O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Shaxs tarbiyasiga taʼsir etuvchi omillar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə16/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Shaxs tarbiyasiga taʼsir etuvchi omillar
Ijtimoiy omillar. Ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tafakkur, turmush tarzi,
shaxslararo, guruhlararo, millat va xalqaro munosabatlarning muvofiqligi.
Biologik omillar. Genlar, irsiy, anatomik, fiziologik, ruhiy tashkiliy
jihatlar orqali o‘tadigan birliklar.
Ruhiy omillar. Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi
o‘zgarishlar
harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo‘lib, sabab tasavvurlar va
qarashlarni qamrab oladi, ya’ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.



24
Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar. Ijtimoiy muhitning shaxs


shakllanishidagi o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi
insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog‘liqligiga ko‘plab misollar keltirish
mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda emas, boshqa muhit,
aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim
biologik ko‘rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat
bo‘lmaydi. (1920-yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri
yaqinidagi bo‘ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti
bunga misol bo‘ladi.)
Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o‘rni muhim bo‘lib,
Alisher Navoiy – shoir, Eynshteyn – fizik, Ulug‘bek – astronom, Ibn Sino –
tabib bo‘lib tug‘ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining
rivojlanishi, iste’dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim
o‘rin egallaydi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi
siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o‘rni muhimligi ko‘rsatiladi.
Ta’lim-tarbiya insonning shakllanishida yetakchi o‘rin egallaydi. Ta’lim
– tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta’sirini o‘qish, mehnat
qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko‘nikmalar egallanishi
evaziga o‘zgartirish, xatto tug‘ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish,
soqovlik)ni bartaraf etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq mamlakatimizda qobiliyatli, iste’dodli va iqtidorli bolalarga
alohida e’tibor berila boshlandi, bugungi kunda
“Nihol”, “Zulfiya”
nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy
nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta’sis etilganligi ham yoshlarga
berilayotgan e’tiborning timsolidir.
Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy meros – ularning
asarlarida komil insonni ma’naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan.
Xususan,
“Avesto”, Qur’oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob
asarlaridagi komil inson g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi
kundagi O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da
sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o‘lmas g‘oyalar keltirilgan. Har bir inson
shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘lar ekan, mehnatga, insonlar va jamiyatga
bo‘lgan munosabati, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi yetukligi turlicha
bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o‘sha jamiyat qonun-qoidalariga
amal qiladi va voyaga yetadi. Pedagogikada shaxsning kamolotga yetishishi
murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga
erishishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-
tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati, iroda safarbarligi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga kiradi.
Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy



25
shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika


va psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik
omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog‘lab o‘rganuvchi
bixeviorizm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo‘lib, ularning ayrim
vakillari (E.Torndayk) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo‘lajak shaxsga
xos barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari
ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, - degan g‘oyani
ma’qullaydilar. Ba’zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o‘sishini ham
irsiyatga bog‘laydi. Shunday qilib, irsiylik shaxsning o‘ziga xosligini
belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-
ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali o‘tadigan birliklardir.
Biologik omilning inson shakllanishidagi o‘rni muhim va o‘ziga xos
irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi, insonga xos xususiyatlar –
aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug‘ma o‘tishi
mumkinligi, lekin bu tug‘ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi
insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi,
ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma’lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi
lozimdir. Insonning shaxs sifatida shakllanishida muhit (geografik, ekologik,
axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining
to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə