Leksikologiya



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə8/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

Lug'aviy omonimlar shakldosh so'zlardir. Masalan, ot- hayvon, ot - ism, ot - irg'it kabi. Affiks omonimlar esa shakli bir xil, vazifasi har xil bo'lgan qo'shimchalardir. Masalan, -ma qo'shimchasi fe’lning bo'lishsiz shaklini (kelma), ot (tortma) hamda sifat (qaynatma) yasashda ishlatiladi.
Omonimlarga misollar:
1. Mashinaga hojat yo‘q. Ana, ko'chada tramvay, trolleybuslar bor. Bor, toshingni ter.
2. Tushga qolmay yukimiz aravaga ortildi. Ahad mirzo bo‘sh kelmay uning yo'lini to'sdi: - Tush pastga!
3. Osh totig`i - tuz. Shakldosh so'zlar ishtirokida gap tuz.

Lug'aviy omonimlar nutq jarayonida so‘z o‘yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik san’atida ulardan o'rinli foydalanish askiyachilarning mahorati sanaladi. Masalan, Abdulhay maxsum Navbahor payrovi bo'yicha askiyada: «lkkovlaring ham o‘ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog‘ga kirib daraxtlarni oqlaymiz desam: «Bizni ish kam joyga yetaklang», - deysizlar». Bu o'rinda ish kam «uzum ko'taradigan moslama» va «ish kam» ma’nolarini bildirish uchun qo'llangan yoki G`ulomjon Ro`ziboyev cho`tir so`zining tovush tomonining bir xilligidan foydalanib, ikki so`z o`rnida ishlatadi:


Bir gap eshitib qoldim.Saydullaxon choyxonada nasiyaga muomala qilib,idoraga pul topshirmagan ekan,hisobchilar o`zini o`tqazib olib, “cho`turyapti” deb eshitdim”.
Bu o`rinda cho`tir so`zi: 1. Bujur. 2.Cho`t ur ma’nolarida ishlatilgan.

O'zbek tilida leksik omonimlar juda ko‘p ishlatilgani sababli ular maxsus she’riy janr - tuyuqqa ham asos bo'lib xizmat qiladi. Shakldosh so`zlardan foydalanganda ham shakliy,ham mazmuniy go`zallik aks etadi. Shakldoshlik so`zning ma’no jilolarini namoyish qiluvchi lisoniy hodisalardandir. U nutqda ohangdoshlikni yuzaga keltiradi.Masalan:




Bunim yo'q, unim yo‘q,
Uyimda unim yo'q.
Ishimda unum yo'q,
Aytishga unim yo'q. (Kamiy)

Badiiy adabiyotda omonimlarni qo'llash orqali tajnis (jinos) va iyhom san’atlari yuzaga chiqadi.




Qaro ko'zum, kel-u mardumlig' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.Ushbu parchada tajnis qo'llangan.


Labing bag'rimni qon qildi, ko`zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yamon qildi, men andin bir so'rorim bor. Ushbu parchada iyhom qo'llangan.


Bilib oling: ayrim so'ziar ham shakldoshlik, ham ko'p ma’nolilik xususiyatiga ega. Masalan:

1. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo'ldi.


2. Uning basharasi tok zangiday bujmayib ketdi.
3. Temir zangi uning havoda oksidlanishi natijasida paydo bo'ladi.
4. Davlat arboblari astoydil harakat qilsalar, hayotning zangini oltinga aylantirish mumkin deyishadi.

Ushbu gaplarning 1-, 2-, 3-sida shakldosh so'zlar berilgan bo'lsa, 3- va 4-gaplarda zang so'zining turli ma’nolari aks etgan.


Shakldoshlik bir yoki bir necha turkum doirasida uchrashi mumkin.


Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə