Kirish Asosiy qism Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi


Tuproqning mineral va organik tarkibi



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə5/11
tarix08.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#116081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10 talik Hisobot o`g`itlash

4.Tuproqning mineral va organik tarkibi.
Mustaqil tabiiy jism- tuproq qattiq (minyeral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq yeritmasi), gazsimon (tuproq xavosi) va tirik jonovorlar tuproq organizmlari kabi bir-biri bilan bevosita bog’liq bo’lgan turli qismlardan iborat ko’p bazali dispyers (turli zarrachalar to’plamidan tashkil topgan) sistemadir.
Tog’ jinslarining tarixi bir-biri bilan bevosita bog’liq fizik, kimyoviy va bilogik turlarga bo’linadi. Ona jinslar kelib chiqishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: Elyuvial, delyuvial, allyuvial, ko’l, prolyuvial, muz yotqiziqlari, dengiz, eol yotqiziqlari va leoss jinslariga bo’linadi.
Ellyuvial jinslar yoki elyuviy- tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash qobog’ida o’z joyida qolib to’planishidan hosil bo’ladi. Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg’ir va yerigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog’ yonbag’irlariga keltirib to’plashidan hosil bo’ladigan yotqiziqlarga aytiladi.
Alluvial yotqiziqlar yoki allyuviy- doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog’liq yotqiziqlardir. Toshqilar natijasida daryo sohillari va daryo bo’ylarida ko’p to’planadi.
Alluvila yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Oxangaron, Murqab, Jahon daryolari vodiylarida sohil va deltalarda keng tarqalgan bo’lib, ko’pgina gidramorf tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. Кo’l allyuvial yotqiziqlar ko’l va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda yergan muz suvlarining pastqam tekisliklaridagi havzalarida hosil bo’ladi. Sho’r ko’llar qurigach sho’rhoklarga aylanadi. Proluvial yotqiziqlar yoki prolyuviy – tog’li o’lkalarda bahorda yergan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog’in suvlari sel oqimlari natijasida hosil bo’ladi. Prolyuvial tog’ yonbag’irlari va tog’oldi yoyilmalarida keng tarqalgan.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar- muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag’al toshlardan iborat jinslardir. O’rta Osiyoda muzlik yotqiziqlari maydoni uncha ko’p emas. Baland va o’rta tog’li rayonlarda tarqalgan.
Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengizlar o’rnida va to’rtlamchi davrlarda dengizlar trangressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo’lgan yotqiziqlardan iborat.
Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo’lish, yaxshi yaxshi saralashganligi va tuzlarni ko’p saqlashi bilan haraktyerlanadi. Eol yotqiziqlari shamolning turli tog’ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo’ladi. Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho’l zonasida bo’lib, qum barxanlari, qum tepachalari, mo’tadil iqlimli dengiz qirg’oqlari hamda daryo vodiylarida o’ziga xos qum tepalar- donador shakldagi releflar yuzaga keladi. Lyoss va lyossimon yotqiziqlarda tabiiy unumdorligi yuqori bo’lgan bo’z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo’ladi.
Jinslar va tuproqlardagi turli o’lchamli alohida zarrachalar mexanik elementlar deyiladi. Кelib chiqishiga ko’ra mexanik elementlar: menyeral, organik va organo-minyeral zarrachalardan iborat.
Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning foiz bilan ifodalanadaigan nisbiy miqdorlarlarga mexanik tarkibi deb ataladi. Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga qarab bir nechta gruhlarga ajratiladi.
Mexanik tarkibining klassifikatsiyada «fizik qum» va «fizik loy» fraksiyalarining nisbati asos qilib olingan. Demak, mexanik tarkibni aniqlayotganda tuproqlar kelib chiqishining genetik xususiyatlariga e’tibor berish lozim.
Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o’simliklari, jonivorlar va mikroorganizmlarining har-xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o’ziga xos modasi – gumus yig’indisidan iborat. Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekular modda kompleksi bo’lib, qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir.Tuproqlar organik qismining tarkibida: gumus-85%, o’simliklar qoldiqlari-10%, tuproq florasi va faunasi 5% atrofida bo’ladi.

Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə