O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə11/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa
va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini
yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod
O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarining ta’lim muassasalari
amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish, bu boradagi faolllik darajasi,
erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or
tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini
oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ta’lim
muassasasi
faoliyati
mohiyatini
yorituvchi
hujjatlar
quyidagilardan iborat:

o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali;



17


o‘quv dasturi;

guruh (yoki sinf) jurnallari;

o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari;

buyruqlar;

Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar;

Pedagogik Kengash qarorlari;

ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti;

tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish
borasidagi hisobotlar;

ta’lim muassasasi jihozlari;

stol-stullar;

yumshoq mebellar, qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari
samaradorligi darajasi, o‘quvchilarda hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalar hajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o‘rganishda muhim
ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan
sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan
nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat
qiladi.
Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
1)ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2)yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki
“ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash
orqali savollarga javob beradilar).
3)to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z
yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha
tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi.
Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat
holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif
etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z
fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə