Leksikologiya


MA’NODOSH SO`ZLAR (SINONIMLAR)



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə9/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

MA’NODOSH SO`ZLAR (SINONIMLAR)


Ma’nodosh so'zlar (sinonimlar) bir umumiy ma’noni ifodalovchi jkki yoki undan ortiq so'zlardir. Ma’nodosh so'zlar bir ma’noni xilma-xil so'zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so'z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: Basharasiga tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi. Uningquvnoq chehrasi qizga yanada yoqimli ko'rindi.Yoki sovg`a,hadya,tuhfa, armug`on kabi.
O'zaro sinonimik munosabatda bo'lgan so'z va qo'shimchalar sinonimlar uyasi, sinonimlar qatori deviladi. So'z maqomidagi sinonimlar lug'aviv (leksik) sinonimlar, qo'shimcha maqomidagisinonimlar esa affiks sinonimlar sanaladi.
Ma’nodosh so'zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, lekin ularning ma’no darajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslubga xoslanishi bilan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo'kirmoq so'zlari so'zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo'lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming'irlamoq, vaysamoq, javramoq so'zlari ham so'zlash umumiy ma’nosi orqali yuqoridagi so'zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Irodetmoq, bayon etmoq singari so'zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Yoki oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, turq singari sinonimlar inson bosh qismining old tomoni ma’nosini ifodalaydi. Lekin oraz, uzor, ruxsor, chehra so'zlarida ijobiy baho, oraz, uzor, ruxsor so'zlarida badiiy uslubga xoslanish belgisi mavjud, bet, aft, bashara, nusxa, turq so'zlarida salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib, kuchayib boradi (betga nisbatan aftda sal­biy baho kuchliroq, turqda esa hammasidan kuchliroqdir. Demak, bu beshta so'zda salbiy baho kuchayib boradi).
Har qanday uslubiy xoslanish va so'zlovchining bahosidan xoli bo'lgan sinonimlar qatori a’zosi dominanta (uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko'ra neytral) hisoblanadi. Demak, yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominanta sanaladi.
Kulmoq,jilmaymoq,iljaymoq,tirjaymoq,qah-qah urmoq,xanda otmoq, hiringlamoq ma’nodoshlik qatoridagi kulmoq so`zi boshqalariga nisbatan nutqda ko`proq qo`llanadi va uning ma’nosi barchaga tushunarli sanaladi. Shunga ko`ra bu so`z bosh so`z (dominanta) sanaladi.
Sinonimlar belgi, predmet, shaxs, voqeaning bir necha nomlar bilan aytilishidir. Sinonimlar til boyligi bo'lib, avvalo, shaxs va predmetlarning eng nozik ma’no bo'yoqlarini ifodalash uchun xizmat qila­di. Masalan: Gulshanda gullarni tebratar sabo, Adashgan yo'lchiday daydib yurar yel. Ikkinchidan, sinonimlar gapdagi takrorga yo'l qo'ymaydi. O'rinsiz takror nutqqa putur yetkazadi. Sinonimlar badiiy uslub vositasi bo'lib, adabiy tilni boyitish manbalaridandir. Ona tili imkoniyatlarimizdan (bet - yuz) va boshqa tillardan so'zlar olish yo'li bilan sinonimik qatorlar kengayaveradi: dastur (reja), nasim (yel), botir (mard, jasur, qahramon), ota (padar), o'qituvchi (muallim), kishi (inson, bashar), bitik (kitob), et (go'sht), vatan (yurt, o‘lka, diyor), chiroy (husn), chiroyli (go'zal, ajoyib), katta (buyuk), tug'ilmoq (tavallud topmoq).
Sinonimlar nutqni ravon va ta’sirli qiladi:
Erur bas chu husn-u malohat senga,
Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga.

Shu qadar chiroyli, shu qadar go‘zal


Minglab gulistondan afzaldir bu joy.
Minglab gulistonga, minglab chamanga
Bahuzur ko‘rk bo'lur undagi chiroy.

Ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun sinonimlar birin-ketin qo'llanadi: Yiglatdi meni demaki, siqtatdi meni. Falakdan, osmondan, ko'kdan oshgay faxr etib boshim. Ajoyib husndor, go'zal fasl bu! Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu do‘st-u yorim bor.


Lug'aviy sinonimlar ma’nosiga ko‘ra ikki xil bo'ladi: 1) to'liq sinonimlar; 2) ma’noviy sinonimlar.



Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə