Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
91
O’ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING
FOYDALANISH TAHLILI
S. Shermamatova
Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi
M. Odiljonova
Farg’ona davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot jarayonida metafora tushunchasi va uning o’zbek va ingliz
adabiyotlarida qo’llanilgan uslublari tahlil qilindi. Adabiy janrning yuragi metafora
hisoblanishi ham o’rinlidir.
Kalit so’zlar: metafora, adabiyot, tilshunoslik, ko’chma ma’no, tasviriy vosita,
mumtoz adabiyot, R.Qo’ng’urov, Arastu, O.Hanry, pneumonia, she’riyat, nasriy,
istiora, Atoyi, Aristotel, John Della, Ritorika, o’xshatish.
ABSTRACT
In the course of this research, the concept of metaphor were analyzed and its
methods used in Uzbek and English literature. It is also appropriate to consider
metaphor as the heart of literary genre.
Key words: metaphor, literature, linguistics, figurative meaning, visual means,
classical literature, R.Kongurov, Arastu, O.Hanry, pneumonia, poetry, prose,
metaphor, Atoyi, Aristotle, John Della, Rhetoric, Simile.
KIRISH
Metafora tushunchasi paydo bo’lgandan buyon, o’tgan ikki yarim ming yildan
ziyod vaqt oralig’ida ushbu fanga bag’ishlangan juda ko’p tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Metafora masalasi antik davrdan boshlab o’rganilib kelinadi. Xususan,
Arastu bu atamani keng ma’noda qo’llagan. Faylasuf o’zining “Ritorika” asarida
quyidagi fikrni ifodalaydi:
“Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega, undan
o’rinli foydalanish nutqni bezaydi”
1
. Metafora
shunchaki badiiy vosita emas, balki
inson ongining, obrazli tafakkurining muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Metafora atamasi murakkab tushuncha hisoblanadi. Sababi, qadimgi antik davrdan
boshlab, hozirgi davrgacha ushbu fan
faqat tilshunoslarnigina emas, balki
adabiyotshunos olimlarning diqqatini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.Yuqorida
keltirilgan ikki turdagi olimlarning yagona maqsadi, so’zning ko’p ma’noligi hamda
undagi mavjud uslubiy imkoniyatlarni o’rganishdir. Shuni ham ta’kidlab o’tish
kerakki, tahlil jarayonida metaforaga funksional yondashiladi, Chunki, bir tomondan
1
O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil