Leksikologiya


METONIMIYA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə4/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

METONIMIYA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Metonimiya yunoncha “metanymia” – qayta nomlash demakdir.
Narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya hisoblanadi. Bunda ikki predmet o‘rtasida hech qanday o‘xshashlik bo‘lmaydi. Ular orasidagi doimiy bog‘lanish tufayli birini aytganda ikkinchisi ham anglashiladi. Masalan: Bir kosa suv ichdim,deyish o‘rniga bir kosani simirdim; Navoiyning asarini o‘qidim, deyish o‘rniga Navoiyni o‘qidim kabi.
Metonimiyada har doim ikki predmetdan biri aytilib, ikkinchisi tushuniladi, shuning uchun ikkinchi predmetning nomi tushirilgan bo‘lsa-da, u birinchi predmetning nomi orqali anglashiladi. Masalan:
Zal oyoqqa turdi – Zalda yig‘ilganlar oyoqqa turdi.
Auditoriya kuldi – Auditoriyada o‘tirganlar kuldi.
19 ga kirdim – 19 yoshga kirdim.
Qorako‘lda yashayman - Qorako‘l tumanida yashayman.
“Paxtakor”da tushaman – “Paxtakor” bekatida tushaman.
Zebi kashtasiga berildi – Zebi kashta tikishga berildi.
Metonimiya asosida ko‘chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo‘nda,ifodali,ta’sirchan bayon qilishning bir yo‘li sanaladi.

Metonimiyaga misollar:

1. “Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi? (Bekatdagi yo‘lovchining murojaati)


2. Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan)
3. Mabodo, “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan)
4. Navbatim sumka ko‘targan “jinsi”dan keyin. (Xaridorning javobi)
5. “Navoiy”ni kechadan beri ko‘tarib yuribman. (O‘quvchining nutqidan)
6. “Hamza”ga bordik.
7. Samovarda osh yedik.
8. Butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi.
9. Taxt uchun kurash boshlandi.
10. Fuzuliyni oldim qo‘limga.
11. Lermontovni tashlamadim hech,
So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni. (H.Olimjon)
12. Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob... (G‘. G‘ulom)
13. Asar Abdulla Qahhor qalamiga mansub.
14. Salim kirib kasalning oyog‘iga o‘tirdi.
15. Maktab bolalari uchun “G‘uncha” yaxshi.
16. Saida o‘ninchini bu yil bitirdi.
17. Majlis qaror qildi.
18. “E, sizlar hukumat emasmi?” – dedi chol.
19. Yoqub cholga “Zaporojes” berishmadi.
20. Osmon fonarini ham yoqdi shu onda.
. “Oltin vodiy” poyezdi, olmaning afrosiyob navi, “Zarafshon” futbol jamoasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning yarimmaydoni, rentgen apparati, “Chorsu” mehmonxonasi, “Ford” avtomobili, “Toshkent” qahvaxonasi kabi so‘z birikmalarida hokim so‘z tushirilsa, metonimiya asosida ma’no ko‘chishi kuzatiladi. Qiyoslang: “Oltin vodiy” poyezdida keldim – “Oltin vodiy”da keldim.



Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə