Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

«shok terapiyasi» deb nom olgan inqilobiy sakrash yo’Iini tanlasak, eng qiyin vaziyatlarda aksariyat aholimiz qanday ahvolga tushib qolgan bo’lar edi?

Hech shubhasiz, stixiyali tarzda yuz beradigan shiddatli o’zgarishlar to’fonida odamlarning moddiy turmush sharoiti keskin yomonlashib, ularning hayot tarzi, axloqiy qadriyatlari, milliy-ma’naviy qiyofasi butunlay izdan chiqib ketishi hech gap emas edi. Bir so’z bilan aytganda, bunday biryoqlama iqtisodiyot hech kutilmagan oqibatlarga, o’rnini yuz yillarda ham to’ldirib, qoplab bo’lmaydigan og’ir yo’qotishlarga olib kelishi mumkin edi».


Yurtimiz aholisining yarmidan ko’pini bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar tashkil qilgani, milliy qadriyatlarimiz har qanday yangilikka ham bosqichma-bosqich, vazminlik bilan borishni taqozo etgani tufayli ham «shok terapiyasi» kabi inqilobiy yo’l biz uchun nomaqbul edi. Shuning uchun taraqqiyotning o’zbek modeli degan nom bilan dunyoda tan olingan bizning rivojlanish yo’limizning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, evolyutsion, ya’ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Prezident Islom Karimov asoslab bergan jamiyatni isloh etishning besh tamoyili bu modelning negizini tashkil etadi. «Bu modelning asosiy tamoyillari – ya’ni, iqtisodning iqtisodiyotdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy iqtisodiyot, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon», deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz.



1 Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi// Xalq so’zi, 2010 yil 1 sentyabrь, № 171.
Iqtisodning iqtisodiyotdan xoli bo’lishi iqtisodiyotning o’z qonuniyatlari asosida rivojlanishini, uni turli iqtisodiy maqsadlarga qaram qilib qo’ymaslikni bildiradi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar hukmron bo’lgan sovet mafkurasi o’z iqtisodiyoti bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga xalaqit berar edi. Ya’ni, u «xususiy mulk zararli», «bozor munosabatlari bo’lmasligi kerak», «mulkdorlar bo’lmasligi kerak» degan iqtisodiy qarashlar bilan odamlarning erkin mehnat qilishi, mulk egasi bo’lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishini taqiqlab qo’ygan edi. Buning oqibatida iqtisodiyot iqtisodiyotning ustidan hukmron bo’lib olgan edi. Bunday holatga barham berish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazishda uni iqtisodiyotdan xoli etish haqidagi tamoyil muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Eski tuzumdan yangi jamiyatga o’tishda davlatdan boshqa uyushgan, jamiyatni ortidan ergashtira oladigan qudratli kuch bo’lmaydi. Bu paytda iqtisodiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar hali to’la shakllanmagan bo’ladi. Shuning uchun davlat barcha islohotlar uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu o’z navbatida yangi jamiyat qurishga qarshilik ko’rsatadigan eski tuzum tarafdorlarini jilovlab qo’yish, endigina oyoqqa turib kelayotgan bozor tuzilmalarini qo’llab-quvvatlash, eng muhimi, islohotlarning izchillik bilan davom etishida katta rol o’ynaydi.
Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldida tengligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Islohotlarni amalga oshirishda yangi-yangi qonunlar qabul qilinib, mustahkam huquqiy poydevor yaratilmoqda va ularning ijrosi ta’minlanmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyili jamiyatimiz a’zolarining huquqiy ongi va tafakkuri yuksalib borishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kuchli ijtimoiy iqtisodiyot yuritish tamoyilining ma’no-mazmuni va ahamiyati haqida so’z borganda, yuqorida zikr etilgan jihatlarni, ya’ni yurtimiz aholisining yarmini bolalar tashkil etishi, keksalar, ko’mak va yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yonatromizdagi odamlarga e’tibor, mehr va saxovat ko’rsatib yashash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan ekanini yana bir bor esga olishimiz lozim. Bularning barchasi mamlakatimizda yangi jamiyat qurish jarayonida kuchli ijtimoiy iqtisodiyot olib borish, kam ta’minlangan, yosh oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, jamiyatning bir qismi o’ta boyib, boshqa qismi esa o’ta qashshoqlashib ketishiga yo’l qo’ymaslikni nazarda tutadi. Ana shu asosda mustaqillik yillarida diyorimizda kuchli ijtimoiy muhofaza tizimi shakllandi. Siz keksa va nogiron, muhtoj kishilarga mahalla orqali yordam ko’rsatilayotgani, davlat tomonidan pensiya yoki nafaqalar berilayotgani, yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan aka-opalaringizning o’qish joyidan stipendiya olayotgani haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Bularning barchasi ijtimoiy himoyaning ko’rinishidir.


O’zbek modelining negizini belgilab beradigan beshinchi tamoyil – islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi va uning ahamiyati haqida yuqorida fikr yuritdik.



    1. Yüklə 0,52 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə