O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə10/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida
pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi.
Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan



16
muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p


hollarda, yozma ravishda olinadi.
O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa
savollari quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki
“ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash
orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.
Ular quyidagilardir:

anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini
yoritishga xizmat qilishi lozim;

anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;

anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yoshi va
psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar berilishini
ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini
tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;

anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi
shart.
Intervyu
metodi
respondent
tomonidan
tadqiq
etilayotgan
muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat
bildirilishini ta’minlaydi.
Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida
o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi
tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə