Leksikologiya


Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud



Yüklə 362,67 Kb.
səhifə3/22
tarix22.03.2024
ölçüsü362,67 Kb.
#180932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema

Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud.


METAFORA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Metafora (yunoncha metaphora - ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:
1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik: odam qulog‘i va qozon qulog‘i.
2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik: itning dumi, samolyot dumi va b.

Metaforada ma’no ko‘chishi quyidagicha amalga oshadi:


1. Inson a’zolarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi: ko‘chaning boshi, kitobning beti, shishaning og‘zi, dutorning qulog‘i kabi.
2. Inson kiyimlari qismlarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi: tog‘ning etagi, eshikning tugmasi, daryoning yoqasi kabi.
3. Qush, parranda, hayvon a’zolarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi: varrakning dumi, kemaning tumshug‘i kabi.
4. Harakat-holat, belgi-xususiyatlar ham o‘xshashlik belgisiga ko‘ra metafora asosida ma’no ko‘chishiga uchraydi: gapni gapga ulamoq, xazon bo‘lmoq, sovuq xabar, shirin xayol va h.k.
Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi.


Metaforaga misollar:

1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi.


2. Otam yetimlarning boshini siladi.
3. Mungli kuy yurakni tirnar edi .
4. Soraxon qo‘l siltab,onamning o‘zlari ham urishqoqlar,dedi.
5. Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi.
6. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da,labini burib vaysay boshladi.
7. Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: “...ishoning,dada, Karomatni boshimga ko‘taraman”, dedi.
8. O‘shanda ham Yusuf amaki dadamni yolg‘izlatmay, holidan xabar olib turgan.
9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo‘lgur na o‘ligini ko‘rsatadi, na tirigini.
10. Alisher Navoiyning asarlari o‘zbek tilini baland pog‘onaga ko‘tardi.
11. Kishilar o‘rtasidagi iliq munosabat mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalaydi.
12. Olam sari ochib yangi ong, Sekin-sekin yorishardi tong.
13. Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi.
14. Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo‘l ochadi.
15. Tarix g‘ildiragini orqaga aylantira oladigan kuch dunyoda yo‘q.
16. Oydin kechada ko‘l yoqasida sayr etishni xush ko‘rardi.
17. Lekin san’atimiz hozir o‘smirlik chog‘idayoq qudratli qanot paydo qilyapti.
18. Ikki ko‘zi har nav mollar bilan to‘la xurjunni yelkaga tashlab, inqillab kirdi.
19. Rahmi kelib bulutning
Yig‘lab to‘kar yoshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko‘taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi. (E.Vohidov)
20. Qalam ushladimmi,demak, o‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini.
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini.
Burchak-burchakda jim tortishar burun,
Bilmam, qanday o‘y-u xayol ichida.
Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida. (M.Yusuf)
21. Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.
22. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
23. Metafora usuli bilan qo‘yilgan ismlar: Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda.
24. Ota-onaga oq bo‘lmoq, gunohga botmoq, manglayi yorug‘ bo‘lmoq,malomat yog‘ishi, gunoh dengizi, umr daftari,o‘qishdan yiqilmoq...
25. “Palak” so‘zining ma’nolari:
1. Palak. Ma’lum bir urug‘dan ko‘karib chiqib, yer yuzalab o‘sib, gullab hosil beradigan poliz o‘simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak.
2. Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug‘i tushunchasida ham qo‘llanadi. Masalan: To‘rt egat palak ekdim.
3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul (kashta) ipakli matolar tayyorlanadi.Masalan:
Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,
Balki,sayladilar undan ham ortiq.
Poyiga ipakdan palak soldilar,
So‘ng yuksak bir taxtni etdilar toptiq. (A.Oripov)
4. Palak. “Parvoyi palak” iborasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik,e’tiborsizlik bilan qarash, beg‘amlik ma’nolari tushuniladi. Masalan: Atrofda bo‘layotgan voqealarga Mo‘ydinning parvoyi palak edi.
5.O‘xshatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Masalan: “Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da”, - dedi so‘fi yonidagilarga qarab.

26. Bundan tashqari, qovun navlari,gullarga ,qushlarga,hasharotlarga qo‘yiladigan nomlar ham metafora asosida qo‘yiladi: obinovvot (mazasi o‘xshaydi), eskichopon (tashqi ko‘rinishi o‘xshaydi), umriboqiy (uzoq vaqt saqlanishi o‘xshaydi), bo‘rikalla (vazni o‘xshaydi) – qovun navlari; itog‘iz, karnaygul, gultojixo‘roz – gul turlari; tillaqo‘ng‘iz, toshbaqa, qizilishton – hayvon va hasharot nomlari.



Yüklə 362,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə