Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar


Iqtisodiy mustaqillik -milliy-ma’na viy tiklanish asosi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

Iqtisodiy mustaqillik -milliy-ma’na viy tiklanish asosi


O’zbekiston muammosi bu hammamizning muammomiz. Uning hal etilishi har birimiz hayotimizga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi, albatta. SHunday ekan, ona yurtimizni shu muammolari bilan birga sevishimiz va o’sha muammolarini hal etishga sidqidildan kirishmog’imiz darkor. O’shanda Vatan oldidagi farzandlik burchimizni ado etgan bo’lamiz.




Davlat mustaqilligi avvalambor, uning iqtisodiy mustaqilligidan boshlanadi. Iqtisodiy mustaqilliksiz davlat mustaqilligiga erishib bo’lmaydi. Xo’sh, davlat mustaqilligining iqtisodiy belgilari nimalardan iborat?
Mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi, avvalambor, o’zining yaxlit hududiy daxlsiz chegarasiga egaligi va o’sha mamlakat roziligisiz chegara va hududni o’zgartirib bo’lmasligidir. Mamlakat mustaqilligi xalq xohish-irodasi - referendum orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat xalqining o’z vakillari orqali davlatni boshqarishini anglatadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida (1991 yil, 31 avgust) uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi uning iqtisodiy mustaqilligini anglatadi.


1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat taqdirida muhim ahamiyat kasb etadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasi chaqirildi. Sessiyada respublika mustaqilligi to’g’risida Prezident Islom Karimov ma’ruza qildi. U O’zbekistonning mustaqilligi to’g’risida qonun qabul qilishni taklif etdi. Demak, ana shu sessiyada 3 ta tarixiy hujjat qabul qilindi: (29-betga qarang).
Ushbu tarixiy hujjatlarga ko’ra, 1 sentyabrь - respublika mustaqilligi kuni umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqning asriy orzulari amalga oshdi, u o’z



1 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. – T.: O’zbekiston, 1999. – 85-b.
taqdirini o’zi hal qiladigan bo’ldi. O’z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota- bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch- qudratning to’la huquqli egasiga aylandi. O’z buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, ajdodlarining ajoyib urf-odatlariyu insonparvar an’analarining davomchisi, o’z porloq kelajagining mustaqil ijodkoriga aylandi.
Demak, O’zbekistonning butun tarixi xalqning mustaqillik uchun doimiy va tinimsiz intilishidan guvohlik beradi. Milliy-ozodlik harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha bo’lib o’tgan qo’zg’olonlar buning yaqqol ko’rinishlari deyish mumkin. Ular qanday tarixiy saboqlar va bahonalar asosida kelib chiqqan bo’lmasin, qanday shiorlar asosida o’tkazilmasin, xalqning barcha harakatlari asosida mustaqillik va erkinlikka intilish mavjud edi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi shu yerda yashovchi barcha xalqning hohish-irodasi va davrning ob’ektiv tarixiy qonuniyatlariga mos keladi. Yevropada ham, Osiyoda ham o’z davrida bir qator imperiyalar juda katta kuch-qudratga ega edilar. Biroq ularning hammasi xalqning milliy-ozodlik va mustaqillik uchun kurashlari natijasida quladi. XX asrda tezkor va keng qamrovli xususiyat kasb etdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko’pchilik xalqlari esa o’z davlat mustaqilligiga, istiqlol va erkinlikka erishdilar. SHu ma’noda imperialistik davlat bo’lgan SSSRning parchalanishi tarixiy taraqqiyotning muqarrar va qonuniy natijasi bo’ldi.
O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligi 2007 yil 30 avgustda nishonlanar ekan, bu mustaqillik zaminida xalqimizning asrlar davomida olib borgan qonli kurashlari turibdi. Mustaqillik bizga nima berdi deyish mumkin, mustaqillik bizga erkinlik berdi. Prezident iborasi bilan aytganda «O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi».
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda bu masala hal etildi. 1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan saylovlar haqqoniy tarzda o’tkazilib, O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ko’pchilik ovoz bilan saylandi. Mamlakatni boshqaruv hokimiyati dunyodagi davlatlar tajribasiga suyangan holda va xalq manfaatlaridan kelib chiqib oliy qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati sifatida tashkil etildi.
Mamlakat Prezidenti shu mamlakat xalqi hayoti, mamlakat taraqqiyoti uchun eng mas’ul yagona yuridik shaxs hisoblanadi. Bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan har qanday rahbar o’zining davlat dasturiga ega bo’lishi kerak. I.A.Karimov ana shunday dasturga ega. U respublika xalqining istiqloldan so’ng taqdirini belgilab beruvchi taraqqiyot yo’lini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab bera oldi. U prezident sifatida har qanday og’ir sharoitga qaramay dadil, O’zbekistonni mustaqil yo’ldan yetaklab bormoqda.

2.1-CHizma



Iqtisodiy mustaqillikning asosiy belgilari




Davlat hokimiyatiga, davlat muassasalariga so‟zsiz ega bo‟lish




Har bir xalq, har bir millat o‟zini-o‟zi idora etishi, o‟z taqdirini o‟z xohishi
bilan hal etishi




Davlat chegarasi hududining daxlsizligi va bo‟linmasligi




O‟z Konstitutsiyasiga, fuqarolariga, tiliga, milliy puliga, davlat ramzlariga ega
bo‟lishi

Mamlakat taraqqiyoti qabul qilingan qonun va bu qonunlar ijrosini ta’minlashga bog’liq. Qonunlar qanchalik xalq maqsad va manfaatlarini o’zida mujassam etsa va u uzluksiz amalga oshirib borilsa, xalqning davlatdan roziligi vujudga keladi. O’zbekiston Konstitutsiyasida va Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, amalga oshirilmoqda. Ikki palatali Oliy Majlis qonunlari xalq manfaatiga asoslangandir.


Davlatning iqtisodiy belgilaridan biri uning davlat ramzlaridir.
Davlat ramzlari - Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. O’zbekiston Davlat ramzlari:

  1. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining bayrog’i, gerbi va madhiyasi.

    1. Davlat bayrog’i - 1991 yil 18 noyabrda qabul qilindi.

    2. Davlat gerbi - 1992 yil 2 iyulda qabul qilindi.

v) Davlat madhiyasi - 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi.

  1. Mustaqil O’zbekiston davlatining nomi Konstitutsiyamizning 1-moddasida

«Davlatning O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’no anglatadi» deb yozib qo’yilgan. «O’zR» yoki «RU» deb yozish kerak, deyiladi.

  1. Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabrda qabul kilingan).

  2. O’zbekiston Respublikasining davlat tili - 1989 yil 21 oktyabrda qabul kilingan va Konstitutsiyaning 4-moddasida tasdiqlangan.

  3. Mustaqil davlat poytaxti - Toshkent shahri. Konstitutsiyamizning 6- moddasida bayon etilgan.

  4. Mustaqil davlat fuqaroligi Konstitutsiyaning 21-moddasida aytilganidek, fuqarolik har qanday davlatning ajralmas belgisidir.

  5. Davlat mukofotlari va unvonlari (1997 yil noyabrgacha 30 ta O’zbekiston Respublikasi faxriy unvoni ta’sis etilgan).

  6. Milliy valyuta. 1994 yil 16 iyunda qabul kilingan «O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida”gi Prezident Farmoni, 1994 yil 1 iyuldan «So’m» muomalaga kiritildi.

  7. Umumxalq bayramlari va boshqalar.

Davlatning asosiy belgilari - bu davlatni mustaqil davlat sifatida e’tirof etish uchun sabab bo’ladigan tushunchalardir. Mustaqil davlat bo’lish uchun har bir davlatning o’z hududi, Konstitutsiyasi, aholisi (xalqi), davlat ramzlari, fuqaroligi, armiyasi, oliy hokimiyat organlari, pul birligi bo’lishi zarur. Demak, davlatning asosiy ramz-belgilari quyidagilardan iborat:

  1. O’ziga xos ommaviy hokimiyatning-davlat (ijtimoiy) hokimiyatning ta’sis etilganligi, ya’ni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining borligi.

  2. Aholining hududlar bo’yicha uyushganligi. Bu fuqarolarning davlat chegaralari doirasida, muayyan ma’muriy-hududiy birliklarda yashashini bildiradi. Yoki boshqacha aytganda, fuqarolarning hududiy jihatdan bo’linganligi.

  3. Suverenitetligi (fran. oliyligi), ya’ni ichki va tashqi iqtisodiyot yuritishda mustaqil bo’lish.

  4. Huquq ijodkorligi, ya’ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar rioya etadigan qonunlarni chiqarishga qodirligi.

  5. Davlat apparatining saqlanishi va ta’minlanishi hamda aholining kam ta’minlangan qismiga yordam berish uchun soliqlar solinishi.

  6. Umuminsoniy funktsiyalarni (vazifalarni) bajarish, ya’ni hududni qo’riqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish uchun qurolli kuchlar va boshqa majburlovchi organlarning mavjudligi. Bu maxsus davlat organlariga: Mudofaa tizimi, Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar xizmati, Prokuratura, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bojxona xizmati va hokazolar kiradi.

  7. Konstitutsiya, davlat ramzlari va fuqarolik maqomining mavjudligi.

Milliy-ma’naviy tiklanishni ta’minlab beruvchi asosiy omillardan biri har bir millatning o’z ona tiliga bo’lgan munosabatidir. Qaramlik va mustamlakachilik yillarida ko’plab millatlar singari o’zbek xalqi ham o’z ona tilini unutayotgan xalqlardan biriga aylanib qolayotgan edi. Ona tilimiz asrlar davomida shakllanib keldi va jamiyat ma’naviy hayotining ajralmas qismiga aylangandi. Til har bir xalqning, millatning hayoti uchun muhim bo’lib, u o’zlikni anglash, milliy ong, milliy tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik orqali namoyon bo’ladi. O’z ona tiliga ega bo’lmagan millatning o’zi bo’lmaydi. Xalqimiz tarixida ko’plab buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, ma’rifatparvarlarimiz tilimiz ravnaqi uchun kurashib keldilar. Buyuk alloma A.Navoiy turkiy tilda “Xamsa” yozib bu tilning boy til ekanligini, bu tilda ham katta-katta asarlar yozish mumkin ekanligini isbotlab berdi. Har bir millatning ona tili- bu o’sha millatning ruhi, mamlakat mustaqilligi ramzidir.
Prezident I.A.Karimov milliy-ma’naviyatimiz ko’zgusi bo’lgan ona tilimiz ravnaqi uchun sa’y-harakatlar qilgan kishilardan biri. U milliy tilimiz ravnaqi uchun kurashgan ma’rifatparvar bobolarimizdan biri hisoblangan A. Avloniyning til to’g’risidagi so’zlarini keltirib, “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida shunday deydi: “Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur”1. Milliy tilni davlat tili maqomiga ko’tarish osonlik bilan amalga oshirilmaydi, ona tilini saqlab qolishga intilish millatparvarlikdir, ma’naviyatli insonlargina til ravnaqi haqida qayg’ura oladilar. Qaramlik yillarida ona tili ravnaqi uchun kurashgan kishilar millatchi sifatida ayblanardi, shuning uchun mamlakatimizda mustaqillik sari intilar ekanmiz, bu masala ko’plarni tashvishga solib qo’ydi. Mustaqillikning ilk qadami sifatida Oliy Kengash qoshida maxsus maslahat kengashi tashkil etilib, 1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida” Qonuni qabul qilindi.
Har bir mustaqil davlat o’z davlat tiliga ega bo’lishi kerak. Davlat tili shu mamlakat tub aholisi manfaatlari, tarixidan kelib chiqib belgilanadi. O’zbekistonda aholining 72 foizidan ortig’ini o’zbeklar tashkil etgani bois, bu xalq azaldan ana shu hududda istiqomat qilib kelganligi va boy madaniy, ma’naviy boyliklar egasi ekanligi uchun o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Mustaqillik tufayli sobiq sovetlar davrida “mayda xalq” deb yerga urilgan millat va uning ona tilining nufuzi oshdi.

1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 83-b.
Til to’g’risida qabul qilingan qonun milliy - ma’naviy tiklanish yo’lida qo’yilgan qadamlardan biri bo’ldi. Katta tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan ushbu qonun yurtimizda istiqomat qilayotgan ko’plab millatlar va elatlarning tillarini rivojlantirish imkonlarini yaratib berdi, ko’plab millatlar o’z ona tilida muloqot qilish, bilim olish imkoniyatlariga ega bo’ldi. Mazkur qonun sobiq sovet tuzumi davrida davom etgan boshqa millatlar ona tiliga bo’lgan tazyiqlarga barham berish imkoniyatini yaratib berdi. 1992 yilda qabul qilingan amaldagi Konstitutsiyamiz 4- moddasida esa davlat tili maqomini huquqiy jihatdan mustahkamladi1.
Ona tili ravnaqi milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida katta rolь o’ynaganligi uchun ham mustaqillik yillarida davlat tilining milliy-ma’naviy tiklanish jarayonidagi rolini oshirish yo’lida ko’plab ishlar amalga oshirildi.
I.A.Karimov tilimiz ravnaqi haqida gapirar ekanlar, “Yuksak ma’naviyat- engilmas kuch” asarida shunday fikrlarni bildirib o’tadilar. “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boyliklarning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”2.
Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonini milliy tillarning ravnaqisiz tasavvur etib bo’lmaydi, ushbu maqsad yo’lida tariximizda ma’rifatparvar ziyolilarimiz tomonidan bir qator harakatlar bo’lib o’tgan, lekin ularning bunday harakatlari sobiq sovet tuzumi olib borgan iqtisodiyot oqibatida o’z natijasini ko’rsata olmagan edi.

Milliy-ma’naviy tiklanish jarayoni iqtisodiy-moliyaviy jarayonlar bilan chambarchas bog’liq bo’lganligi uchun ham, ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatning ma’naviy hayotini yuksaltirishga o’zining





1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2010. – 4-b.
2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 87-b.
katta hissasini qo’shmoqda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti doimo o’zaro uyg’unlikda bo’lib kelgan. Insonning kundalik hayotida, uning butun umri davomidagi faoliyatida ma’naviy yuksalishning asosiy omillaridan biri moddiy asos ekanligi tarixiy jarayonlarda o’zini isbotlab berdi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy-ma’naviy tiklanishga erishish maqsadida ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligini kuchaytirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda, bu bog’liqlikni kuchaytirish tarixiy zaruriyatdir. Ushbu tarixiy haqiqat haqida Prezident I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” nomli asarida shunday fikrlarni ilgari suradi: “Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, biz iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markaziga qo’yib kelmoqdamiz”1.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy sohada erishgan yutuqlarimiz ma’naviyatni yanada yuksaltirish yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston bugungi kunda to’la iqtisodiy mustaqilikka erishgan mamlakat. U hech kimdan kam bo’lmagan davlatchilik tajribasiga ega. U o’z tajribalariga suyangan holda, dunyo davlatlarining ilg’or taraqqiyotini o’rgangan bir davlat sifatida o’zi belgilab olgan rivojlangan huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo’lidan dadil odimlamoqda. Davlatimiz o’zining milliy qo’shinlariga ega.
Iqtisodiy mustaqil davlat mustaqil ravishda chet davlatlar bilan aloqa qilish huquqiga ega bo’lishi kerak. Bugungi O’zbekiston ana shunday imkoniyatga ega. Bir paytlar sobiq sovetlar uni dunyodan uzib qo’ygan bo’lsa, istiqloldan so’ng O’zbekiston teng manfaatlar asosida dunyo davlatlari bilan barcha sohalar bo’yicha hamkorlikni boshlab yubordi. Uning bugungi taraqqiyotida rivojlangan davlatlar tajribasining o’rni kattadir.
Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlab o’tilganidek, “Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini xolisona baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan-yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro’- e’tiborining tobora yuksalib borayotgani – bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga qo’yilgan, chuqur va puxta o’ylangan maqsad, printsip va normalarning hayotbaxsh samarasi, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi”2.
O’zbekiston bugungi kunda o’zi tanlab olgan taraqqiyot yo’lida ildamlab borayotgan mustaqil mamlakatdir. O’zbekiston taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olishimizga to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni o’zi hal etish imkoniyatlariga ega bo’ldi. Milliy-ma’naviy tiklanish yo’lidagi harakatlarni xalqimiz to’g’ri tushunib, tanlab olgan taraqqiyot va yuksalish yo’limizni ongli ravishda qabul qildi.
SHu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, sobiq sovet davlati, totalitar tuzum allaqachon qulagan bo’lsa-da, globallashuv jarayonida Markaziy Osiyoda o’z ta’sir kuchini kuchaytirishga, xalqimizni ma’naviy, mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilib olishga, turli xil usullar orqali O’zbekistonga ma’naviy tazyiq o’tkazib, o’ziga itoat ettirishga intilayotgan kuchlar yo’q emas.
CHunki shunday tabiiy resurslarga boy, jannatmakon, Markaziy Osiyoning yuragi hisoblanmish O’zbekiston o’zining go’zalligi bilan aholisining tinch- totuvligi, osoyishtaligi bilan hali ham dunyoni o’ziga maftun etib kelayotgan mamlakat. Uning xalqi o’sha chetdagi yovuz va alamzada ko’zlarning g’ayir maqsadini allaqachon anglab yetgan. O’z yurtini saqlash va uning kelgusi taraqqiyotini yomon ko’zlardan asrash uchun sidqidildan ijodiy jo’shqin mehnatlar bilan yashamoqda. Bu xalqning maqsadi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaslik va o’z yurtida demokratik jarayonlarni davom ettirib, har tomonlama rivojlangan, farovon hayotni barpo etishdir.



1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 69-bet.
Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali ma’rosimidagi tabrik so’zida ta’kidlanganidek, “Bizning eng ezgu maqsad-muddaomiz – dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirishdan iboratdir. Buning uchun e’tibor markazimizda turishi zarur.
Birinchidan, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy o’sishimiz va texnologik rivojlanishimiz sur’atlarini yuksaltirish hisobidan Vatanimiz taraqqiyoti va aholimiz farovonligini munosib darajaga ko’tarishdir.
Ikkinchidan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, iqtisodiy-huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilashni, yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni davom ettirishdir1.




2 Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir// Xalq so’zi, 2010 yil 8 dekabrь, № 236 (5151).

      1. Yüklə 0,52 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə