O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə6/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Pedagogika fanining predmeti
Pedagogika fanining predmeti – ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni,
qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Har bir fan o‘rganilayotgan obyektdan o‘zi tadqiq qiladigan predmetni –
obyektiv dunyoning u yoki bu yashash shaklini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti
jarayonining u yoki bu tomonini ajratib oladi. Murakkab obyektiv holda
mavjud hodisa bo‘lgan tarbiyani ko‘pgina fanlar o‘rganadi. Masalan, falsafa
tarbiyani jamiyat, uning ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish
munosabatlari taraqqiyotning alohida momenti deb hisoblaydi; tarix uni
sinfiy kurash va sinfiy tuzumning ayrim qismi deb biladi: psixologiya uni
kamol topayotgan inson shaxsini shakllanishining tadqiq qilish munosabati
bilan o‘rganadi. Har bir fanning mustaqil fanligi uning o‘zi tadqiq qiladigan,
boshqa hech qanday fan tomonidan maxsus ravishda o‘rganilmaydigan
alohida tekshirish obyekti borligi bilan belgilanadi.
Fanlarning umumiy tuzilmasida pedagogika insonni o‘zining tarbiya
obyekti qilib olgan yagona fandir. Turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va
tarbiyalashning nazariy va amaliy tomonlarini yolg‘iz pedagogika fanining
o‘zi hal qila olmaydi. Ta’lim-tarbiyaga oid bilim va tajriba kengayib borishi
bilan pedagogika fani ham rivojlanib boradi va pedagogika fanlar tizimi
vujudga keladi. Pedagogika fanlari tizimi deb, ta’lim - tarbiya ishlari bilan
shug‘ullanadigan fanlarning yig‘indisiga aytiladi.
Pedagogika fanlari tizimiga quyidagidagilar kiradi:
1.Umumiy pedagogika – tarbiya nazariyasi va didaktika (o‘qitish
nazariyasi). U tarbiyaning barcha sohalariga xos qonuniyatlarni o‘rganadi va
tekshiradi.



11
2.Yoshlar pedagogikasi – maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab


pedagogikasi, kattalar pedagogikasiga bo‘linadi.
3.Maxsus pedagogika – surdopedagogika – kar bolalarni o‘qitish va
tarbiyalash tizimini, tiflopedagogika – yaxshi ko‘rmaydigan va butunlay
ko‘rmaydigan
bolalarni
o‘qitish
va
tarbiyalash
tizimini,
olegofrenopedagogika – aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
xususiyatlarini o‘rganadi.
4.Xususiy metodika – ayrim o‘quv fanlarining o‘qitish metodikasini
o‘rganadi.
Pedagogika tarixi - ta’lim-tarbiya ishining paydo bo‘lishi va taraqqiy
etishini o‘rganadi.
Pedagogika quyidagi fanlar bilan aloqador:
1. Pedagogika tarixi bilan bog‘liqdir. Pedagogika nazariyasini chuqurroq
anglash uchun pedagogik tajriba va pedagogik fikrlarning o‘tmishdagi
taraqqiysini bilish kerak bo‘ladi.
2. Pedagogika psixologiya fani bilan chambarchas bog‘liq. Psixologiya
inson psixologiyasining taraqqiy etishini o‘rganadi, pedagogika esa inson
kamol topishining asosiy faktori sifatida tarbiyani o‘rganadi.
Pedagogikaning psixologiya bilan aloqasining uch yo‘lini ko‘rsatish
mumkin:
a) psixologik tadqiqotlarning xulosalaridan foydalanish, psixologiya
ma’lumotlari asosida ta’lim-tarbiya vositalarini tanlab olish va tavsiya qilish.
Masalan, psixologlar turli yoshdagi bolalarda sezish va idrok etishning
rivojlanishini tekshiradilar.
Pedagogika
bundan bolalarni
sensor
tarbiyalashda, ularning sezgi organlari faoliyatini takomillashtirishda, har
tomonlama kuzatuvchanlikni o‘stirishda eng yaxshi muvaffaqiyatlarga
qanday qilib erishish haqida xulosalar chiqaradi.
b) pedagogik tadqiqotga psixologik eksperimentni kiritish. Masalan,
ta’lim jarayonida o‘quvchilarda bilish va amaliy qobiliyatlarni o‘stirishda,
yaxshi samaraga erishish sharoitlarini o‘rganilganda o‘quvchilarning fikr
yuritish va amaliy faoliyati jarayonlarini turli xil variantlari tatbiq qilinib va
bir-biriga taqqoslab ko‘riladi, bunda ta’lim metodining turli xillarini bir-
biriga bog‘lab olib borishining samaraliligi aniqlanadi.
v) ta’lim-tarbiyaviy hodisalarni o‘rganishda psixologik tahlillardan
foydalanish. Masalan, biror o‘quvchining o‘qishda qoloqligini bartaraf etish
usullarini qidirib topadi. Agar bu qoloqlik idrok etish, fikr yuritish, xotira
kamchiliklari oqibatida sodir bo‘lsa va bilimlarni normal o‘zlashtirib olishga
aynan qaysi kamchiliklar halaqit berayotganini hamda bu kamchiliklarni
qanday qilib yo‘qotish mumkinligini aniqlash kerak bo‘lgan paytda ana
shunday tahlil kerak bo‘ladi.



12
3. Pedagogika odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani bilan ham bog‘liq.


Chunki bola organizmining yoshiga qarab o‘sish qonuniyatlarini bilmasdan
turib ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish qiyin. Pedagogika ba’zi ta’lim-
tarbiyaviy hodisalarni tushuntirish hamda ta’lim-tarbiyaviy masalalarni hal
etishning asoslangan usullarini qidirib topish uchun fiziologiya faniga ham
bevosita murojaat qiladi. Masalan, Pavlovning inson psixik faoliyatida
birinchi va ikkinchi signal tizimlarining munosabatini yorituvchi ilmiy ishlar
turli yosh bosqichlarida o‘quvchilarning bilish faoliyatida sezgi, idrok,
tasavvur va tushunchalarining munosabati haqidagi masalalarni o‘rganishda
yordam beradi.
4. Pedagogika maktab gigienasi fani bilan ham bog‘liq. Chunki bolaga
tarbiya berishda ularning toza-ozodaligi, maktabning toza va ozodaligi va
gigienik talablarga javob berishi, sinfning yorug‘, ozodaligi talablariga javob
berishi muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə