Kirish bet I. Bob. Milliy tiklanishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#180631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAHMUDOVA MUXLISAXON MUXTORJON QIZI

XULOSA.


Kuchli ijtimoiy iqtisodiyot yuritish tamoyilining ma’no-mazmuni va ahamiyati haqida so’z borganda, yuqorida zikr etilgan jihatlarni, ya’ni yurtimiz aholisining yarmini bolalar tashkil etishi, keksalar, ko’mak va yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yonatromizdagi odamlarga e’tibor, mehr va saxovat ko’rsatib yashash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan ekanini yana bir bor esga olishimiz lozim. Bularning barchasi mamlakatimizda yangi jamiyat qurish jarayonida kuchli ijtimoiy iqtisodiyot olib borish, kam ta’minlangan, yosh oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, jamiyatning bir qismi o’ta boyib, boshqa qismi esa o’ta qashshoqlashib ketishiga yo’l qo’ymaslikni nazarda tutadi. Ana shu asosda mustaqillik yillarida diyorimizda kuchli ijtimoiy muhofaza tizimi shakllandi. Siz keksa va nogiron, muhtoj kishilarga mahalla orqali yordam ko’rsatilayotgani, davlat tomonidan pensiya yoki nafaqalar berilayotgani, yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan aka-opalaringizning o’qish joyidan stipendiya olayotgani haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Bularning barchasi ijtimoiy himoyaning ko’rinishidir.
O’zbek modelining negizini belgilab beradigan beshinchi tamoyil – islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi va uning ahamiyati haqida yuqorida fikr yuritdik.
Siz hokimiyatning uchta tarmog’i borligini eshitgansiz. Bular qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatidir.
«To’rtinchi hokimiyat» sifatida esa ommaviy axborot vosifalari jamiyat hayotiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Hokimiyat tarmoqlari ham qonun asosida ish olib boradi. Ular o’rtasidagi munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Shunga ko’ra, hayotdagi har qanday muammoni hal etishda birinchi navbatda qonunga murojaat etish, uning huquqiy tomonlarini o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi. Bu esa huquqiy madaniyatni hamma uchun zaruratga aylantiradi.
Har qanday madaniyat yuksak ong va tafakkurga asoslangani singari, huquqiy madaniyat ham odamlarda avvalo huquqiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. Huquqiy tafakkur va dunyoqarash esa Konstitutsiya, qonurilarni, umuman huquq ilmini o’rganish orqali shakllanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz 1997-yil 27- iyunda bu masalada maxsus farmon imzolagani, 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini qabul qilgani, 2001-yil 4-yanvarda esa Yurtboshimizning «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida»gi farmoyishining qabul qilingani ham bejiz emas.
Ana shunday e’tibor tufayli bugungi kunda maktablarimizda «Konstitutsiya alifbosi», «Konstitutsiya olamiga sayohat”, “O’quv kurslari” “Davlat va Huquq asoslari» kabi fanlar o’qitilmoqda. Shu tariqa sizdek yoshlarimizda huquqiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish maqsad qilib qo’yilgan. Chunki huquqiy madaniyati yuksak insonlar qancha ko’p bo’lsa, xalqimiz orzu qilgan fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayoni shuncha tezlashadi. Qolaversa, huquqiy madaniyat yurtdoshlarimizning iqtisodiy madaniyatini oshirishga ham zamin bo’ladi. Iqtisodiy madaniyatli odam mustaqil fikrlay oladi, o’zini o’zi boshqarishga qodir bo’ladi.
Endi ma’naviyat va huquqiy madaniyatning o’zaro bog’liq jihatlariga to’xtalaylik. Aslida huquqning o’zi ham ma’naviyat mahsulidir. Insonlar o’z hayotini mazmunli qilish, tinch va osoyishta yashash uchun huquq va majburiyatlarni qat’iy belgilab beradigan qonunlarni o’ylab topgan. Chunki har bir odam huquq va erkinlikni, ayni paytda, o’zining boshqalar oldidagi burch hamda majburiyatlarini yaxshi tushunsa, dunyoda yomonlik, adolatsizlik, har xil ko’ngilsiz hodisalar kamayadi.
Insonning ma’naviyati yuksalib borgani sari huquq haqidagi tushunchalari ham mukammallashaveradi. Odamzod yanada ko’proq huquqqa, yanada ko’proq erkinlikka ega bo’lishni istaydi. Siz tarixdan o’qigansiz – XX asr boshlarida so’z erkinligi, matbuot erkinligi va vijdon erkinligi masalalari ko’pchilik xalqlar uchun orzu edi, xolos. Yevropa, Amerika va Osiyoda ana shu huquqlarni talab qilib odamlar qancha kurash olib borgan. Bugungi kunda esa bunday erkinliklar demokratik jamiyatlarda konstitutsiyalar va qonunlar bilan mustahkamlab qo’yilgan kundalik qadriyatga aylanib qoldi. Ularsiz endi hayotrii tasavvur etib bo’lmaydi.
Hozirgi kishilar, ma’naviyati va tafakkuri o’zgargani uchun, mutlaqo boshqa talablar bilan maydonga chiqmoqda. Xususan, yadro qurollarini tarqatmaslik, xalqaro terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashish, atrof-muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik kabi talablar bugun insoniyatning asosiy talablariga aylanmoqda. Bu masalalar Yer yuzida hayotni saqlash, odamlarning eng muqaddas huquqi bo’lgan yashash huquqini asrash bilan bog’liq bo’lgani uchun jiddiy ravishda kun tartibiga qo’yilmoqda.
Yana shuni bilingki, huquqning nazariy va amaliy shakllari bor. Huquqning nazariy shakllari deganda, u haqidagi turli fikr va qarashlar, ta’limotlar tushuniladi. Huquqning amaliy shakliga esa konstitutsiya va qonunlar, huquqiy- me’yoriy hujjatlar kiradi. Huquq nazariy va amaliy shaklda ham inson hayotini yaxshilash, uning tashvish-muammolarini yengillashtirishga, demak, uning hayotini yanada mazmunli etishga xizmat qiladi. O’ylab ko’ring: biz o’z hayotimizni mamlakatimiz Konstitutsiyasi, «Davlat tili haqida»gi qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlardan xoli ravishda tasavvur eta olamizmi? Yo’q, albatta. Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz hayotimizga shu qadar chuqur singib ketganki, ularsiz biz inson sifatidagi erkinligimizni ham, bugungi va kelajak taqdirimizni ham aslo ko’z oldimizga keltirolmaymiz. Chunki bu huquqiy hujjatlar davlatimiz va jamiyatimiz asosini, shu davlat va jamiyatda yashayotgan bizdek insonlar hayotini belgilab beradi.
Insonni ma’naviyatsiz tasavvur etib bo’lmaganidek, huquqsiz ham tasavvur etib bo’lmaydi.
Demak, huquq ham ma’naviyat ham inson hayotining mohiyatini belgilab berdigan muhim omillar hisoblanadi. Shuning uchur ham huquqiy madaniyat insonning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga imkon beradigari, ma’naviy saviyasini belgilaydigan o’ziga xos mezondir.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə