Kirish Asosiy qism Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi


Tuproq strukturasi, mexanik tarkibi suv, havo va issiqlik xossalari



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə3/11
tarix08.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#116081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10 talik Hisobot o`g`itlash

3.Tuproq strukturasi, mexanik tarkibi suv, havo va issiqlik xossalari.
Struktura - tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini belgilovchi muhim agronomik xossadir. Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqdagi turli mexanik elementlar bir-biri bilan (asosan gumus va kalsiy ta’sirida) birikib har xil donador bo’lakchalar (uvoqchalar) hosil qiladi va unga struktura agregatlari yoki bo’lakchalari deyiladi. Tuproqning alohida agregatlar (bo’lakchalar) ga ajralib (bo’linib) ketish qobiliyatiga struktura holati, turli o’lcham, shakl va sifat tarkibli struktura agregatlarining yig’indisiga uning strukturasi deb ataladi. Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturali va strukturasiz yoki kam strukturali holatda bo’ladi.
Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo’ladigan tuproqlarning struktura agregatlari nafaqat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Agronomik nuqtai nazardan P.V.Vershinin bo’yicha, tuproq strukturasi o’lchami (katta-kichikligi) ga ko’ra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al mikrostruktura; 4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga bo’linadi. Odatda tuproq strukturasi: 0,25-10 mm gacha bo’lgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bo’lishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar tuproqdagi eng qulay suv-havo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturalar O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.

Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə