Kirish Asosiy qism Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi


Strukturaning agronomik ahamiyati



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə4/11
tarix08.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#116081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10 talik Hisobot o`g`itlash

Strukturaning agronomik ahamiyati.
Ilgari aytilganidek, agronomik nuqtai nazardan tuproqning haydalma qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha bo’lgan makroagregatlarning ahamiyati katta. Makroagregatlarga ajralib turadigan tuproqlarga strukturali, 0,25 mm dan kichik mikroagregatlar ko’p bo’lgan tuproqlarga strukturasiz tuproqlar deyiladi. Kesakli struktura ham strukturasiz tuproqlar jumlasiga kiradi.
Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan o’zining g’ovak qovushmasi, kam zichligi va yuqori g’ovakligi hamda kovakliklarning sifat ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.
Strukturasiz tuproqlarda nozik ingichka kapillyarlar ko’p bo’lib, strukturali tuproqlarning makroagregatlari orasida va ular ichida yirik bo’shliqlar serob. Struktura holatiga ko’ra tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi keskin farq qiladi. Suv ko’taruvchanligining tezligi va balandligi strukturasiz tuproqlarda yuqori bo’lganidan, nam tez bug’lanib ketadi. Strukturali tuproqlarda esa aksincha nam uzoq saqlanadi. Tuproq strukturasi havo almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi. Mikroagregatlar (<0,25) da (hatto ular quruq xolida ham) havo almashinuvi yomon bo’ladi. Makrostrukturalarda esa, yuqori namlikda ham havo almashinuvi yaxshi bo’lib turadi. Strukturasiz tuproqlarda nam yetarli bo’lganda ham, o’simliklarning ildizi va aerob mikroorganizmlar erkin kislorod yetishmasligidan qiynaladi. 2. Tuproqning suv xossalari
Tuproq suvi va uning ahamiyati. Ko’p fazali va dispers sistema hisoblangan tuproq tarkibida doim ma’lum miqdorda suv singdirilib, ushlanib turilgan bo’ladi. Quruq tuproq (105oC da quritilgan) massasiga nisbatan prosent hisobida saqlanadigan suv, tuproq namligini belgilaydi. Tuproq namligi uning hajmiga nisbatan foiz hisobida yoki gektariga kubometr va mm bilan ham ifodalanishi mumkin. Tuproqdagi nam atmosfera yog’inlari, sizot suvlari, atmosferadagi suv bug’larining kondensasiyasi (quyuqlashuvi) hamda sug’orish suvlari hisobidan to’planadi. Sug’orilmaydigan sharoitda esa tuproq namining asosiy manbai - atmosfera yog’inlaridir.



Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə