Kirish Asosiy qism Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə9/11
tarix08.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#116081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10 talik Hisobot o`g`itlash

Azotli o’g’itlar. Barcha azotli o’g’itlar to’rtta guruhga bo’linadi:
1) nitratli 2) ammoniyli, 3) ammoniyli-nitratli, 4) mochevina.
Nitratli o’g’itlar tarkibida azot nitrat anioni (NO3-) Shaklida bo’ladi. Eng muhim tuzlar – NaNO3, Ca(NO3)2 fiziologik ishqoriy reaksiyada nordon tuproqlarda yuqori samaradorlikka ega. Nitrat shaklidagi azotli o’g’itlar tuproq qatlami boylab tez tarqaladi. Shuning uchun ham ko’p ishlatiladigan selitra-ammoniy nitrat o’g’itini kuzgi shudgor qilishda tuproqqa solish tavsiya qilinadi. Chunki tez yuvilib ketadi. Kuzgi shudgorlashda solish uchun azotli suvda sekin eriydigan kalsiy sianamid kabi shakllaridan foydalanish mumkin.
8.Mikroo’g’itlar va Organik o’g’itlar
Mikro o’g’itlarning o’simliklar uchun ahamiyati shundaki, ular moddalar almashinuvidagi ko’pchilik muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Ularning ko’pchiligi (Mn Cu Mo Zn CO) biokimyoviy reaksiyalarni jadallashtiro’vchi turli hil fermentlar tarkibiga kiradi, ba’zilari (Mn, Cu, Fe) o’simliklar xujayralaridagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Borli o’g’itlar. O’simliklar hosil etishtirish uchun 1 ga erdan 20 ga gacha bor iste’mol qiladi. Donli ekinlar- javdar bug’doy, suli, arpa, tariq tuproqdan borni kamroq oladi.Kungabaqar, ! kartoshka, zig’ir, beda, xantal va ba’zi sabzavot ekinlari borki ancha ko’p iste’mol qiladi va uning etishmasligi bu ekinlarda ko’proq bilinadi. O’simliklarning poyalarga qaraganda barglarida bor ko’proq bo’ladi, ayiiqsa gullari borga boy bo’ladi.
Bor etishmasa, avvalo poya, novda va ildizlarning o’sish nuqtalari kasallanadi va nobud bo’ladi. Poyaning o’sish nuqtasi nobud bo’lganida shiddatli ravishda yon novdalarhosil bo’ladi.
Bor etishmaganida lavlagi o’zakni chirishi kasalligiga o’chraydi natijada ildizi g’ovak bo’lib qoladi, ba’zan esa butunlay ; chirib ketadi, zig’ir bakterioz, kartoshka esa parsha kasaliga uchraydi. Borli o’g’it solinganda bunday kasalliklar batamom yo’qotiladi.
Tuproqlardagi borning umumiy miqdorya 1 kg tuproq hisobidan olinganda ularning hiliga karab 1-2 dan 50-80 mg gacha bo’ladi.
Borli o’g’itlar bornodotolit uni (2 % B) bor -magniyli o’g’it (2-3% B ). oddiy- va qo’sh borli superfosfat (0,2%, V)dir. Borning |sof tuzi-borat (11% B) va borat kislota (17%B) qimmat turadi, ;urug’larga ekishdan oldin ishlov berish uchun, shuningdek ildizdan tashqari oziqlaitirish uchun ishlatiladi.
Molibdenli o’g’itlar. O’simliklardagi molibden miqdori quruq moddasiga nisbatan hisoblanadi. Urug’larda, ayniqsa dukkakli o’simliklar urug’ida ko’p bo’ladi. Dukkakli ekinlarning tuganaklari molibdenga ayniqsa boy. Molibden tuganak bakteriyalar va erkin yashovchi bakteriyalar tomonidan havo azotining fiksatsiya kilinishida muhim rolo’ynaydi.
Molibden etishmaganida dukkakli ekinlar ildizlaridagi tuganaklar sust rivojlanadi, azotni fiksatsiyalovchi bakteriyalar normal rivojlana olmaydi va atmosfera azotinn fiksatsiya qilmaydi. Molibden etishmaganida o’simliklarning to’qimalarida ortiqcha miqdorda nitratlar tuplanib qoladi. Ularning qaytarilishi sekinlashadi, natijada normal azot almashinuvchi buziladi.
Tuproqlardagi molibdenning umumiy miqdori 1 kg ga tuproq hisobidan olganda 0,2 dan 12 mg gacha bo’ishi mumkin. Agar tuproqda uning harakatchan shakllari 1 kg ga 0, 15-1,2 mg dan kam bo’lsa o’simliklar molibdenga extiyoj sezadi.
Molibdenli o’gitlar: ammoniy molabdat (50%Mo), texnik ammoniy natriy molibdat (35% Mo), molibdenlangan superfosfat (0,1-0,2% Mo).
Molibdenni ekin ekish vaqtida qatorlarga solish va ildizdan tashqari oziqlantirish uchun rivojlanishining boshlang’ich fazalarida ammoniy molebdatning 0,1-0,005 % li eritmasi holida o’simliklarga purkash (1 ga erg’a 50-100 gr Mo) ancha tejamli va samarali hisoblanadi.
Misli o’g’itlar. Misning qishloq xo’jaligi ekinlari bilap birga olib chiqib ketilishi gektariga o’nlab grammlar bilan o’lchanadi. U o’simliklardagi uglevod va oqsil almashinuvida va barglarda xlorofill hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega.
Mis etishmaganida barglarning xlorofill hosil qilishi izdan chiqadi. Donli ekinlarda mis etishmasligi o’ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi. O’simlik och yashil bo’lib qoladi, tez shoxlab ketadi. Barglarning uchi oqaradi, doni puch bo’ladi, hosili keskin kamayib ketadi. Mis juda ham etishmaganida umuman boshoq hosil bo’lmaydi, o’simlik poyasi asta-sekin qurib qoladi.
O’simliklardan tayyorlanadigan em-xashakda misning etishmasligi hayvonlarda kasalliklar (kamqonlik, ich ketar buzoqlarda raxit, qo’ylarda jun to’kilib ketishi) keltirib chiqaradi. Misli o’g’itlar: pirit quyundisi (0,25-0,6% Cu). Mis kuporosi Cu5O4-5H2O (25%Cu) ildizdan tashqarii oziqlanish uchun 250 500 g 'mis kuporosi 300-500 l suvda eritiladi.



Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə