O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

3.Bob MOTIV VA MOTIVATSIYA
Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni
Xorij psixologiyasida o’qish motivlarining nazariy tahlili 
O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya muammosi 
5. BO'LIM SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI 
1.Bob TEMPERAMENT
Temperament haqida tushuncha
Temperamentning fiziologik asoslari
Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi
Temperament tiplarining tavsifnomai
Faoliyaning individual uslubi va temperament
2.Bob XARAKTER 
Xarakter haqida tushuncha
Xarakter fiziologik asoslari
Xarakter tarkibi 
Xarakter aksentuasiyasi
Xarakter tipologiyasi
Xarakter borasidagi nazariyalar
Xarakterning shakllanashi
3.Bob QOBILIYAT
Qobiliyat haqida tushuncha
Qobiiyatlarning miqdor va sifat tavsifi
Qobiliyatlar tasnifi
Qobiliyatlar tarkibi
Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
 
 



KIRISH 
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari, davlatimizning 
bu borada amalga oshirayotgan siyosati zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimining 
tashkil qilishga yo’naltirilgan, Respublikamizdagi uzluksiz ta'lim tizimi 
strategiyasi, taraqqiyoti, xalqimizning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy 
qadriyatlari, madaniyat, iqtisod, fan- texnika va texnologiyalarda erishilgan 
yutuqlari negizida barcha davlat tuzilmalari va jamiyat tashkilotlari oldiga oliy 
pedagogik maktablar shuningdek, psixologiya fanlarining ham pedagogik kadrlar 
tayyorlash tizimi va ta'lim islohatlarini hayotga tadbiq etishni jonlantiruvchi asosiy 
vazifalarini belgilab bergan. 
Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga 
javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Albatta 
buning uchun insonlar psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik 
o’zgarishlarni anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o’z 
navbatida psixologik bilimlarga bo’lgan ehtiyojni ortib borishini ko’rishimiz 
mumkin. Chunki insonlar haqidagi bilmlarni qo’lga kiritish uchun avvalo 
psixologik bilimlardan xabardor bo’lishi lozim. Shu bois yozilgan darslik shaxs 
psixologiyasiga doir dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarni tushuncha va 
tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. 
Inson psixologiyasini bilish asosida shaxsni shakllantirishga, uning ijtimoiy 
taraqqiyotini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 
o’ziga xos uzluksiz ta'limning o’zbek modeli sifatida keng imkoniyatlar 
yaratmoqda. Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan asos solingan mazkur
modelning diqqat markazida eng avvalo shaxsni shakllantirish va uni barcha ta'lim 
islohotlarning sub'ekt sifatidagi faoliyati yotadi. Zero, mazkur dasturning hayotga 
tadbiq etilishining natijasi - bu har jihatdan intellektual salohiyatga, ishlab 
chiqarish malakasiga va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo’lgan shaxsdir. Bu ulkan 
vazifani yechish inson omili bilan bog’liq bo’lib, bunda psixologiya fanlarining 
alohida o’rni, salohiyati hamda ma'suliyati yaqqol sezilib turadi.
Ayniqsa respublika mustaqillikka erishgandan so’ng psixologiya fanlariga 
e'tiborning kuchayishi bu boradagi ishlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Shu bois 
umumiy psixologiya fanidan yozilgan darslik mazkur masalalarni o’zida qamrab 
oladi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə