Sabzavot ekinlari: kartoshka, pomidor, piyoz Kartoshkaning asosiy zararkunandalari



Yüklə 18,33 Kb.
səhifə1/3
tarix13.10.2023
ölçüsü18,33 Kb.
#127689
  1   2   3
Sabzavot ekinlari


Sabzavot ekinlari: kartoshka, pomidor, piyoz
Kartoshkaning asosiy zararkunandalari:

  1. Kartoshka kuyasi (Phihorimaea operculella Zell.) – kartoshka, tamaki, baqlajon, pomidor va boshqa ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarga katta zarar yetkazuvchi xavfli hasharot hisoblanadi. 25-80% gacha zarar keltiradi;

  2. Kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata) – kartoshkaniong eng xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Bu zararkunanda kartoshka bargini kemirib zarar yetkazadi, ayrim yillari hosilning 70% gacha nobud qilishi mumkin.

Kartoshkaning asosiy kasalliklari:

  1. Fitoftoroz (Phytopthora infestans) – barglarda yirik dog‘lar, nam ob-havoda barglarning orqa tomonida oq g‘ubor paydo bo‘ladi. Tugunagida dastlab qora dog‘lar ko‘rinadi, so‘ngra ular qo‘ng‘ir rang olib chiriydi va qattiqlashib qoladi. 80-85% gacha zarar keltiradi;

  2. Fuzarioz so‘lish (Fusarium spp.) – bu turkum zamburug‘lari 1000 ga yaqin madaniy va yovvoyi tur o‘simliklarini zararlaydi. Dastlab kasallangan o‘simliklarning bo‘g‘im oralari qisqarib, ildiz bo‘g‘izi yo‘g‘onlashadi. 70-80% gacha zarar keltiradi;

  3. Ildiz chirish (Rhizoctonoa solani) – o‘simlik to‘qimalarini yeiradi va qoraytiradi. Madaniy va yovvoyi o‘simliklarning 100 ga yaqinida uchraydi. 45-50% gacha zarar keltiradi.

Pomidorning asosiy zararkunandalari:

  1. Pomidor kuyasi (Tuta absoluta) – ushbu zararkunanda respublikamizda karantin xavfi ostidagi hasharot hisoblanib, u ochiq hamda yopiq maydonlardagi pomidor, baqlajon, kartoshka, achchiq qalampir va boshqa ekin turlariga katta zarar keltiradi. Zararkunanda tarqalish darajasi kech aniqlanishi, ko‘payish uchun qulay sharoit yuzaga kelganda hosilning 100% miqdorda yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Yevropa mamlakatlarida uni “Mutloq talofat” deb atashlari ham bejiz emas.


Yüklə 18,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə