O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1.BO'LIM. PSIXOLOGIYAGA KIRISH
 
 
PSIXOLOGIYANING PREDMETI 
Psixologiya haqida tushuncha 
 
Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribaciga asoslanib, u yoki bu holda 
idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega 
ekanligi haqida o’ziga o’zi hisob beradi. 
Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini
inson nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab 
turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning rangi va hajmini 
ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan 
chambarchas bog’liq. 
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga 
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya 
va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-
tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan 
ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya 
fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi. 
Psixologiya
so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - 
fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. 
Psixologiya
fan sifatida psixik faktlar
ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra 
psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik 
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: 


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə