Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

REJA:

KIRISH ……………………………………………………………………… 3-bet


I.BOB. MILLIY TIKLANISHGA QARATILGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR
1.1. Mustaqillik va milliy-ma’naviy tiklanishning mohiyati……………. .. 3-bet
1.2. O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar ………………………….. 16-bet
1.3. Iqtisodiy mustaqillik -milliy-ma’naviy tiklanish asosi ……………… 28-bet
II.BOB.O’ZBEKISTON TARAQQIYOT SARI
2.1. Taraqqiyotning o’zbek modeli………………………………………. 38-bet
2.2. O’zbekiston- iqtisodiy islohotlar sari ………………………………... 42-bet
XULOSA …………………………………………………………………… 45-bet
ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………… 48-bet

KIRISH


Mustaqillik - inson uchun oliy ne’mat. Faqat mustaqillik sharofati bilan xalq o’z ozodligi, erkiga, o’z taqdirini, o’z hayotini o’zi barpo etish imkoniga ega bo’la oladi. Mustaqillik har qanday xalq, elat va millatning tabiiy, qonuniy ehtiyoji, oliy maqsadidir. Xalq uchun mustaqillikdan ko’ra ortiqroq oliy baxt, quvonch yo’q va bo’lgan ham emas. Mustaqillik har bir inson, har bir millatning hech narsa bilan cheklanmagan erkinligidir.
Mustaqil so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor bersak, bu so’z arabcha so’z bo’lib, “qaram emas, erkin” degan ma’noni anglatadi.
Mustaqil davlat deganda esa, o’sha davlatning o’ziga xos eng muhim belgilari ko’z oldimizda namoyon bo’ladi; ya’ni, davlatning daxlsiz o’z hududiga, chegarasiga ega bo’lishi; fuqarolarini o’zi fuqarolikka qabul qilishi va fuqarolikdan mahrum eta olishi; o’z Qomusi-Konstituttsiyasiga ega bo’lishi; hokimiyatning uch tarmog’i-qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati, sud hokimiyatiga egaligi; o’z harbiy tuzilmasi va milliy qo’shiniga egaligi; Mustaqil davlat sifatida chet davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o’rnata olishi; o’z davlat byudjeti, mulki va moliyaviy tizimiga ega bo’lishi; o’z davlat ramzlariga egaligi va davlat tiliga egalik huquqini qo’lga kiritishi hamda o’z taraqqiyot yo’lini erkin belgilay olishi kabi huquqlarga ega bo’lishidir. Ushbu belgilarning barchasi 1991 yil 31 avgustda dunyoga o’z mustaqilligini e’lon qilgan O’zbekiston Respublikasi qo’lga kiritgan erkinliklar edi.
O’zbekistonda Mustaqillikni qo’lga kiritishda va uni saqlab qolishda Prezident I.A.Karimovning xizmatlari nihoyatda kattadir. U Prezident sifatida, o’sha murakkab bir davrda hokimiyat tepasiga keldi. O’ta tadbirkor rahbar, mohir diplomat, chuqur bilim sohibi va uzoqni ko’ra oladigan prezident sifatida mamlakat xalqini davrning barcha sinovlaridan hech bir talofatsiz olib chiqa oldi. Eng murakkab vaziyatda xalq bilan birga bo’ldi, uning dardlarini eshitdi va shunga qarab yo’l-yo’riq tutdi.
G’animlar o’z harakatlari, buzg’unchiliklaridan katta natijalarni kutgan, O’zbekistonni parchalab, o’zlari xohlagan islom halifaligi davlatini qurmoqchi bo’ldilar. Bu davr voqealari haqida “Vek” gazetasi 1995 yilning 21-27 iyunь sonida shunday yozgan edi. “SSSR parchalanib ketgandan so’ng eng dahshatli voqea O’zbekistonda bo’lishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmadi. I.A.Karimov birorta ham xatoga yo’l qo’ymadi”.
Islom Karimovning o’zi esa bu haqda nutqlarining birida, O’zbekistonning taraqqiyoti uchun nimaiki qilgan bo’lsam shu xalqning saylab qo’ygan vakili, xalqning bir farzandi sifatida amalga oshirdim. Mendan boshqa odam bo’lganda ham shunday qilardi, degan kamtarona fikrni bildirgan edi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarda asta-sekin o’zgarishlar, islohotlarni amalga oshirishga kirishdi.
Mavzuning vazifasi. Mustaqillik hech bir joyda oson, ravon, tep-tekis qo’lga kiritilgan emas. Qaysi davlatda mustaqillik amalga oshar ekan, u o’sha xalqning qoni va muqaddas joni evaziga, g’ayrat shijoati, matonati, sabru bardoshi orqali amalga oshgan.
O’zbekistonda ham shunday bo’ldi. O’sha tahlikali XX asr 90-yillar tarix sahifalariga o’ziga xos voqealar bilan bitildi. Tahlikali deyishimizga sabab, birinchidan, “Paxta ishi” bahonasi bilan kelgan desantchilar, Markaz vakillari Kremlning qo’lida qo’g’irchoqqa aylanib qolgan, mustaqil fikrga ega bo’lmagan, o’z millatimizdan chiqqan munofiqlar butun O’zbekistonni xonavayron qilishdi. Millat sha’niga, uning asrlar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga, milliy qadriyatlariga dog’ tushirishdi. Butun o’zbek xalqini poraxo’r, laganbardor, o’g’ri va muttaham qilib ko’rsatishga hissa qo’shishdi. Natijada yuzlab tajribali yetuk rahbarlar qasddan yo’q qilindi. “Paxta ishi” munosabati bilan Ivanov va Gdlyan boshchiligida navbatdagi qatag’onlik boshlab yuborildi.
Ikkinchidan esa, o’zlarini millatparvar va vatanparvar qilib ko’rsatayotgan soxta demokratlar O’zbekistonda ham paydo bo’lgan, shundayin ham yetishmovchiliklar tufayli qiynalib qolgan xalq orasida porakandalikni avj oldirish uchun turli millat va elatlar o’rtasida o’zaro kelishmovchilik, mojarolar keltirib chiqarish orqali mamlakatda norozilikni kuchaytirishga va hokimiyatni egallashga urindilar.
Ayrim aqidaparast kimsalar esa islom dinini himoya qilish niqobi ostida qo’poruvchilik ishlari bilan shug’ullanishdi. Xalq bilan hukumat o’rtasiga nifoq solishga urindilar hamda milliy nizolarni keltirib chiqardilar.
SHunday kabih niyat bilan 1989 yil may-iyun oylarida Bo’ka va Parkentda sodir etilgan fojialar, 1990 yilning iyunь oyidagi O’sh va O’zgan voqealari, 1991 yilning 8 dekabrida Namangandagi sobiq viloyat ijroqo’mi binosini egallab olgan diniy ekstremistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzlari, 1991 yil oktbyarь oyida Oliy Kengash 7-sessiyasida Prezidentni ag’darishga bo’lgan urinishlar, 1992 yilning 16 yanvarida Talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar va shunga o’xshagan xatti-harakatlar xalqimizning hamjihatligini buzish, uning erkinlik va ozodlik uchun olib borayotgan kurashiga zarba berishga qaratilganligini bugun barchamiz yaxshi bilamiz.
Mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad, rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik va fuqarolik jamiyat barpo etishdir, mana shu maqsad yo’lida barcha sohalar singari ma’naviy sohada ham boy ma’naviy merosimizni o’rganish, avaylab asrash, ilm-fan yutuqlarini amaliy ishlar bilan boyitib borish, o’zligimizni chuqurroq anglash, milliy mafkura tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga yo’l qo’ymaslik asosiy vazifalardandir.

      1. Yüklə 0,52 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə