O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi 
haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq 
inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, 
ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga 
intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali 
emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar 
ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur 
etardilar. 
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk 
davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi 
esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar 
"animizm"
deb ataladi. 
Animizm
so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon 
o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi 
Geraklit 
tomonidan, 
yoki olovsimon atomdan iboratligi 
Demokrit
tomonidan ta'kidlangan. 
Platonning
"ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr 
taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. 
Platon
ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati 
abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, 
ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi. 
Platon 
psixologiyada 
"dualizm"
oqimining asoschisi hisoblanadi. 
Dualizm 
so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm 
ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq 
bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. 
Platonning dualizm shogirdi 
Arastu (Aristotel
eramizdan oldingi IV asr 
384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə