Leksikologiya


BIR MA‘NOLI VA KO‘P MA‘NOLI SO‘ZLAR



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə2/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

BIR MA‘NOLI VA KO‘P MA‘NOLI SO‘ZLAR

So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi. Toshkent, Mirzacho‘l, o‘n singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar yoki monosemiya (grekcha mono – bir, semia – ma’no) sanaladi. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar yoki polisemiya (grekcha poli - ko‘p, semia – ma’no) deyiladi. Masalan: Non yumshoq ekan. Bu gapda yumshoq so‘zining o‘z, bosh ma’nosi qo‘llangan. Uning yumshoq gapirishiga hayron bo‘ldim gapida yumshoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan.


Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z hisoblanaveradi. Shuning uchun ko‘p ma’noli so‘zlardan biri to‘g‘ri ma’no (yoki o‘z ma’no), qolganlari esa ko‘chma ma’no bo‘ladi.


So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (denotativ ma’no) deyiladi.


So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) deyiladi.

Masalan: odamning qulog‘i - o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i - ko‘chma ma’noda.


O‘z va ko‘chma ma’no birikib, ko‘p ma’noli so‘zni hosil qiladi.
So‘zlar nutq jarayonidan ajratilganda, uning o‘z ma’nosi anglashiladi. Masalan: yengil ta’zim qilmoq, yengil kuy, yengil yaralanmoq, yengil eshikcha. Ushbu birikmalarda yengil so‘zi to‘rtta ma’noda ishlatilgan. 1-2-3-birikmalarda ko‘chma ma’nolarda, 4-birikmada esa o‘z ma’nosida qo‘llanilgan.
Tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanganligi natijasida ko‘p ma’noli so‘zlar maydonga keladi. Masalan, tosh so‘zi dastlab “qattiq”, “sovuq jism” ma’nosida qo‘llangan : “Yo‘lda tosh yotibdi”. Keyinchalik “qattiqlik” ma’nosini faollashtirib, toshbag‘ir, bag‘ri tosh birikmalarida bag‘irning sifatlovchisi vazifasida ko‘chma ma’noda qo‘llanila boshlangan. Yoki ko‘z so‘zi dastlab faqat “tirik organizmning qavariq shaklga ega bo‘lgan ko‘rish a’zosi” ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik “qavariqlik” ma’nosini faollashtirish asosida “daraxtning ko‘zi”,“yorug‘lik bilan ta’minlash” ma’nosini faollashtirish orqali “derazaning ko‘zi” ma’nolarida qo‘llanila boshlandi.
Bir ma’noli so‘zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Yangi so‘zlar (neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan qo‘shimcha ma’nolarni anglatadi. Masalan: Vaqtim vip kabi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o‘rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.

KO‘CHMA MA’NO VA ULARNING TURLARI


Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat nomlari ma’lum bir asosga ko‘ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat nomi sifatida ham qo‘llanadi. Bunday vaqtda bitta nom bir necha narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan, burun so‘zi “tirik organizmning yuz qismidan bo‘rtib chiqqan nafas olish organi” ma’nosini ifodalash bilan birgalikda “yerning suvlikka tomon bo‘rtib chiqqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi. Predmetlar o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlik ( yuz qismidan bo‘rtib chiqqan burun bilan yer qirg‘og‘ining dengiz yoki okeanga qarab bo‘rtib chiqishi o‘rtasidagi o‘xshashlik) birining nomini ikkinchisi o‘rnida qo‘llashga asos bo‘lgan.





Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə