Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar

Mamlakatimizda mustaqillik tufayli barcha sohalarda bir qator islohotlar amalga oshirildi va kattagina muvaffaqiyatlarga erishdik. Aholining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ko’pgina ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Barcha bozor xo’jaligi iqtisodiyotiga asoslangan va rivojlangan mamlakatlar kabi O’zbekiston ham mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiy va madaniy- ma’naviy sohalarda mavjud muammolarni hal etish orqali mustaqillikni mustahkamlab kelmoqda.
Prezident rahbarligida O’zbekiston iqtisodiyotida tashabbuskorlik, tadbirkorlik va erkin bozor munosabatlarini davom ettirish mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Sanoat tarmoqlarini kengaytirish, o’rta va kichik biznes sub’ektlariga yaratilgan keng imkoniyatlar taraqqiyotning asosiy omili bo’ldi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, ayniqsa, qishloqda yashovchi aholi uchun ish joylarini tashkil etish, odamlar ishni izlab shaharga kelishlarini emas, ish o’rinlarini ular yashaydigan qishloq joylariga olib borish kerak. Bu bilan aholining asosiy qismi yashaydigan qishloqlarning zamonaviy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilish va aholi bandligini hal etish mumkin.
Yurtimizda 2009 yilning «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan mamlakatimiz uchun dolzarb bo’lgan aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish ko’zda tutildi. Birgina yilda mamlakatimizda yangi ish o’rinlari yaratildi, ularning 500 mingga yaqini qishloq joylarida tashkil etildi1. 2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yangi tashkil qilingan umumiy ish o’rinlarining 604 mingdan ziyodi yoki
65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo’jaliklariga, 210 mingdan ortig’i kasanachilik sohasiga to’g’ri keladi2
Hozirgi paytda yer o’z egasini topdi, ya’ni, uzoq muddatli ijara asosida dehqonchilik bilimiga ega kishilarga tender shartnomalari asosida bo’lib berilgan. Natijada qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon-fermer xo’jaliklar ulushiga to’g’ri kelmoqda. Qolaversa, dehqonning mehnatga bo’lgan munosabati o’zgargan, u o’z mehnatidan moddiy va ma’naviy manfaatdor, bugungi dehqon kechagi dehqondan ko’ra ancha farovon yashamoqda.

2007 yilda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatib, ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilgan. Hozirgi kunda kichik biznes sub’ektlari yalpi mahsulot (YaIM)ning qariyb 50 foizini ishlab chiqarmoqda. Holbuki, 2000 yilda bu ko’rsatkich 30 foizni tashkil etgan edi3.
1990 yilga nisbatan yalpi ichki o’sishi taxminan 3,5 marta, aholi jon boshiga hisoblaganda 2,5 barobar oshgan, o’rtacha oylik ish haqi esa shu (2010) yilning oxirigacha qariyb 500 AQSH dollarini tashkil qilib, taxminan 14 karra ko’payadi1.
Ammo yaxshi mablag’ topayotgan dehqon o’z mablag’i hisobiga yangi uy, mashina, dang’illama to’y qilish bilangina cheklanib qolayotgandek. To’g’ri, bular bizning azaliy qadriyatlar hisoblanadi. Ammo farovonlik deganda faqat bugungi kunni emas, ertangi kuni uchun dehqon o’z xo’jaliklari yonida yordamchi tarmoqlar ochib, ishlab chiqarishning boshqa sohalarini ham, jumladan, kichik korxonalar tashkil etish orqali yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Bu esa aholining ish bilan bandligi va qishloqlarimizning taraqqiyotiga xizmat qiladi. SHunday dehqonlar yo’q emas albatta, ammo bunday dehqonlar sonini ko’paytirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri.
Qishloq xo’jaligidagi bunday muammolarni hal etishda o’sha yerdagi rahbar kadrlarning o’rni kattadir. O’z vazifasini sidqidildan bajarayotgan, faqat xalq dardi bilan yashayotgan hokimlar, qishloq oqsoqollari ko’p, albatta. Ammo guruch kurmaksiz bo’lmaganidek, oyog’i uzangiga ilinishi bilan atrofdagi xalq dardini emas, o’z jig’ildonini to’yg’azishga kirishib ketuvchi rahbarlar ham mavjud.

_____________________


1 Karimov I.A. O’zbekiston Konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. – T.: O’zbekiston, 2009. – 17-18-b.
2 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 21.
Orol muammosi ekinzor yerlarning sho’rlanishi, ichimlik suvining taqchilligi, moddiy-tabiiy resurslarning hisobliligi kabi ekologik vaziyatning izdan chiqishi yuzaga kelib turgan bir paytda rahbarning faqat o’zini o’ylashi o’sha yerdagi muammolarning hal etilmasligiga va oqibatda aholining davlatdan noroziligining yuzaga kelishiga olib keladi. Mana shu masalada Prezident I.A.Karimovning “...Yuqoridagi rahbarning loqaydligi, g’aflat uyqusida yotganligi ish uchun joni achiydigan vijdonli odamlarning ham shashtini qaytaradi. Bamisoli to’lqin qirg’oqqa urilib, orqaga qaytganidek, ularning tashabbusi, g’ayrat-shijoati ham rahbarning befarq va sovuqqonligiga duch kelib so’nib qoladi”, degan fikrlarini ko’rsatib o’tsak bo’ladi.
Qishloq xo’jaligidagi bunday muammolarni hal etishda o’sha yerdagi rahbar kadrlarning o’rni kattadir. O’z vazifasini sidqidildan bajarayotgan, faqat xalq dardi bilan yashayotgan hokimlar, qishloq oqsoqollari ko’p, albatta. Ammo guruch kurmaksiz bo’lmaganidek, oyog’i uzangiga ilinishi bilan atrofdagi xalq dardini emas, o’z jig’ildonini to’yg’azishga kirishib ketuvchi rahbarlar ham mavjud. Orol muammosi ekinzor yerlarning sho’rlanishi, ichimlik suvining taqchilligi, moddiy-tabiiy resurslarning hisobliligi kabi ekologik vaziyatning izdan chiqishi yuzaga kelib turgan bir paytda rahbarning faqat o’zini o’ylashi o’sha yerdagi muammolarning hal etilmasligiga va oqibatda aholining davlatdan noroziligining yuzaga kelishiga olib keladi. Mana shu masalada Prezident I.A.Karimovning “...Yuqoridagi rahbarning loqaydligi, g’aflat uyqusida yotganligi ish uchun joni achiydigan vijdonli odamlarning ham shashtini qaytaradi. Bamisoli to’lqin qirg’oqqa urilib, orqaga qaytganidek, ularning tashabbusi, g’ayrat-shijoati ham rahbarning befarq va sovuqqonligiga duch kelib so’nib qoladi”, degan fikrlarini ko’rsatib o’tsak bo’ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə