1-Mavzu: Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Reja



Yüklə 25,51 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,51 Kb.
#181374
  1   2   3
1- ma\'ruza


1-Mavzu: Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari.


Reja.
1. Avtomobil nazariyasining rivojlanishi
2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari
3. O‘lchagich va ko‘rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar
4. Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari, baholovchi parametrlar.


Tayanch so‘z va iboralar. Avtomobil nazariyasining rivojlanish istiqbollari, avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari, o‘lchagich va ko‘rsatkichlar, GOSTlar va me’yorlar, avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari, avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari, baholovchi parametrlar.


Avtomobil nazariyasining rivojlanishi. Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining yaratilishiga N.E.Jukovskiyning 1917 yilda yaratilgan «Avtomobilning burilishidagi harakati» nomli kitobi asos bo‘lgan.
Avtomobil nazariyasi bo‘yicha akademik Ye.A.Chudakov avtomobil dinamikasi, yonilg‘i tejamkorligi va turg‘unlik masalalarini ishlab chiqdi.
V.M.Pevzner avtomobil g‘ildiraklarining yonaki sirpanish nazariyasi va turg‘unlik nazarisini ishlab chiqdi. V.M.Pevzner «Avtomobil turg‘unligi nazariyasi» kitobini nashr etdi.
Avtomobil dinamikasi va yonilg‘i tejamkorligi masalalarini hal etishda B.S.Fal kevich, N.K.Kulikovlarning ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega.
Avtomobilni tormozlash masalasini N.A.Buxarin, yurish ravonligi masalasini R.V.Rotenberg, boshqariluvchanlik va turg‘unlik masalalarini A.S.Litvinov tomonidan tadqiq etildi.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari nazariyasiga B.A.Ilarionov, V.V.Osepchugov, A.K.Frumkin, B.M.Fitterman, A.A.Xachaturov va boshqa olimlar katta hissa qo‘shganlar.
O‘zbekiston Respublikasi olimlaridan T.S.Xudoyberdiev, X.Mamatov va M.O.Qodirov o‘zlarining ilmiy tadqiqotlariga asosan «Traktor va avtomobillar nazariyasi hamda hisobi» va «Avtomobil konstruktsiyasi va nazariya asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmalarini yaratdilar.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari. Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari nazariyasi transport vositasining harakat qonunlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, nazariy izlanishlar va eksperiment ma’lumotlari asosida avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga ta’sir etuvchi konstruktsiya, ish sharoiti, texnik qarov va boshqa omillar ta’sirini tahlil qiladi hamda avtomobil konstruktsiyasini yanada takomillashtirish yo‘llarini aniqlab beradi. Bu fan yuk tashish ishini unumli tashkil etish va eng katta foyda olish masalalarini aniqlaydi.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga tortish va tormozlash dinamikasi, yonilg‘i tejamkorligi, boshqariluvchanlik, turg‘unlik, yo‘l to‘siqlaridan o‘ta olish qobiliyati, yurish ravonligi va harakat havfsizligi kiradi.
Avtomobilning dinamikasi yuk va passajirlarni berilgan yo‘l sharoitida, harakat havfsizligini saqlagan holda maksimal va o‘rtacha tezlik bilan harakatlanish qobiliyatidir. Avtomobil dinamikasi yaxshi bo‘lsa, u yuk tashish uchun shuncha kam vaqt sarf qiladi va unumdorligi oshadi.

Yüklə 25,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə