Leksikologiya


Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishiga misollar



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə6/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishiga misollar:

1. Stolning oyog‘i qiyshayib qolibdi.


2. Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. (Chiroq piligini pasaytirdi)
3. Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan .
4. Avtomobilning eshigini ochib,do‘stini chiqarib oldi.
5. Askarlarimiz Vatan sarhadlarini ko‘z bo‘lib, quloq bo‘lib tun-u kun sergaklik bilan qo‘riqlamoqdalar.
6. Bu xushxabarni do‘stlarimga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim.
7. Devorning ham qulog‘i bor, aylanay.

Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so‘zlarni bilish, ularning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganini anglash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boyligini his qilishimizga yordam beradi.




Kinoya. So‘z kinoya ma’nosida qo‘llanadi. Yozuvda bunday ma’no ko‘chishlar qo‘shtirnoqqa olinadi: “Matematik” sinfdoshimning bir nozi algebrani “suv qilib ichmoqqa” yo‘lladi.(M.Murodov) Bizni “homiy”lardan himoya qilgil, degan sharq xalqida piching – duo bor. Xo‘sh,“janobi oliylari”, qaysi sho‘rlik xalq Sizning “himoyangizga” qilmish ixtiyor.
(G‘.G‘)
Bilib oling. So‘z ma’nosini ko‘chirishdashu so‘zga xos qanday belgi faollashayotgani muhim. Shu sababli bir so‘z turli ma’no ko‘chish turlariga mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, quloq so‘zining ma’nosi metafora,sinekdoxa, vazifadoshlik asosida ko‘chadi: qozonning qulog‘i - o‘xshashlik asosida ma’no ko‘chishi (metafora),eshitgan quloq nima deydi – qism orqali butunni ifodalash asosida ma’no ko‘chishi (sinekdoxa), devorning ham qulog‘i bor – tovusho‘tkazish vazifasining o‘xshashligi. Yoki oyoq so‘zida ma’no metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida ko‘chadi: Kitobni boshdan oyoq o‘qib chiqdim – metafora, kasalning oyog‘iga (oyoq tomoniga) o‘tirdi – metonimiya,mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‘ldi – sinekdoxa, stolning oyog‘i qiyshayib qoldi – vazifadoshlik. Ko‘z so‘zida metafora, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida; bosh so‘zida metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida; eshik so‘zida sinekdoxa va vazifadoshlik asosida; qanot so‘zida metafora va vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chgan.



Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə