Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

BOB.O’ZBEKISTON TARAQQIYOT SARI


    1. Taraqqiyotning o’zbek modeli.

Ma’naviyat sohasida esa tilimiz, dinimiz, adabiyot va san’atimiz, buyuk allomalarimiz, ularning bebaho asarlari kamsitilar, ularni o’rganish, rivojlantirishga yo’l qo’yilmas edi. Buning zamirida xalqimizni ijodkorlikdan, yaratish tuyg’usidan begona qilib ko’rsatishga urinish, uning milliy tarixi yo’q, degan soxta va g’arazli fikrni odamlar ongiga singdirib, ularni mute va qaram qilishga qaratilgan makkor iqtisodiyot yashirin edi.


Mana shunday achinarli holatlarning barchasiga barham berish, xalqimizning bunyodkorlik, ijodkorlik dahosini qayta uyg’otish, uni o’z taqdiri, o’z hayotining tom ma’nodagi egasiga aylantirish uchun yangicha taraqqiyot yo’li taqozo etilardi. Bu yo’l hayotning hamma sohalarini xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini inobatga olgan holda isloh etishning umumiy yo’nalishlarini belgilab berishi
Strategik yo‘l – uzoqqa mo’ljallangan umumiy maqsadni ifoda etadi.
O’zbekistonning strategik yo’li bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo’lidir. Ayni paytda bu yo’l o’z umrini o’tab bo’lgan eski sovet tuzumidan mutlaqo yangi, demokratik tuzumga o’tishni ta’minlab beradigan taraqqiyot modelidir. Bu modelning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u inqilobiy ravishda emas, balki tadrijiy yo’l bilan rivojlanib borishni nazarda tutadi. Tadrijiy rivojlanish ko’zlangan maqsad sari qadam-baqadam, pog’onama-pog’ona borishi anglatadi.
Shuni bilingki, islohotlarni inqilobiy yo’l bilan amalga oshirishning bir qancha usullari bor. Shulardan biri «shok terapiyasi» deb ataladi. Jamiyatda yillar davomida shakllangan boshqaruv usullari, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tartiblarini, odamlarning dunyoqarashini birdaniga o’zgartirishga urinish, islohotlarni bosqichma-bosqich tarzda emas, balki eski tuzumni butunlay buzib tashlab, yangi munosabatlarni qisqa muddatda joriy etish «shok terapiyasi»ning asosiy mazmunini tashkil etadi. Eski jarohatni bir urinishda bartaraf etishni da’vo qilgani uchun bu yo’l aynan shunday nom bilan ataladi.
Bu yo’l bizning yurtimizga mutlaqo to’g’ri kelmas edi. Buning sabablarini Prezidentimiz Islom Karimov bunday izohlaydi: «Agarki biz mustaqillikka erishganimizdan so’ng bosqichma-bosqich rivojlanish yolini emas, balki

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə