O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Shaxs rivojlanishida faoliyatning o‘rni



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə17/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Shaxs rivojlanishida faoliyatning o‘rni
Shaxsning rivojlanishida “faoliyat”, “faollik” tushunchalarining o‘rni
beqiyos. Buyuk insonlar o‘z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay
mehnat qilganlar. Inson o‘z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga
erishishi mumkin, qobiliyat va iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o‘z
ustida ishlanishi zarurdir. Masalan, “Buyuk iste’dod sohibi Muxtor Ashrafiy
kunlardan bir kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano
oldida o‘tirib, kuy bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi
kelganda, turmush o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun Ustozga bir pas o‘tirib
turishni maslahat beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor
Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy
shogirdiga qarata: Men bugun kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab
ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan
kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta
kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi
mumkin emas-ku?! – deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon
urib kulibdi-yu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk
iste’dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi.
Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining
buyuk iste’dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan”.



26
Yoki yana bir iste’dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini


namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi
o‘z ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hech kimga
sir emas. Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida
tabiat quynida rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi
va yashash uchun ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo
hujra pulini to‘lay olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni
tanimabdi va undan ijara haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng
pulni to‘lashga va’da beribdi. Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi
mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, hujradan chiqibdi va pulni stol ustida
qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga
kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum tilla tangalarni ko‘ribdi va
ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘li stolning ustida mohirlik
bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlabdi...
Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga sotishga
muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi.
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste’dodga
aylanishi, insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi.
Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi.
Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo‘lmay, u ongli
ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Ya’ni, faoliyat - o‘quvchi ongi va
tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib
chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir. Bu o‘quvchining
darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o‘z tasavvuri doirasida, ma’lum
bir yechim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga qaratilgan
faoliyatdir. O‘quvchining aqliy harakatlari shaxsning ongli tarzda, ichki
psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman
harakatlaridir. Bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab
oladi. Bola shaxsining rivojlanishida harakatlar quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi
kuzatiladi:

Perseptiv – bunda o‘quvchi ongida jismlar va hodisalar
to‘g‘risidagi yaxlit siymo (obraz) shakllanadi;

Mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati va
mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va
bog‘liq murakkab faoliyat turi;

Imajitiv faoliyat – («imaje»-«obraz») ijodiy jarayonlarda xayol va
fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini
anglash va xayolda saqlashni taqozo etadi.



27
Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham


farqlanadi. Ayrim xatti-harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda,
alohida-alohida bajarishini va bunga butun diqqat-e’tiborni, ongning
yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o‘tgach, ongning ishtiroki kamayib,
ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning
muhim o‘rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga
ajratadi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta’rifi, fiziologik
mexanizmlari to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy
pedagogikada insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash
masalalari ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar
samarasi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga mo‘ljallangan
strategiyalardan iborat bo‘lib, shaxsning eng asosiy huquqlaridan
biri – bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, aqliy jihatdan rivojlanish,
yoqtirgan kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarishga
mo‘ljallangan.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat tomonidan
ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta’lim
jarayonida shaxs Davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi
shart. Ta’lim xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib
darajada malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta’lim jarayonida
yosh avlodga o‘rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va
maishiy xizmat sohalarida faoliyat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Har bir odam faqat ta’lim, ijtimoiy tarbiya va ma’naviy kamolot, kasb-
hunar o‘rganish tizimi vositasidagina shaxs bo‘lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi – uning jamiyat uchun foydali
funksiyalarni bajarishi, o‘z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab,
boshqalar bilan teng, mustaqil munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o‘rni va roli, huquq va
majburiyatlari qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib
bayon etilgan.
Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri – tarbiyadir.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə