O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

"Jon haqida"
asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga 
kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan 
sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini 
batamom o’zgartirgan. 
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing 
ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u 
faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi 
turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar 
o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar 
uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan 
Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan 


10 
rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan 
qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan 
holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. 
Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z 
aksini topgan.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda 
psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi. 
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. 
Sharqda 
psixologik 
qarashlarning 
paydo 
bo’lishida 
buyuk 
Sharq 
mutafakkirlarining roli katta bo’lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabilar o’zlarining inson 
psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros 
sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa 
Abu Ali ibn Sinoning
mantiq, 
metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o’sha davr ilmiy 
taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan 
shug’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga 
qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so’ng ham zamonaviy 
psixologiyada o’z qimmatini yo’qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi 
bo’lib psixoterapevtik usullarni qo’llab ko’rgan olimlardan biridir.
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko’rinishlariga emas, 
faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo’llana boshlandi. Psixika 
kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga 
keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati 
tug’ildi. Masalan, 
Galen
(eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot 
yutuqlarini 
umumlashtirib, 
psixikaning 
fiziologik 
asoslari 
to’g’risidagi 
2 bosqich 
3 bosqich 
Psixologiya hulq-atvor 
haqidagi fan
Psixologiya ong haqidagi 
fan sifatida
1bosqich 
Psixologiya jon haqidagi 
fan
4 bosqich 
Psixologiya, psixikaning 
mexanizmlari, qonuniyatlari 
va faktlarini o’rganuvchi 
fan sifatida
Dunyoga materialistic nuqtai-nazardan qarash 
shakllangan. Rossiya psixologiyasining 
asosida aks ettirish nazariyasi asosiy 
qonuniyat sifatida ko’rsatiladi.
XIX asrdan boshlanadi. Psixologiyaning vazifasi 
ko’rgan narsalarni bevosita kuzatish , aniqrog’i
inson 
hulq-atvorini 
faoliyatini 
reaktsiyasini 
kuzatish deb hisoblangan. Bunda motivlarning 
o’rni hisobga olinmagan.
XVII asrda tabiiy fanlar rivojlanishi bilan 
boshlanadi. Fikrlash, xoxlash, his qilish,
qobiliyatini ong deb atashgan. O’z-o’ini 
kuzatish asosiy metod hisoblangan.
Bu yo’nalish psixologiyada bundan 2500 yil 
oldin paydo bo’lgan. Inson hayotidagi barcha 
narsalar tushunchalarni, tushunarsiz hodisalarni 
jon ruh bilan tushuntirishga harakat qilganlar.


11 
tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g’oyalari "ong" tushunchasi 
talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi. 
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo’lib 
hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi 
Dekart
(1596-1650) tomonidan xulq-
atvorning reflektor (g’ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, 
yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi 
bilan boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
refleks
(lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta'sirga qonuniy 
ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob'ektiv 
tarzda bilish vositasiga aylandi. Sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini 
izohlashga imkon yaratildi. 
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi 
Gobbs
(1588-
1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, 
uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta'kidladi. Uning 
negizida - epifenomalizm (yunoncha eri - o’ta, rhainominon –g’ayritabiiy hodisa) 
vujudga keldi, ya'ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy 
beradigan ruhiy hodisalar to’g’risidagi ta'limotga aylandi. 
Niderlandiyalik olim 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə