Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar


yil 24 martda O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

1990 yil 24 martda O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi.


  • “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning (1990 yil 20 iyunь) qabul qilinishi, uning mazmun va mohiyati. “Mustaqillik deklaratsiyasi” O’zbekiston Oliy Kengashining 2-sessiyasida 1990 yil 20 iyunda qabul qilindi. Bu hujjat O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi qadam bo’ldi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan hujjat deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida O’zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iboratligi aytib o’tildi. Birinchi moddada “O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir”, deb qo’yilgan. Bu Deklaratsiya o’zbek xalqi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlandi. SHu kundan boshlab respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va iqtisodiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. 1991 yil 17 martda referendum o’tkazildi. Bunda O’zbekiston Federatsiya tarkibida mustaqil, teng huquqli ekanligi aytib o’tildi. Referendumda 9.215 mingdan ko’proq kishi qatnashdi, 93 foiz ovoz to’plandi.
  • 1991 yil 15 fevralda Oliy Kengash “O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi.

  • 1991 yil 22 iyulida Oliy Kengash “O’zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysunuvchi davlat korxonalari, musassasalari va tashkilotlarini O’zSSRning huquqiy tobeligiga o’tkazish to’g’risida” qaror qabul qildi.


  • 1991 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo’mitasining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.

  • 1991 yil 25 avgustda Prezident Farmoni bilan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi qonuniy ravishda O’zbekiston tasarrufiga olindi.

  • 1991 yil 26 avgustda Oliy Kengash O’zbekiston davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qilindi.

  • 1991 yil 28 avgustda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi Markaziy nazorat qo’mitasi bilan birgalikda qo’shimcha Plenum chaqirib, unda O’zbekiston Kompartiyasi KPSS MK bilan har qanday aloqasini to’xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridan o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

  • 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi o’z ishini boshladi. Ana shu sessiyada 3 ta tarixiy hujjat qabul qilindi.

    1. Oliy Kengash “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida” qaror qabul qildi.

    2. “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash bayonoti” qabul qilindi.

    3. “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi (Bu haqda 2-mavzuda ham so’z yuritiladi).

    Demak, Mustaqillik - tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam. Tenglik bo’lmagan joyda kim kimgadir qaram bo’ladi. Tenglik odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi.
    Mustaqillik hech bir joyda oson, ravon, tep-tekis qo’lga kiritilgan emas. Qaysi davlatda mustaqillik amalga oshar ekan, u o’sha xalqning qoni va muqaddas joni evaziga, g’ayrat shijoati, matonati, sabru bardoshi orqali amalga oshgan.
    O’zbekistonda ham shunday bo’ldi. O’sha tahlikali XX asr 90-yillar tarix sahifalariga o’ziga xos voqealar bilan bitildi. Tahlikali deyishimizga sabab, birinchidan, “Paxta ishi” bahonasi bilan kelgan desantchilar, Markaz vakillari Kremlning qo’lida qo’g’irchoqqa aylanib qolgan, mustaqil fikrga ega bo’lmagan, o’z millatimizdan chiqqan munofiqlar butun O’zbekistonni xonavayron qilishdi. Millat sha’niga, uning asrlar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga, milliy qadriyatlariga dog’ tushirishdi. Butun o’zbek xalqini poraxo’r, laganbardor, o’g’ri va muttaham qilib ko’rsatishga hissa qo’shishdi. Natijada yuzlab tajribali yetuk rahbarlar qasddan yo’q qilindi. “Paxta ishi” munosabati bilan Ivanov va Gdlyan boshchiligida navbatdagi qatag’onlik boshlab yuborildi.



    1 Ona tili – Davlat tili. – T.: Adolat, 2004. – 80 b.
    Ikkinchidan esa, o’zlarini millatparvar va vatanparvar qilib ko’rsatayotgan soxta demokratlar O’zbekistonda ham paydo bo’lgan, shundayin ham yetishmovchiliklar tufayli qiynalib qolgan xalq orasida porakandalikni avj oldirish uchun turli millat va elatlar o’rtasida o’zaro kelishmovchilik, mojarolar keltirib chiqarish orqali mamlakatda norozilikni kuchaytirishga va hokimiyatni egallashga urindilar.
    Ayrim aqidaparast kimsalar esa islom dinini himoya qilish niqobi ostida qo’poruvchilik ishlari bilan shug’ullanishdi. Xalq bilan hukumat o’rtasiga nifoq solishga urindilar hamda milliy nizolarni keltirib chiqardilar.
    SHunday kabih niyat bilan 1989 yil may-iyun oylarida Bo’ka va Parkentda sodir etilgan fojialar, 1990 yilning iyunь oyidagi O’sh va O’zgan voqealari, 1991 yilning 8 dekabrida Namangandagi sobiq viloyat ijroqo’mi binosini egallab olgan diniy ekstremistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzlari, 1991 yil oktbyarь oyida Oliy Kengash 7-sessiyasida Prezidentni ag’darishga bo’lgan urinishlar, 1992 yilning 16 yanvarida Talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar va shunga o’xshagan xatti-harakatlar xalqimizning hamjihatligini buzish, uning erkinlik va ozodlik uchun olib borayotgan kurashiga zarba berishga qaratilganligini bugun barchamiz yaxshi bilamiz.
    Ammo, g’animlar qanchalar harakat qilmasin, o’zbek xalqi o’zining sabr- toqatli fe’lligi, mulohazakorligi tufayli buzg’unchi kuchlarning manfur maqsadlari orqasidan ergashmadi. Aksincha, asrlar davomida orzuga aylanib va minglab farzandlari ko’ra olmay ketgan istiqlolni o’z qo’llarida saqlab, uni yanada mustahkamlash uchun fidokorona mehnat bilan shug’ullanishga kirishdilar.
    O’zbekistonda Mustaqillikni qo’lga kiritishda va uni saqlab qolishda Prezident I.A.Karimovning xizmatlari nihoyatda kattadir. U Prezident sifatida, o’sha murakkab bir davrda hokimiyat tepasiga keldi. O’ta tadbirkor rahbar, mohir diplomat, chuqur bilim sohibi va uzoqni ko’ra oladigan prezident sifatida mamlakat xalqini davrning barcha sinovlaridan hech bir talofatsiz olib chiqa oldi. Eng murakkab vaziyatda xalq bilan birga bo’ldi, uning dardlarini eshitdi va shunga qarab yo’l-yo’riq tutdi.
    G’animlar o’z harakatlari, buzg’unchiliklaridan katta natijalarni kutgan, O’zbekistonni parchalab, o’zlari xohlagan islom halifaligi davlatini qurmoqchi bo’ldilar. Bu davr voqealari haqida “Vek” gazetasi 1995 yilning 21-27 iyunь sonida shunday yozgan edi. “SSSR parchalanib ketgandan so’ng eng dahshatli voqea O’zbekistonda bo’lishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmadi. I.A.Karimov birorta ham xatoga yo’l qo’ymadi”.
    Islom Karimovning o’zi esa bu haqda nutqlarining birida, O’zbekistonning taraqqiyoti uchun nimaiki qilgan bo’lsam shu xalqning saylab qo’ygan vakili, xalqning bir farzandi sifatida amalga oshirdim. Mendan boshqa odam bo’lganda ham shunday qilardi, degan kamtarona fikrni bildirgan edi.
    O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarda asta-sekin o’zgarishlar, islohotlarni amalga oshirishga kirishdi.
    Mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad, rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik va fuqarolik jamiyat barpo etishdir, mana shu maqsad yo’lida barcha sohalar singari ma’naviy sohada ham boy ma’naviy merosimizni o’rganish, avaylab asrash, ilm-fan yutuqlarini amaliy ishlar bilan boyitib borish, o’zligimizni chuqurroq anglash, milliy mafkura tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga yo’l qo’ymaslik asosiy vazifalardandir.
    O’zbekiston hech bir davlatdan kam bo’lmagan mamlakat. U o’zining bebaho tabiiy boyliklariga, suyagi mehnatda qotgan mehnatkash xalqiga, qadimiy va unutilmas tarixiy tajribasiga ega. SHuning uchun, istiqlolning dastlabki kunidanoq o’ziga xos, o’ziga mos taraqqiyot yo’lini belgilab, ajdodlar tajribasi, o’gitu pand-nasihatlariga suyanib, dunyoda taraqqiy etgan ilg’or davlatlar yutuqlarini qabul etgan holda mustaqillik yo’lidan dadil odimlamoqda.
    Prezident Islom Karimov o’z asarlarida, so’zlagan nutq va ma’ruzalarida O’zbekistonning kelajagi, taraqqiyot yo’li, amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi va rivojlantirib kelmoqda.

    U mamlakat istiqboli haqida shunday yozgan edi: “Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrat manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar bo’yi avaylab-asrab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi, ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik va madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit yaratishdir”1.


    O’zbekiston Mustaqillikdan so’nggi taraqqiyoti davomida juda katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi.
    Mamlakatning iqtisodiy sohasida ochiq demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish va mustahkamlash, umuman, iqtisodiy hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish yo’lidan borildi. Avvalambor, O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasiga qo’yildi va 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XI sessiyasida jiddiy o’zgarishlar bilan qabul qilindi.
    2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko’ra hamda uning asosida O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritildi. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102- moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritildi. O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o’zgartish kiritildi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi o’zining mazmun mohiyati bilan halqchil, umuminsoniy qadriyatlar va milliy tamoyillarga egadir.
    Parlamentimiz - Oliy Majlis dunyo taraqqiyotiga mos ravishda ikki palata asosida o’z ishini davom ettirmoqda. Qabul qilinayotgan qonunlar xalq maqsadi va manfaatiga asoslangan.
    Iqtisodiy partiyalarga imkoniyatlar yaratilgan, mamlakatda demokratiya, plyuralizmga keng yo’l ochilgan.
    Mamlakatning iqtisodiyotida amalga oshirilgan o’zgarishlar mulkchilik va tadbirkorlikni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni, yangi tajribalar va iqtisodiy yangiliklarni rag’batlantirish, korxonalar, fermerlarga erkinliklar, shaxsiy tomorqa egalariga yordam berish bo’yicha ham qanchadan-qancha qonunlar qabul qilish bilan davom etmoqda.
    An’anaga aylanib borayotgan har bir yangi yilni o’zgacha nom bilan atash odati yurtimizda muayyan o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Jumladan, 2007 yilning “Ijtimoiy himoya” yili deb atalishi munosabati bilan ishlab chiqilgan dastur aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilishga qaratildi. “Eng avvalo, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish jarayonida el- yurtimiz hayotiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatadigan og’ir oqibatlarni imkon qadar kamaytirish, ijtimoiy muhofazaga birinchi galda muhtoj bo’lgan aholi toifalari - ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, yetim-esir va nogironlar, talaba va pensionerlar manfaatlarini har tomonlama himoya etish bo’yicha qilgan ishlarimizni ta’kidlash joiz”.
    2010 yilga yurtimizda “Barkamol avlod yili” deb nom berildi.SHu munosabat bilan qabul qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga ko’ra amalga oshirilgan ishlar ham mamlakatimiz taraqqiyoti yo’lida qo’yilgan katta qadam deyishimiz mumkin. Bu dastur doirasida bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga e’tibor qaratildi.



    1 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, iqtisodiyot, mafkura. – 1-jild. – T.: O’zbekiston, 1996. – 76-77-b.
    “Sog’lom ona – sog’lom bola” g’oyasini o’zida ifoda etgan dastur asosida keng qo’lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi. Ta’lim sohasini rivojlantirish, avvalambor, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi o’quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash masalasiga e’tibor kuchaytirildi. Yosh avlodni jismoniy barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirishga e’tibor berildi. Kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga keng jalb qilishda Prezidentning “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni muhim qadam bo’ldi. Bitiruvchilarga o’z biznesini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berildi. Innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratildi. Oilani mustahkamlash, yosh oilalar haqida g’amho’rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, sog’lom va mustahkam oila barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdagi keng qamrovli ishlar davom ettirildi. Davlat dasturi doirasida yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xurujlar: diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, xalqimizga yot bo’lgan g’oya va qadriyatlarning chetdan “eksport” qilishga qarshi axborot va pedagogik texnologiyalarning zamonaviy, yangi shakllari joriy etildi. “Barkamol avlod yili Davlat dasturini bajarish uchun 2010 yilda barcha moliyaviy manbalar hisobidan qariyb 8 trillion so’m va 165 million dollar mablag’ yo’naltirildi1.
    Madaniy-ma’naviy sohada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bir vaqtlar nomi qoralanib, xalq dushmanlariga aylangan, milliy-ozodlik kurashi yo’lida qatog’onga uchragan ota- bobolarimizning nomlari oqlandi, ularning hayoti, faoliyati keng yoritildi. CHo’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, M.Behbudiy kabi ma’rifatparvarlarning asarlari qayta-qayta nashr etildi. Ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi va “SHahidlar xotirasi” yodgorlik majmui tashkil etilib, 2001 yil 1 may farmoni bilan 31 avgust kuni “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni”, deb e’lon qilindi.
    Milliy va diniy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Bir vaqtlar sho’rolar ta’qib qilgan Navro’z, Hayit bayramlarimiz yana hayotga qaytarildi. “Qur’oni Karim”, “Hadis” va boshqa muqaddas kitoblarimiz o’zbek tiliga tarjima qilinib, xalqimiz qo’liga tutqazildi. Ahmad Yassaviy, S.Olloyor va boshqa islom dini namoyandalari asarlari chop etilmoqda. Barcha milliy–ma’naviy qadriyatlarimizning hayotga qaytarilishi, xalq o’z udumlari bilan emin-erkin shug’ullanishi faqat istiqlol davridagina amalga oshdi.

    O’zbekiston endi mustaqil mamlakat. U o’ziga tegishli barcha masalalarni o’zi hal eta oladigan davlat sifatida mustaqillik sharofati bilan dunyoga tanildi. Uni dunyoning 190 dan ortiq davlati tan olgan. 140 dan ortiq davlatlar bilan har tomonlama diplomatik aloqalar o’rnatishga musharraf bo’lgan mamlakat sifatida, o’zaro teng huquqlilik asosida hamkorlikni davom ettirmoqda.


    Mana shularning hammasi millatimiz, xalqimiz taraqqiyotida katta rolь o’ynaydi. Mamlakatimizning har sohada muvaffaqiyatlarga erishishida har birimiz o’z fidokorona mehnatimiz bilan hissamizni qo’shmog’imiz va qo’lga kiritilgan istiqlolimizni ko’z qorachig’idek avaylab-asrab saqlashimiz kerak. “Yuksak marralarga erishish uchun, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish uchun o’zimizning kuch-quvvat va harakatlarimizni ayamasligimiz kerak.





    1 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 22.


      1. Yüklə 0,52 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə