O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


 Pedagogika fani nimani oʻrgatadi?



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə15/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

5. Pedagogika fani nimani oʻrgatadi?



21
A. Ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talabiga va oʻquvchilar yosh


xususiyatlariga qarab mazmunan oʻzgarib borishini
B. Boʻlg‘usi pedagoglarning kasbiy jihatdan shakllanishi
V. Kasbiy shakllanish jarayoni
D. Yoshlarning axloqiy sifatlarini oʻrganadi
Uyga vazifa: Pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi,
ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari mavzusi doirasida konspekt tayyorlash,
kichik hajmli slayd tayyorlash, qayta hikoya qilish uchun tayyorlanib kelish.



22
Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.


Reja:
1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha
2. Shaxs tarbiyasiga taʼsir etuvchi omillar
3. Shaxs rivojlanishida faoliyatning o‘rni
4. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlari
5. Shaxsning ijtimoiylashuvi
Tayanch ibora va atamalar: Shaxs, omil, rivojlanish, yosh
xususiyatlari, individual xususiyatlar, shaxsning ijtimoiylashuvi, xulq-atvor,
tarbiya
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha
Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeyini
tasavvur qilish “Men” obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va
reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini belgilaydi va
barkamollik mezonlari bo‘lib hisoblanadi.
“Men” – obrazining ijtimoiy pedagogik ahamiyati shundaki, u shaxs
tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillarining ahamiyatini
yuksaltiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, “…tarbiyani shaxsning
o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagigi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir,
deb ta’rif berish mumkin”. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik
aniq va to‘g‘ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga
zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi.
Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida inson
kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlab, “Janobi Haq insonlarning
asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq
ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga
yetkazish tarbiya vositasida bo‘ladi. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq
xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir inson
bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga
olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvo odam
bo‘lib chiqadi” - deb ta’kidlaydi. Demak, tarbiya – o‘sib kelayotgan avlodda
hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy
e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy
fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilgandan
boshlab umrining oxirigacha oilada, tarbiya muassasalari, o‘quv dargohlari,
mahallada, jamoatchilik ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir.



23
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari


bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi.
Shaxs – ijtimoiy hayotning mahsuli. Jamiyat rivojlangan sari yetuk,
barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib boradi.
Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushunchasi bilan
ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning
individualligi(faqat o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa insonlarda uchramaydigan
xususiyat)dir.
Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining qaytarilmaydigan
birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy
jarayonlarning o‘tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari,
tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.
O‘zbek olimlari: M.G.Davletshinning
“Shaxs va jamiyat”,
E.G‘oziyevning “Psixologiya”, “Tafakkur psixologiyasi”, “O‘spirinlar
psixologiyasi”, V.Karimovaning “Ijtimoiy psixologiya”, A.Munavvarovning
“Pedagogika”;
Xorij olimlari: J.J.Piajening “Bolaning rivojlanishida muhitning
o‘rni”, D.B.Elkoninning
“Shaxs rivojlanishida o‘yinning ahamiyati”,
“Pedagogik psixologiya”, A.V.Petrovskiyning
“Umumiy psixologiya”,
V.Davidovning “Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi”, L.S.Vigotskiyning
“Psixologiya”, Dj.Dyuining
“Shaxs va uning jamiyatdagi o‘rni”,
G.Gardnerning “Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar” kabi asarlarida
shaxs tavsifi, uning rivojlanish bosqichlari, bunda faoliyatning ahamiyati
to‘g‘risida qimmatli fikrlar keltirilgan.
Shunday qilib, insonning shaxs sifatida kamol topishida ijtimoiy,
biologik, ruhiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ijtimoiy muhit –
kishi shaxsini shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmui sifatida talqin
qilinadi. Ijtimoiy tafakkur, turmush tarzi, shaxslararo, guruhlararo hamda
millat va xalqaro munosabatlarning o‘zaro muvofiq kelishi va bir-birini
boyitishi tushuniladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə