Kirish Asosiy qism Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi


O’simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə7/11
tarix08.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#116081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10 talik Hisobot o`g`itlash

6.O’simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi.
O’simliklar organizmi suv va nuruq moddadan tarkib topgan. quruq modda organik va mineral birikmalardan iborat. O’simliklarning organlari va to’qimalaridagi suv va quruq modda miqdori turlicha bo’ladi.
O’simliklarning o’sayotgan vegetativ orgayalarida 70 dan 95 foizgacha, urug’larning zahira tuilovchi to’qimalarida mexanik to’qimalarning xujayralarida 5 dan 15 foizgacha suv bo’ladi. O’simlik qarigan sari to’qimalaridagi, ayniqsa reproduktiv organlardagi suvninig umumiy zahirasi va nisbiy miqdori kamayib boradi.
O’simliklardagi suvning funksiyalari uning fizik va ximiyaviy xossalari bilan bog’liq. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi yuqori bo’lishi va istalgan haroratda buglanish xususiyati borligi tufayli suv o’simliklarni o’ta qizib ketishidan saqlaydi. Suv ko’pgina birikmalar uchun yaxshi erituvchi, suvli muhitda bunday birikmalar elektrolitik dissotsiyalanadi va bu ionlarni o’simliklar zaruriy mineral oziqa elementlari tariqasida o’zlapggiradi.
Suvning sirt tarangligi yuqori bo’lganligi sababli u turli adsorbsiya jarayonlarida va mineral hamda organik birikmalarning bir joydan ikkinchi joyga siljishida katga rol o’ynaydi.
Suv o’simliklardagi energetik o’zgarishlarda, avvalo, quyosh energiyami ishtirokida yuzaga chiqadigan .fotosintezda ximiyaviy birikmalar hosil bo’lishida alohida ahamiyatga ega.
Suv nurning fotosintez uchun zarur bo’ladigan qismlarini o’tkazib infraqizil issiqlik radiasiyasini na’lum qismini tutib soladi.
O’simliklar to’qimalarini xujayralaridagi suv saklapshga sabab bo’ladi, bu turli-tuman fiziologik va biokimyoviy jarayon-larning jadalligi bilaa yo’nalishini belgilab beradigan muhim omil. O’simliklar organlarida bo’lib turadigan juda ko’p bioximiya-viY sintez va parchalanish reaksiyalari suvning bevosita ishtirokida boradi.
Suv tuproqdan o’tadigan mineral tuzlarni erituvchi va o’simliklardagi moddalarning harakatlanish almashinuvi uchuy muhitgina bo’lib qolmay, o’simlik xujayralari strukturasining ajralmas qismi hamdir.
O’simliklar quruq moddasi 90-95% organik birikmalar-oqsillar va boshqa azotli moddalar uglevodlar (shakar, kraxmal, sellyuloza, pektin moddalar) va yog’lardan tarkib topadi, bularning miqdori hosil sifatini belgilaydi.
Qishloq xo’jaligi asosiy ekinlari hosilining tovar qismi bilan birga ketadigan quruq modda miqdori juda keng doirada o’zgarishi gektariga 15 dan 100 s gacha bo’lishi mumkin.
O’simlik mahsulotlaridagi ayrim organik moddalarning qimmati shu mahsulotlarning turi va qay maqsadda ishlatilishiga qarab turlicha bo’lyapgya mumkin. Boshoqli don ekinlari hosilining sifatipi belgilovchi asosiy moddalar oqsillar va kraxmaldir. Don ekinlari orasida tarkibida oqsil miqdori ko’p bo’ladigan ekin bug’doy, kraxmal kupi esa guruch bilan arpadir. Arpa donida oqsil miqdori ko’p bo’lsa, pivo tayyorlanadigan donning sifati yomonlashadi.
Oqsillar ancha cheklavgan miqdordagi aminokislotalarni yuzlab va minglab qoldiqlaridan tuzilgan yuqori molekulyar organik moddalar. Oqsillar organizmlar hayotining asosini tashkil etuvchi modda almashyanuvining barcha jarayonlarida xal qiluvchi rol o’ynaidi. Oqsillar strukturaviy va katalitik funksiyalarni boshqaradi. Shuningdek o’simliklarning asosny zahira moddalaridan biri hisoblanadi.
O’simliklaraing vegetativ organlarida oqsillar miqdori odatda ular massasinyang 5-20 foizipi tashkil etsa, boshoqli don ekinlari urug’ida 6-20 foiz dukkakli va moyli ekinlar urugida esa 20-35 foiz ni tashkil etadi.
Oqsillarning elementar tarkibi ancha o’zgarmas, ya’ni barqaror bo’lib, quydagichadir (% hisobida.): C - 51 - 55, O - 21 -24%, N - 15- 18, H – 6, 5 - 7., 5 - 0,3 - 1,5.
Oqsillar o’z tuzilishiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: aminokislotalar qoldig’idan tuzilgan oddiy oqsillar, boshqacha aytganda, proteinlar va tarkibida shu proteinlardan tashqari ularga maxkam bog’langan oqsilmas tabiatli birikmalar bor murakkab oqsillar ya’ni proteidlar.
O’simlik oqsillari 20 ta aminokislota va ikkita amiddan tuzilgandir.

Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə