O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


dendritlar va bitta uzun o’simta -  aksondan



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

dendritlar
va bitta uzun o’simta - 
aksondan 
iborat hujayradan 
tashkil topgan.
Turli nerv hujayralarining tutashgan joyi 
sinaps
deyiladi va u bir neyrondan 
boshqasiga impulslarni o’tkazish (to’xtatish yoki ushlab qolish)ni ta'minlaydi. 


14 
Nerv hujayralari to’plami miyaning kulrang moddasini, nerv tolalarining 
to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Nerv to’qimasi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lib, ular qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik asosiy 
xususiyatlar hisoblanadi. 
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa 
pog’onasining kanalida joylashgan bo’lib, nerv to’qimasidan iborat. Orqa miya 
ikkita yarim, ya'ni o’ng va chap qismlardan iborat bo’lib, ularni uzunasiga ketgan 
oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi.
Orqa miyada nerv tolalarining tutamlari joylashgan bo’lib, sklet muskullari, 
nerv va shilliq qavatidagi periferik nerv uchlaridan qo’zg’alish nerv impulslari 
ko’rinishida, ular orqali miyaga u yerdan esa periferiyaga yetkaziladi.
Orqa miyada ongsiz reflektor harakatlarning gavda va qo’l-oyoqlar 
muskullarning, shuningdek bir qator fiziologik jarayonlarning tomirlarni 
harakatlantiruvchi, teri ajratuvchi va boshqa markazlar joylashgan.
Bosh miya qutida joylashgan bo’lib, orqa miyaning ustida joylashganga 
o’xshaydi. Bosh miyada uzunchoq miya, orqa miya, o’rta miya, oraliq miya va 
oldingi miya farqlanadi. 
Orqa miya, Varoliy ko’prigi va miyachadan iborat bo’lib, uzunchoq miya 
bilan birgalikda miya sopini tashkil qiladi. Miya sopi orqa miyani davomidek 
tutashgan.Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqori bo’limlariga 
impulslar o’tadi va orqaga qaytadi. 
Uzunchoq miyaning yadrolari murakkab refleks aktlarida ishtirok etadi; 
so’rish, chaynash, so’lak ajratish va hokazo.
Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O’rta miya-
to’rt tepalik qizil yadro muskul tonusining me'yoriy taqsimlanishini, tovush va 
yorug’lik qo’zg’atuvchilarini hamda og’irlik kuchiga nisbatan tananing to’g’ri 
joylashishini idora etadi. 
Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari mujassamlashgan. 
Oldingi miya va uni qoplab turgan po’stloq bosh miyaning oliy qismlarini tashkil 
etadi. Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 foizini tashkil 
qiladi va peshona sohasidan ensagacha cho’zilgan yoriq bilan ajrashgan ikkita o’ng 
va chap yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birikadi. 
Yarim sharlarning barcha yuzasi (qariyb 2200 sm) miya po’stlog’i deyiladi. 
Miya po’stlog’i kulrang moddadan tashkil topgan. Uning qalinligi turlicha bo’lib 
4-5 mm.gacha boradi.
Bosh miya katta yarim sharlari qobiqining yuzasi odamda katta sohaga 
ajratiladi, peshona (eng katta), tepa, ensa va chakkadan iborat. Bir xildagi 
hujayralar qatlamidan iborat qismlar (qobiq shakli va faoliyatining vazifalari 
turlicha bo’lgan oltita qatlam hujayralaridan tashkil topgan) qavatlardan (maydon)
iborat. Odamda hammasi bo’lib 52 ta maydon mavjud. Bosh miyaning po’stlog’i 
ostida yotgan qismlarini qobiq osti sohasi deyiladi. qobiq osti sohasi va qobiq osti 
tutamlari umumiy sezuvchanlikning differensiyalashgan markazlari hisoblanadi. 
Bu soha bizning emosiyalarimiz va instinktlarimiz bilan bog’langan.
Periferik nerv tizim markaziy nerv tizimi bilan ajralmas yaxlitlikni tashkil 
etadi. Periferik nerv tizimi markaziy nerv tizimidan chiqib, tarmoqlanib, shu bilan 


15 
birga butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bog’lovchi nervlardan tashkil 
topadi. 
Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik 
nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv 
uchlaridagi tuzilmalarda ta'sirlovchilar tufayli hosil bo’lgan qo’zg’alishni 
markazga, ya'ni orqa miya va bosh miyaga yetkazib beradi. Ushbu nervlar 
boshqacha qilib aytganda, qo’zg’alishni qabul qiluvchi markazga intiluvchi yoki 
afferent nervlar deyiladi.Harkatlantiruvchi (motor) nervlar markazdan kelayotgan 
impulslarni muskullarga va bezlarga yetkazadi. Bu nervlarni markazdan qochuvchi 
yoki efferent nervlar deb ham ataladi.
Vegetativ nerv tizimi - orqa miya bo’ylab va undan chetda joylashgan nerv 
tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ 
nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va 
boshqa organlarida joylashgan bo’lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi. 
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning 
kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan 
(uning markazlari o’rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko’prigida, uzunchoq 
miyada va orqa miyaning dumg’aza qismida joylashgan) iborat. 
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a'zolar faoliyatini idora qilishda 
o’ziga xos "antagonistlar" qarama-qarshi bo’lib, bir organ faoliyatini qarama-
qarshi holatga keltiradi.
Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa 
bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me'yordagi faoliyati simpatik va 
parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma'lum bir "muvozanatida" saqlanadi. 
Vegetativ nerv tizimi emosional kechinmalarda katta rol o’ynaydi.
Odamning ko’pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora 
etishda retikulyar formasiya alohida rol o’ynaydi. Retikulyar formasiya orqali 
miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmoqi bilan o’zaro 
birikkan to’rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya 
qobig’ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, miyachaga va orqa 
miyaga ta'sir qiladi.
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o’rganish tarixi 
ikkita yo’nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini 
o’rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini 
ochishdan iborat.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə