Leksikologiya


FRAZEOLOGIZMLAR - IBORALAR



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə14/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

FRAZEOLOGIZMLAR - IBORALAR

Ma’nosi bir so'zga teng keladigan so‘z birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi. Iboralar har doim ko'chma ma’noda ishlatiladi.


Ma’no yaxlitligiga ega bo'lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so'zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko'chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
Masalan: bir yoqadan bosh chiqarib - ahil bo‘lib; ko'ngli joyiga tushdi - tinchidi: tepa sochi tikka bo'ldi - jahli chiqdi,achchiqlandi; xamirdan qil sug'urganday - oson; tekkanga tegib, teqmaganga kesak otadi - xira, tegajoq; qo'y og'zidan cho'p olmagan - yuvosh: aravani guruq olib qochadi - maqtanchoq, yolg‘onchi; yerga ursa, ko'kka sakraydi - juda sho'x; qulog'i ding bo’lmoq - hushyor bo'lmoq; qovog'i osilmoq – xafa bo`lmoq; og'zining tanobi qochmoq – quvonmoq; do'ppisi yarimta - beg'am kabi.

Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo'lagi vazifasida keladi. Iborani tashkil etgan so'zlar uning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapningboshqa bo'laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan: Rais daladagi hosilni ko'rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi iborasi butun holda kesim vazifasida keladi.
Iboralar, asosan, so'zlashuv va badiiy uslubda keng ishlatiladi, rasmiy va ilmiy uslublarda qo'llanilmaydi.
Iboralar ma’nodoshlik, antonimlik va shakldoshlik xususiyatiga ega. Bir-biriga ma’nosi yaqin iboralar ma’nodosh iboralar (frazeologik sinonimlar) deyiladi. Masalan: dunyoga kelmoq - tavallud topmoq; boshi ko‘kka yetmoq - og'zining tanobi qochmoq kabi. Agar so‘z va ibora ma’nodosh bo‘lsa, leksik-frazeologik sinonimlar deb ataladi. Masalan: yog' tushsa yalagudek - toza: ilonning yog'ini yalagan - ayyor kabi.
Qarama-qarshi ma’noli iboralar zid ma’noli iboralar (frazeologik antonimlar) deyiladi. Masalan: dunyoga kelmoq – dunyodan ketmoq; yerga ursang ko'kka sapchiydigan - qo'y og'zidan cho`p olmagan kabi. Agar so'z va ibora zid ma'noli bo'lsa, ularleksik-frazeologik antonimlardeb ataladi. Masalan: qimmat- suv tekin: baxil - qo'li ochiq kabi.
Shakli birxil, ma'nosi harxil iboralar shakldosh iboralar (frazeologik omonimlar) deyiladi. Masalan: boshga ko'tarmoq - e’zozlamoq; boshga ko'tarmoq - shovqin solmoq kabi. Dam bermoq,ko'z yummoq, qo‘l ko'tarmoq kabi iboralar ham shakldoshlik xususiyatiga ega.



Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə