O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Gartli (1705-1784) bosh bo’lgan fransuz,  A.N.Radishchev



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

Gartli
(1705-1784) bosh bo’lgan fransuz, 
A.N.Radishchev
(1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos 
qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan 
o’zaro munosabati yotadi degan edilar. 
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi 
(
Galler, Proxazka
). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi 
ta'limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi 
Charlz Bell
va fransuz 
Fransua 
Majandi 
tomonidan yoyiluvchi va harakat nervlari o’rtasidagi tafovut ochib 
berildi. Uning negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha 
paydo bo’ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor 
turlari kashf qilindi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta'sirida rus olimi 
I.M.Sechenovning
(1896-
1934) reflektor nazariyasi ruyobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining 
fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarining o’ziga xos xususiyatlari 
tabiatini ochib berish imkoniyatini yaratadi.
Aytish kerakki, psixologiya fani borasidagi tadqiqotlar, kashfiyotlar shu 
bilan tugab qolmasdan, balki bu boradagi ishlar yanada kuchaytirilib samarali 
natijalarga erishilmoqda.
Miya va psixika 
Psixika 
yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, 
u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan 
materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining 
moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya 
tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda qancha 
murakkabroq tuzilgan bo’ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar 
maymun miyasining og’irligi 400-500 g bo’lsa, odam miyasining og’irligi o’rta 
hisobda 1400 g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya 
butun gavda og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan 
kislorodning 18 foizidan ortiqrog’ini ishlashidan ham ko’rishimiz mumkin. 
Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga 
nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi.


13 
Miyaning tanaga bo’lgan nisbati: Kit miyasining tanasiga nisbati 
20000
1
, fil 
miyasining tanasiga nisbati 
400
1
, maymun miyasining tanasiga nisbati 
100
1
,
Odam miyasining tanasiga nisbati 
46
1
.
Ayniqsa, bosh miya katta yarim sharlari kishi organizmi hayotida muhim 
ahamiyatga ega. Odamda o’rtacha 14-15 milliard neyrondan iborat. Eng muhim 
rolni miya po’stining peshona qismi o’ynaydi. hayvon taraqqiyotining yuqoriroq 
bosqichiga qanchalik ko’tarilsa, miya yarim sharlari po’stining peshona qismi 
shunchalik kattaroq bo’ladi.
Inson bosh miyasi, hayvon miyasidan ancha og’irdir.
Odam miyasi - 1400 g. 
Ot miyasi - 650 g. 
Gorilla miyasi - 400 g. 
Ho’kiz miyasi - 500 g. 
Kit miyasi - 2800 g. 
Fil miyasi - 4000 g. 
Individning psixik hayotida miyaning og’irligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ammo miyaning tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining 
aqli haqida miyaning og’irligiga qarab hukm chiqarish to’g’ri emas. Ba'zi kishilar 
miyasining vazni o’rtacha vazniga qaraganda ancha og’ir bo’lgani shuningdek
ba'zi kishilarning miya vazni o’rtacha darajadan kamroq ham bo’lgani ma'lum.
Masalan: I.S.Turgenevning miyasi 2012 g, V.M.Bexterevning miyasi 1720 
g, I.P.Pavlovning miyasi 1653 g, D.I.Mendeleevning miyasi 1751 g, Anatol 
Fransisning miyasi 1017 g bo’lgan. 
Odamning bosh miyasi kishi psixikasining o’ziga xos takrorlanmas, 
murakkab organi hisoblanib, u katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, o’rta 
miya va uzunchoq miyadan iborat.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam 
organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini 
hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik 
faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, joylashgan nihoyatda ko’p 
nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda 
qatlamidan iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan 
bog’liqdir.
Nerv tizimi nerv to’qimasidan tashkil topgan bo’lib, u o’z navbatida nerv 
hujayralaridan iborat. 
Har bir nerv hujayrasi, ya'ni neyron yadrosi bo’lgan juda ko’p tarmoqlangan 
kalta o’simtalar - 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə