O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

Ongning to’rtinchi xossasiga
asosan turli munosabatlardan ongli ravishda 
turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir. 
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi 
darajasi ongsizlikdir. 
Ongsizlik
- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar 
yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga 
tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi. 
Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli 
bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. 
Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy 
asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya 
shunday
qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va 
rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni 
boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam 
beradi. 
Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 
1 - Topshiriq 
Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini idealistik nuqtai 
nazardan va qaysi biri materialistik qarashda tushuntiradi? 
a) psixika o’zga alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog’liq emas; 
b) psixika eng yuqori darajada tashkil topgan materiya ya'ni - miyaning 
xususiyatidi; 
v) psixikani faqat o’z-o’zini kuzatish orqali o’rganish mumkin; 


20 
g) psixika - ob'ektiv olamning in'ikosidir. 
2 - Topshiriq

Rossiyalik psixolog - idealist A. Y. Vvedinskiy bunday yozgan edi: "Boshqa 
kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, chunki u har qanday 
tajriba o’tkazish imkoniyatidan chetdadir". Ko’rinib turibdiki, A. I. Vvedinskiy 
psixik hodisalarni fa qat bevosita bilish mumkin, deb hisoblaydi. 
1. Aytingchi, boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, 
deb aytilgan A. I. Vvedinskiyning fikri to’g’rimi? 
2. Shu bilan A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni bilishning qaysi usulini inkor 
etadi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə