O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə8/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Pedagogika o‘z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy
tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishga,
ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini
aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa
hodisalari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Miqdor o‘zgarishi sifat
o‘zgarishiga o‘tish daqiqalarida kuzatiladi.
Pedagogikada quyidagi ilmiy tadqiqot metodlari mavjud:
1. Adabiyotlar bilan ishlash metodi;
2. Kuzatish metodi;
3. Suhbat metodi;
4. Anketalashtirish;
5. Maktab hujjatlarini o‘rganish;
6. Matematik metod;
7. Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish.
Jumladan, kuzatish metodida o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik
hodisani ma’lum maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi
kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo‘lgan aniq
faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib
boriladi. Anketalashtirish metodida ommaviy ravishda material to‘plash
maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tadqiqot uchun
muhim bo‘lmagan materiallar o‘quvchilarning yozma va bir qancha fanlar
bo‘yicha mustaqil ishlarini bajargan daftarlarini tekshirish, o‘rganib chiqish
yo‘li bilan turlarga ajratilishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan
muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo‘li bilan yuqorida
qayd etilgan usullar asosida hal etiladi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan
pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot
ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har
tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-
sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi
holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini
anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar
vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-
tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga
keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va
subyektiv omillarga bog‘liq. Ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay
olish ham muhimdir. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni



14
tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni


berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo‘lib, ular asosida
muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, obyekti va
subyektiv omillari aniqlanadi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik
hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv
pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil,
uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual
jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs
kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika
kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni
amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik,
uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan
jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish
zarur.
Ular quyidagilardir:
1.Muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2.Ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;
3.Vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;
4.Tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5.Tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh,
psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi
qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;
6.Tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini
bashoratlash;
7.Tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi
2. Suhbat metodi
3. Anketa metodi
4. Intervyu metodi
5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi
6. Test metodi
7. Pedagogik tahlil metodi
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi
9. Pedagogik tajriba metodi
10. Matematik-statistik metod



15


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə