Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar


BOB. MILLIY TIKLANISHGA QARATILGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

BOB. MILLIY TIKLANISHGA QARATILGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR





    1. Mustaqillik va milliy-ma’naviy tiklanishning mohiyati.

Dunyo xaritasida yastanib yotgan, dunyoning oltidan bir qismini egallagan SSSR deb atalgan ulkan davlat nihoyat 74 yillik umrguzaronlikdan so’ng, XX asr oxirlariga kelib ich-ichidan chirigan daraxtdek qulab tushdi. Odamlarga abadiy tenglik, farovonlik va’da qilgan, dunyoda yengilmas, qudratli bo’lib tanilgan buyuk davlat yer bilan yakson bo’ldi.
Uning turli xalqlar oyog’iga muhrlagan, ammo zanglab, chiriy boshlagan qullik zanjirlari chok-chokidan uzildi. Xalqlar, elatlar qafasdan qutulgan qush kabi erkin nafas ola boshladilar. Bundan ortiq baxt, iqbol bo’lishi mumkinmi?
Mustaqillik - inson uchun oliy ne’mat. Faqat mustaqillik sharofati bilan xalq o’z ozodligi, erkiga, o’z taqdirini, o’z hayotini o’zi barpo etish imkoniga ega bo’la oladi. Mustaqillik har qanday xalq, elat va millatning tabiiy, qonuniy ehtiyoji, oliy maqsadidir. Xalq uchun mustaqillikdan ko’ra ortiqroq oliy baxt, quvonch yo’q va bo’lgan ham emas. Mustaqillik har bir inson, har bir millatning hech narsa bilan cheklanmagan erkinligidir.
Mustaqil so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor bersak, bu so’z arabcha so’z bo’lib, “qaram emas, erkin” degan ma’noni anglatadi.
Mustaqil davlat deganda esa, o’sha davlatning o’ziga xos eng muhim belgilari ko’z oldimizda namoyon bo’ladi; ya’ni, davlatning daxlsiz o’z hududiga, chegarasiga ega bo’lishi; fuqarolarini o’zi fuqarolikka qabul qilishi va fuqarolikdan mahrum eta olishi; o’z Qomusi-Konstituttsiyasiga ega bo’lishi; hokimiyatning uch tarmog’i-qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati, sud hokimiyatiga egaligi; o’z harbiy tuzilmasi va milliy qo’shiniga egaligi; Mustaqil davlat sifatida chet davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o’rnata olishi; o’z davlat byudjeti, mulki va moliyaviy tizimiga ega bo’lishi; o’z davlat ramzlariga egaligi va davlat tiliga egalik huquqini qo’lga kiritishi hamda o’z taraqqiyot yo’lini erkin belgilay olishi kabi huquqlarga ega bo’lishidir. Ushbu belgilarning barchasi 1991 yil 31 avgustda dunyoga o’z mustaqilligini e’lon qilgan O’zbekiston Respublikasi qo’lga kiritgan erkinliklar edi.
Demak, Prezident I.A.Karimov boshchiligida mustaqillik sari qo’yilgan qadamlar quyidagilardan iborat:
1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun 30 moddadan iborat edi. 1-moddada “Davlat tili- o’zbek tilidir” deyildi. Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferentsiya, majlis, kengash va boshqa masalalar davlat tilida olib borilishi aytilgan. 1990 yil 19 fevralda “Davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. 1992 yil 8 - dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasida davlat tili o’zbek tili ekanligi aytildi. 1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o’zbek alifbosi joriy etilishi qayd qilindi). 1994 yil 16 iyunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu qonunni amalga oshirish maqsadida davlat dasturi qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritish haqida qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutuq belgisidan, so’zlari 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidagi so’zlar bilan almashtirildi). 1995 yil 21 dekabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning yangi tahriri 24 moddadan iborat. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish bilan bog’liq bo’lgan 2, 10-bandlardagi “2005 yil” so’zlari “2010 yil” deb almashtirildi1.

  1. Yüklə 0,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə