Leksikologiya


SO`ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO`RA TURLARI



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə7/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

SO`ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO`RA TURLARI

So`zlar shakl va ma’no munosabatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:


1.Omonimlar – shakldosh so`zlar.
2. Sinonimlar – ma’nodosh so`zlar.
3. Antonimlar – zid ma’noli so`zlar.
4. Paronimlar – talaffuzdosh so`zlar.


SHAKLDOSH SO`ZLAR (OMONIMLAR)


Omonim grekcha “bir xil nom” demakdir.
Aytilishi va yozilishi bir xil bo`lib,turli atash ma’nolarini bildirgan so`zlarga shakldosh so`zlar deyiladi. Masalan: Dalada ot kishnadi. Chaqaloqqa ot qo`yildi. To`pni menga ot.
Har uchala gapda qo`llangan ot so`zi shaklan bir xil bo`lsa-da,aslida mutlaqo boshqa-boshqa so`z.
Shakldosh so`zlar bir qarashda ko`p ma’noli so`zlarga o`xshab ketadi.Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko`p ma’noli so`zlar bir so`zni o`z va ko`chma ma’nolarida qo`llashdan hosil bo`ladi. Shakldosh so`zlar esa shakli o`xshash ikki va undan ortiq so`zlardir. Omonimning ham, ko`p ma’noli so`zning ham qaysi ma’noda kelayotganligi matn orqali aniqlanadi.
Ko`p ma’noli so`zlarning ma’nolari o`rtasida bog`liqlik,umumiylik bo`ladi, shakldosh so`zlarning ma’nolari o`rtasida esa hech qanday umumiylik,yaqinlik yo`q.
Shakldoshlik bir so`z turkumi doirasida ham, bir necha so`z turkumi doirasida ham bo`lishi mumkin. Faqat bir so`z turkumi doirasida hosil bo`lgan shakldosh so`zlarga grammatik qo`shimchalar qo`shilsa ham, shakldoshlik munosabati saqlanadi. Masalan: Bu uningni o`zing non qilib ye. Uningni o`chir! gaplaridagi un so`ziga –ing egalik va –ni tushum kelishigi qo`shimchasi qo`shilganda ham shakldoshlik saqlanib qolgan. Lekin omonimlik boshqa-boshqa so`z turkumi doirasida bo`lsa, grammatik qo`shimcha olishi bilan u yo`qoladi. Masalan: ot – ism, ot – harakat. Oting nima? To`pni uzoqqa otdi.
Ba’zan omonimlik har xil so`z turkumi doirasida bo`lsa-da, qo`shimcha qo`shilsa ham saqlanib qolishi mumkin. Bunda qo`shimchalar o`rtasidagi shakldoshlikni ham kuzatish mumkin: Oting nima? Olmani oting.Bunda–ing egalik va shaxs-son qo`shimchasi sifatida omonimlik hosil qilgan.
Demak,omonimlar lug'aviy (leksik) va affiks omonimlarga bo'linadi.

Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə