Kirish Asosiy qism Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə1/11
tarix08.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#116081
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10 talik Hisobot o`g`itlash




Kirish
Asosiy qism
1.Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi
2.O‘simlik, tuproq, o‘g‘itlardan namuna olish usullari va tahlilga tayorlash texnikasi.
3.Tuproq strukturasi, mexanik tarkibi suv, havo va issiqlik xossalari.
4.Tuproqning mineral va organik tarkibi.
5. Tuproq unumdorligi haqida tushuncha, tuproq unumdorligini oshirish yo’llari.
6.O’simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi.
7.O’g’itlar haqida tushuncha. Azotli, fosforli, kaliyli va murakkab o’g’itlar
8.Mikroo’g’itlar va Organik o’g’itlar
9.O‘g‘itlar va ularni qishloq xo‘jaligida foydalanish. (o‘g‘itlar qo‘llashning muddatlari, usullari, me'yorlari va hamda xo‘jalikda qo‘llanilayotgan o‘g‘itlarni tasnifini yozish)
Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


1.Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi
Tuproq paydo bo’lishi jarayoni deb, Yerning tabiiy va antropogen ekosistemalarida tuproq paydo qiluvchi omillar kompleksi ta‘sirida tuproqlarning hosil bo’lishi, rivojlanishi va evolyutsiyasi jarayonlarining yig’indisiga aytiladi.
Tuproqlarning mustaqil tabiiy tana ekanligi, tuproqda kechadigan hamma hodisalarni mustasnosiz tuproq paydo qiluvchi jarayonlarni tashkil etuvchilar deb qarashni taqozo etadi. Ular o’z tabiati bo’yicha turlicha bo’lsalarda, lekin o’zaro bog’liqlikda namoyon bo’ladilar.
Tuproqning paydo bo’lishi tog’ jinslariga yoki ularning nurash mahsulotlariga tirik organizmlarning qo’nishidan boshlanadi. Bu jarayonning dastlabki bosqichi o’z mohiyati jihatidan tog’ jinslarining nurashiga o’xshashdir. Keyinchalik, yer yuzasi rivojlanishining ko’proq yetuk bosqichlarida nurash va tuproq paydo bo’lishi jarayonlari makon va zamonda ajralib ketadilar, tuproq esa faqat tog’ jinslari nurash qobig’ining eng yuqori qatlamida vujudga keladi. Shu bilan birga Yerning uzoq o’tmishida, yuza qismining abiotik rivojlanganligini, uning yuzasida nurash qobig’i mavjud bo’lganligi, lekin tuproq paydo bo’lmaganligini ham esda tutish lozim.
Nurash va tuproq paydo bo’lishi jarayonlari, demak shunga muvofiq nurash qobig’i va tuproqni har xil tabiiy tana sifatida ajratish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Nurash va tuproq hosil bo’lish jarayonlarining yuzaga keltiruvchi omillar o’xshash va bir xil termodinamik sharoitlarda yuzaga chiqsalarda, bu jarayonlar va ularning oxirgi mahsulotlari har xildir.
Bu ularning parchalanishi, mineral komponentlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilgan, saralangan va qayta yotqizilgan mahsulotlari qatlamidir. Tuproq bu maxsus biokos tabiiy tananing yangidan hosil bo’lishi natijasi bo’lib, nurash qobig’idan farqli chirindi mavjudligi, morfologik tuzilishi, asosiy funktsiyalari bilan ajralib turadi.
Tuproq paydo bo’lishi jarayonining umumiy sxemasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, tog’ jinslarining nurash mahsulotlariga sodda organizmlarning qo’shilishi bilan birlamchi tuproq paydo bo’lishi jarayoni boshlanadi. Ular nobud bo’lishidan hosil bo’lgan organik qoldiqlari nurayotgan tog’ jinslarini organik moddalar bilan boyitadi va boshqa guruh organizmlari yashash uchun sharoit yaratadi. Bakteriya va tuban suv o’tlaridan to yuksak o’simliklar rivojlanishiga qadar ko’plab yillar o’tadi. Yuksak o’simliklar paydo bo’lgandan so’ng, ularning kuchli ildiz tizimlari jinslarning ichiga kirib boradi va tuproq paydo bo’lishi jarayonini kuchaytiradi. O’simliklar bilan bir qatorda, ularga mos bo’lgan hayvon organizmlari ham bu yerda yashay boshlaydi va tuproq paydo bo’lishi jarayoniga ta‘sir ko’rsata boshlagan.
O’simlik va hayvonlar faoliyati natijasida, tarkibida, azot, kul elementari kabi oziq elementlarini ko’plab ushlaydigan, organik moddalar, jumladan, tuproq chirindisi paydo bo’lgan. Mineral tuproqlarda organik moddalarning to’planishi tufayli, ularning suv rejimi yaxshilangan, u barqaror xarakterga ega bo’lgan. Shunday qilib, tog’ jinslaridan tuproq paydo bo’la boshlagan.
O’simlik dunyosining sodda mikrofaunasidan boshlab, to yuksak o’simliklargacha rivojlanish davri millionlab yillar davom etgan bo’lsa, tuproq paydo bo’lishi jarayoni ham shunday uzoq davr tarixiga ega. Shu bilan birga Yerda hayot jarayoni rivojlanishi tarixida o’simlik va hayvonlarning guruhlari, ularning ayrim turlari ko’paya borgan. Bu ular tomonidan vujudga keltirilgan organik moddalarning umumiy massasini ko’paytirgan, yashil o’simliklar to’playdigan quyosh energiyasi oshgan.
O’simlik dunyosining evolyutsiyasi bilan bog’liq holda, tuproq paydo bo’lishi jarayoni rivojlangan va murakkablashgan, tuproq esa asta-sekinlik bilan o’z unumdorligini oshira borgan.

Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə