Ayrisimon bez thymus. Kukrak bushligining Yuqori oldingi qismida, tush suyagi orrasida joylashadi. Ikkita bulakdan iborat: lobus dexter va lobus sinister



Yüklə 6,23 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,23 Kb.
#164775
Ayrisimon bez


Ayrisimon bez - thymus. Kukrak bushligining Yuqori oldingi qismida, tush suyagi orrasida joylashadi. Ikkita bulakdan iborat: lobus dexter va lobus sinister. Bezning Yuqorigi uchlari tush suyagidan chikib kalkasimon bezga etib borishi mumkun. Pastgi qismi esa kengayib yirik kon tomirlar, Yurak va perikardga yetib keladi. Bezning razmeri Yoshga karab uzgaradi. Yangi tugilgan chakaloklarda massasi 12g, balogat Yoshda esa 35-40grammga yetadi. Shundan u evolYusiyaga uchraydi: 25 Yoshgda 25g, 60 Yoshda esa 15, 70- Yoshda - 6g buladi. Skelotnicheskiy bolalarda bez III, IV kovurga ba‘zan V kovurga soxasida Yuqoridan, pastgi qismi esa III kovurga soxasida buladi. Bez kapsula bilan uralgan va u ichiga botib bulakchalarga ajralgan. Xar bir bulak magiz va pustlok kismlaridan iborat. Pustlok qismi epitelial tur hosil kilib, unda limfositlar joylashadi. Magiz kismmda, epitelial xujayralar yassilashib, muguzlanib tanachalar hosil qiladi. Rivojlanishi. Bez uchinchi xalkum chuntagi sifatida prexordal plastinkadan rivojlanadi. Limfositlar konning uzak xujayralaridan rivojlanadi. Funksiyasi-ximoya vazifasini bajaradi. Limfositlar bezda organizm-da paydo bulgan zararli begona xujayralarni Yuk kilish kobiliyatiga ega.

AYRISIMON BEZ Ayrisimon bez (buqoq bezi, timus – thymus, 159) ikki bo‘lak (lobus dexter– o‘ng va lobus sinister – chap bo‘lak) dan tuzilgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalar 407 vositasida o‘zaro qo‘shilgan. Bez Ko‗krak qafasining tepa qismida (to‘sh suyagi dastasining orqa tomonida) o‘ng va chap mediastinal plevra oralig‗ida joylashgan. Bezning Yuqori, o‘tkir qismi bo‘yinning kekirdak oldi fassiyasi oralig‗idan (bolalarda 1–1,5 sm) chiqib turadi va to‘sh-til osti hamda to‘sh-qalqonsimon muskullar orqasida joylashadi. Ayrisimon bezning oldingi sirti qavariq holda bo‘lib, to‘sh suyagining dastasi va qisman tanasining orqasida (II–IV qovurg‗alar tog‗ay sathida) joylashgan. Bezning orqasida perikardning Yuqori qismi, aorta va o‘pka stvoli, aorta ravog‗i va undan tarqaluvchi yirik tomirlar, chap yelka-bosh va Yuqori kavak venalar joylashgan. Qalqonsimon va ayrisimon bezlar. 1–lobus pyramidalis; 2–a. thyroidea inferior; 3–aa. thymicae; 4–truncus brachiocephalicus; 5– a. subclavia; 6–v. cava superior; 7–v. thoracica interna; 8–vv. thymicae; 9–pulmo dexter; 10–a. et v. thymicae; 11–thymus; 12–pericardium; 13–ramus pericardiacus; 14–pulmo sinister; 15–aorta; 16–a. thymica; 17–a. thoracica interna; 18–v. subclavia; 19–v. brachiocephalica; 20–v. jugularis interna; 21–trachea; 22–a. thyroidea inferior; 23–a. carotis communis; 24–glandula thyroidea; 25–m. cricothyroideus; 26–cartilagothyroidea. Ayrisimon bez tashqaridan Yupqa nozik biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula (capsula thymi) bilan o‘ralgan bo‘lib, undan bez ichiga bir qancha to‘siqlar (septa interlobulares) o‘tadi va bez parenximasini mayda bo‘lakchalarga bo‘ladi. Har bir bo‘lakchaning tashqi qismi po‘stloq modda (cortex thymi) dan iborat bo‘lib, to‘q rangda, mag‗iz moddali (medulla thymi) markaziy qismi esa och rangda. Bo‘lakchalarning asosini ikki xil to‘r – epitelial va retikulyar to‘r hosil qilishi ayrisimon bezning farqli belgilaridan biridir. Bu to‘rda limfotsitlar (bu yerda timotsitlar deb ham Yuritiladi) joylashgan bo‘lib, ular miqdori po‘stloq moddada mag‗iz moddaga nisbatan birmuncha ko‘p. Shuning uchun bu to‘q rangda. Bez bo‘lakchalarining markazida konsentrik joylashgan yassi epiteliy hujayralar to‘dasi – timus tanachalari (corpusculum thymi yoki Gassal tanachalari) joylashgan. Ayrisimon bez embrional taraqqiyotda asosan III jabra cho‘ntaklaridan juft o‘siqlar sifatida rivojlanadi. Timus ko‗rtaklari kaudal tomon o‘sib yo‘g‗onlashadi, cho‘ziladi va bir-biri bilan yaqinlashadi. Ko‗rtakning ingichka, uzun, Yuqori ―ductus thymopharyngeus‖ deb ataluvchi qismi asta-sekin yo‘qolib, pastki qismidan ayrisimon bez rivojlanadi. Embrional taraqqiyotning 5-oyida ayrisimon bez bir qancha bo‘lakchalardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Bezning massasi Yoshga qarab o‘zgaradi. Jumladan, yangi tug‗ilgan bolada 12 g, balog‗atga yetish oldida 30–40 g gacha bo‘ladi. Balog‗atga yetgach, bez asta-sekin qayta kichrayib boradi. 25 Yoshda 25–30 g. 60–70 Yoshlarda burishib, 6–15 g bo‘lib 408 qoladi va yog‗ to‘qimasiga aylanadi, lekin tamomila yo‘q bo‘lib ketmay, mayda orolchalar kabi to‘sh suyagining orqasida saqlanib qoladi. I n n e r v a t s i y a s i: n. vagus, bo‘yin chigali nervi va truncus sympathicus dan. Q o n t o m i r l a r i: aa. thoracica interna, truncus brachiocephalicus va a. subclavia tarmoqlari.
Yüklə 6,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə