Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 27,05 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü27,05 Kb.
#183884
Ifodani taqqoslash ishlanma


DARS ISHLANMA

Sinfi: 1-A sinf


Sana: 2012 yil 21 dekabr
Mavzu: Ifodalarni taqqoslash
Darsning maqsadi:
Talimiy: o’quvchilarning ifodalarni taqqoslashga oid egallagan bilimlarini boyitib borish
Tarbiyaviy: o’quvchilarni bilim olish bilan birga yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib, amal qilishga o’rgatish
Rivojlantiruvchi: matematika faniga qiziqtirish va o’quvchilarni o’z bilimi, kuchi, qobiliyatiga bo’lgan ishonchini orttirish
Dars turi: Aralash
Dars jihozlari: 1-sinf “Matematika” darsligi, 1-sinf “Matematika” daftari, geometrik shakllar, mavzuga mos rasmlar, didaktik materiallar.


Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:
Salomlashiladi.
Davomat aniqlanadi.
O’quvchilar darsga hozirlanadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimiz shiorini e’lon qilsam.
Dars shiori e’lon qilinadi.
Qiziqarli misollarni yechamiz,
Matematika sirlarini ochamiz

O’qituvchi: Bugungi darsimizda faol ishtirok etgan o’quvchilar quyidagicha baholanadilar.


.
2. Uyga vazifani mustahkamlash.
O’qituvchi: o’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: uyga 4-misol berilgan.
O’qituvchi: Hamma bajarib keldimi?
O’quvchilar:Ha
Misolni javobini og’zaki tekshirish. Bunda o’quvchilar o’zlari javoblarini tekshiradilar. To’g’ri javobni aniqlaydilar. So’ng baholanadilar.
Uyga vazifani mustahkamlash maqsadida berilgan shakllarga o’xshash shakllar ko’rsailadi va katta, kichik tomonlari aniqlanadi. (slayd orqali namoyish etiladi)



Mavzuga oid misollarni xattaxtaga yozish, so’ng kim birinchi bo’lib, “>”, “<”, “=” ishoralarini to’g’ri qo’ya bilishi aniqlanadi.





3. Yangi mavzu bayoni:

Proyektorda “Ifodalarni taqqoslash” mavzusiga doir 1-misol namuna qilib ko’rsatiladi. O’qituvchi tomonidan ishlab tushuntirib beriladi.



Darslikdagi taqqoslashga oid 2-misolni xattaxtada o’quvchilar birin-ketin yechib boradilar. O’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.



3-masala: tuzing va ularni yeching:


O’qituvchi: O’quvchilar, hozir biz sizlar bilan quyidagi rasm asosida masala tuzamiz va yechamiz.



1 usul: 2 usul:



3 usul



Daftar bilan ishlash
O’qituvchi: O’quvchilar matematika daftarimizni ochamiz va ___ betidagi vazifani bajaramiz.


Yangi mavzuni mustahkamlash
Bunda o’quvchilarga ko’rgazmali qurollar ko’rsatiladi. O’quvchilar ularning sonini aniqlaydilar va katta (>), kichik (<), va teng (=) belgilarini qo’yadilar.


Darsni yakunlash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholab, rag’batlantiriladi.


Uyga vazifa berish.
Darslikdagi 4-masalani bajarib kelish.
O’qituvchi: O’quvchilar masala shartiga ko’ra, rasm asosida masala tuzasiz va uni yechib kelasiz.



O’qituvchi: Darsimiz tugadi. Salomat bo’ling.
Yüklə 27,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə