Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar


O’zbekiston- iqtisodiy islohotlar sari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

O’zbekiston- iqtisodiy islohotlar sari


Insoniyat o’z o’tmishida barpo etgan barcha tuzumlar, jamiyatlar tarixi bir narsadan darak beradi. Qaysi tuzum yoxud jamiyatda qonuniylik ustuvor bo’lgan bo’lsa, davlat boshliqlari va fuqarolar tomonidan qonunga itoat etish oliy burch darajasiga yetgan bo’lsa, o’sha jamiyat va davlat yuksak taraqqiyotga, tinchlik va farovonlikka erishgan. Bunga xalqimiz tarixidan ham ko’plab misol topish mumkin. Masalan, «Temur tuzuklari» asaridan ma’lum bo’ladiki, sohibqiron Amir Temur tashkil etgan davlat hududidagi barcha ishlar – ulkan davlatni boshqarishdan tortib, beva-bechoralar holidan xabar olishga qadar qat’iy tartib asosida, o’z vaqtida va muntazam tarzda tashkil etilgan. Har bir ishning, vazifaning o’z egasi – ijrochisi bo’lgan. Ko’pchilik – oqsoqollar Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalarga eng yirik amaldorlardan tortib oddiy fuqarogacha – barchaning birday amal qilishi, bo’ysunishi talab etilgan. Natijada, dunyo tarixida ham hududiy, ham iqtisodiy, ham harbiy-iqtisodiy jihatdan eng yirik davlatlardan biri bo’lgan Amir Temur davlati har jihatdan ravnaq topgan, uning qudratiga jahon ahli havas bilan qaragan.


Aksincha, qonuniylik oyoq osti qilingan, inson huquq va erkinliklari toptalgan, jamiyat boshqaruvi va xalq taqdiri o’z holiga tashlab qo’yilgari davlatlar na ilg’or taraqqiyotga, na farovonlikka erishgan. Bu borada ham uzoqqa bormay, o’zimizning o’tmishimizdan misol keltirish foydalidir. Yurtboshimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida temuriylar hukmronligidan so’ng – XVII asrdan XX asrning boshlarigacha Turkiston zaminida yuz bergan iqtisodiy parokandalik, jaholat va qoloqlikning tub sabablari chuqur tahlil etilib:


«Uch xonlikka bo’linib ketgan mintaqa uzoq muddat o’zaro ziddiyat va qarama-qarshiliklar, urush-janjallar girdobida qolib ketgani nafaqat iqtisodiy, moliyaviy va harbiy salohiyat nuqtai nazaridan, balki ijtimoiy- ma’naviy fikr rivojida ham ko’p salbiy oqibatlarai keltirib chiqargani» alohida ta’kidlanadi.


Borliq haqiqati - makon va zamonda hududsizdir. Uni inson ongi yaxlit qamray olmaydi. SHu sababli ahli bashar haqiqatni idrok etishning turli yo’llarini qidiradi. Buning ilk namunasi asotir tafakkurdir. Biz bu masalani oldinroq, alohida bobda ko’rib chiqqan edik.
Haqiqat borliq yanglig’ murakkab, rango-rangdir. Har bir inson uni ma’lum nisbiylikdagina anglab yetishga qodir. Buning ustiga turli davrlardagi odamlarning tafakkur darajasi turlicha. Asotir tafakkuri, ilmiy tafakkur, irfoniy tafakkur...
Asotir tafakkur mohiyatni biror muayyan ashyo yoki hodisa bilan bog’lab tasavvur etishga urinishdir. Bunday holat Tavrotda Muso Tur tog’iga ketganda yahudiylarning o’zlariga tilla buzoq yasab olib, o’shanga sig’inishgani tasvirida yorqin namoyon bo’lgan. Tarixda bunday misollar juda ko’p. Keyinchalik mantiqiy tafakkur rivoj olgach, u bilan hamzamon badiiy tafakkur ham shakllandi1.
Mantiqiy tafakkur, ilm inson ma’naviyatida juda muhim o’rin tutadi. Yangi davrgacha ilm ko’proq hayotiy kuzatishlarning sof mantiqiy tahliliga tayangan, maxsus tajribalar kam o’tkazilgan. XV asrdan Yevropada maxsus ilmiy asoslardagi tajribaga ixlos va e’tibor kuchaydi.
Mantiqiy tafakkur hayotni, atrof-voqelikdagi narsa-hodisalarning bir-biriga munosabatini idrok etish, tushunib yetishda nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lib, ajdodlarimiz bu haqiqatni IX-X asrlardayoq teran anglab yetganlar. Sunna davridayoq mo’’tazila yo’nalishi namoyandalari Allohning yagonaligi va adolatini mantiqiy dalillash yo’llarini qidira boshladilar. Ushbu intilish natijasi o’laroq kalom ilmi shakllandi. Botiniylar ham Qur’on oyatlari ta’vilini mantiq qonuniyat- lari bilan muvofiq olib borishga intildilar. Asta-sekin Kalom ilmining ash’ariya va moturidiya yo’nalishlari shakllandi. Ular bilan bir paytda sof islom mashshoiyun falsafasi va mantiq ilmi keng taraqqiy eta boshladi. Islom qonunshunosligi, ya’ni fiqh ilmi ham doimo mantiq qoidalaridan keng istefoda etib keldi. Ilmlar tasnifi bilan shug’ullangan ko’pchilik allomalarimiz aniq fanlar (riyoziyot, handasa) va tabiiy fanlar (fizika, minerologiya, kimyo va hokazolar)ga falsafaning tarkibiy qismi sifatida qaradilar.
Mantiqiy tafakkur insonni fikrlash madaniyatiga o’rgatadi. Bashariyat ma’naviy takomili tarixida mantiqiy tafakkurning eng buyuk xizmati inson ongidagi asotir tafakkur asoratlarini yengib o’tishda namoyon bo’ldi. Yunonda shakllangan mantiq ilmi ulug’ faylasuflar tafakkurini charxlab, asta-sekinlik bilan o’sha davrning hukmron tasavvuri - mushriklikni (Evropa ilmida politeizm deb yuritiladi) yengib o’ta boshladi. Yunon donishmandlari Borliqning yagona mohiyatini qidirib, uni goh suv, goh olov, goh tuproq, goh “atom” tushunchalari bilan bog’ladilar. Bu jarayon Aristotelь falsafasida o’zining nihoiy cho’qqisiga erishdi va shu sababli keyincha uni “Birinchi muallim” deb ulug’lay boshlashdi. Mantiq ilmi asotir tafakkur va uning e’tiqoddagi asorati - mushriklikni shubha ostiga olishda yetakchi ahamiyatga ega bo’lganligidan islom mintaqa madaniyatida jiddiy ehtiromga sazovor bo’ldi. Al-Kindiy, Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Tufayl, Ibn Ro’shd kabi ulug’ faylasuflar bu tafakkur tarzini yuksak darajada rivojlantirdilar. Ular merosi Yevropa Uyg’onishiga hal qiluvchi turtki berdi. Mantiqiy tafakkur falsafiy va ilmiy tafakkurning asosini tashkil qiladi, shu sababli yoshlarga “Mantiq ilmi” dan saboq bermoq nihoyatda muhimdir. Ayniqsa, bugungi kunda axborot tizimlari va kompьyuter ilmi hayotimizga kirib kelgan chog’da bu ilmning o’ta zarurati sezilmoqda.
Ammo mantiqiy tafakkur aslo Borliq haqiqatini anglab yetishning yagona yo’li emas. Masalan, tasavvuf irfoni mutlaqo o’ziga xos tafakkur tarzi bo’lib, mantiqiy tafakkur vositasida uni anglab yetish mushkul. Mantiq faqat aqlga tayansa, irfon solikning butun aqliy va ruhiy quvvatini safarbar etadi.



1 Asotir tafakkur va badiiy tafakkur o’z o’rnida batafsil izohlangani uchun bu faslda asosan mantiqiy tafakkurga e’tibor qaratildi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə