,
yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o‘zlarining bola tabiati,
ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan
pedagogika fani ravnaqiga ulush qo‘shganlar. Mashhur hind masali “Kalila
va Dimna”, Nizomul Mulkning
“Siyosatnoma”, Nosir Xisravning
“Saodatnoma”, “Ro‘shnoinoma”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik”,
Mahmud Qoshg‘ariyning
“Devonu lug‘otit turk”, Ahmad Yugnakiy,
Kaykovus, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari odob-axloqqa bevosita
daxldordir. Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex
pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi.
XVIII – XIX asrlarga kelib O‘rta Osiyoda pedagogik fikrlar taraqqiy eta
boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy,
Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib
chiqishdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish,
xalq o‘rtasida ma’rifatni targ‘ib etishda jonkuyarlik qildilar. Bugungi kunda
allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlari bilan bir qatorda xalq
donishmandligi bo‘lgan maqollar, ertaklar, dostonlar, topishmoqlardan keng
foydalanilmoqda. Bularning barchasi pedagogika fanining rivojlanishiga o‘z
hissasini qo‘shmoqda. Pedagogika fanining asosiy tushunchalari: ta’lim,
tarbiya, ma’lumot, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi.
Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan,
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning
bilish qobilyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan
jarayondir.
Tarbiya - yosh avlodni ma’lum faoliyatiga tayyorlash uchun ma’lum
maqsadga qarata rejali va bir tizimda ta’sir etish jarayonidir.



10
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya jarayonida olingan va tartibga solingan bilim,


egallangan ko‘nikma va malakalar, hamda tarkib topgan dunyoqarashlar
majmui. Ta’lim, tarbiya va ma’lumot inson shaxsini aqliy, jismoniy va
ma’naviy jihatdan shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. Ta’lim, tarbiya,
ma’lumot va shaxsning shakllanishi, rivojlanishi o‘zaro bog‘langan bo‘lib,
bir jarayonda amalga oshiriladi. Ta’lim va tarbiya tarkibiy jihatdan bir yaxlit
jarayondir. Ta’lim jarayonida bolalar tarbiyalanadi, tarbiyaviy vazifalarni
amalga oshirish uchun ta’lim jarayonidan foydalanamiz. Masalan, ta’lim
jarayonida Vatan haqida, uning o‘tmishi, hozirgi hayoti va kelajak haqida
bilimga ega bo‘lib, o‘quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar.
Ikkinchi tomondan Vatanga muhabbat qo‘yib, uning istiqlolini
mustahkamlash va kelajagini yaratish ko‘proq bilimli kadrlarga bog‘liqligini
anglab, o‘quvchilar o‘zlarining o‘qishlariga, bilim va ko‘nikmalar egallash
vazifalariga mas’uliyat bilan qaray boshlaydilar. Ma’lumot, ana shu ta’lim va
tarbiyaning mahsuli bo‘lib, shu jarayonda amalga oshiriladi. Bularning
hammasi shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə