Sibir platformasini zamonaviy struktura shakllari



Yüklə 55,02 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü55,02 Kb.
#158302
sibir platformasini zamonaviy strukt


Sibir platformasini zamonaviy struktura shakllari.

Sibir platforma qobig‘ida ifoda qilingan strukturaviy shakllari uning bloklik tuzilishi poydevoriga bo‘ysungan. Platforma qobig‘ining deformasiyalari fundamentdagi siniq zonalari bilan nazorat qilinadi, ular bo‘ylab siljish platformalik bosqichda rivojlangan. Sinekliza va antekliza qismlari bo‘ylab zonalarga guruxlangan kesimlar muxim axamiyatga ega. Sibir platformsada ko‘p kesmalar platformali qobig‘ni va yura-bo‘r kompleksini kesib o‘tishi xarakterli.


Plita tizimida intruziv trapplar, ishqor ultra asosiy jinslar muxim axamiyatga ega, ularni joylashishi kesma zonalari va kesib o‘tgan joylarida (kimberlit trubkalari va xokazolar) nazorat qiladi. Kesmalardagi platformali qobig‘ siljishlari o‘lchanadi va ular fleksuralarga bog‘liq.
O‘rta Sibir plitasini asosiy tuzim elementlari bu Anabar, Aldansk, , Angaro-Lensk anteklizlari, Tunguss va Vilyuy sineklizalaridir. Ko‘rsatilgan struktura shakllari murakkab tizimga ega va botiq yerlar, ko‘tarmalar, siqimlar aloxida antiklinallar va xokazolarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, platformani janubida bir necha mustaqil Aldan qalqoni va uning atroflarida joylashgan botiq yerlarni ajratishadi. Zamonaviy O‘rta Sibir plitasini strukturasini rejasi mezozoy yerasini oxirida tashkil topdi. Pastda uning aloxida katta strukturali elementlarini asosiy tuzilish xususiyatlari keltirilgan.
Anobar anteklizasi. Anobar antiklizasi bu katta maydonga ega bo‘lib,(eniga 1000km va meridian bo‘yicha 800 km.ga yaqin) murakkab struktura maydonlar plitalari aktiv egilishlari kech paleozoy-mezazoy davrida tashkil topgan: bular g‘arbda Tungus sineklizasi shimolda Lena-Anabar egilmasi, sharqda va janubiy sharqda Aldan-Lena egilmasi va Vilyuy sineklizasidir.
Anteklizani g‘arb qismi bu Anabar ko‘tarilmasi uning shimoliy sharqida Ogneks ko‘tarilmasi joylashgan. Uning janubida Kostyudin grabeni bilan ajralib turgan do‘nglik paleozoy jinslari bilan to‘lgan Kotuy-Dalgin ko‘tarilmasida (havzasi Molod daryosi) joylashgan, unga ko‘pdan kinberlit trubkalari birlashib ketgan. Anteklizani janubi-sharqiy qismida Muna va Tuna orasida Muns svodi joylashgan. Ular O‘rtakembriy qatlamlari cho‘qqisidan quyilgan. Anabar ko‘tarilmasi Olenek, Mun ko‘tarilmalaridan Suxan chuqurligi bilan ajratilgan.
Anabar massivi dumaloq uchburchak shakliga ega. Uning yuvib ketilgan markaziy qismi cho‘qqisida fundament jinslari ko‘rinib turibdi (Anabar mavzesi). Arxey fundamentini do‘ng joyi proterozoy, vend va kembriy qatlamlari chiqishlari bilan qurshab olingan qatlamlarni egilganligi shimoliy qoyalikda -30, janubda esa - 0,50 gradus. qatlamlarni monoklinal joylashuvi ko‘p kesimlar bilan qalinlashgan. Kembriy dala doirasi rivojlanishida valsimon ko‘tarmalar ajralib turibdi. Shimoliy g‘arbiy Anabar ko‘tarilmasi qiyaligida Meymechi va Kotuya daryolari havzasida proterozoy va kembriy qatlamlari ultra asosiy va ishqor jinslari bilan toldirilgan. Anabar svodini shimoliy burchagida o‘ziga xos doirasimon struktura -Popigay grebeni joylashgan u va doira shakliga ega.

  1. L.Masaytis bu strukturani astroblem kategoriyasida qo‘shadi va uni meteoritdan tashkil topshini bilan tushuntiradi. Astroblema tuzilishida ikkita konsentrik kratyer ajratiladi, brekchiyalar bilan tuldirilgan bo‘lib, metamorfizm va eritma - impontantlarni sinab ko‘rgan. Kratyer chekkalarida siljishlar kuzatilgan. Kechkibo‘r kratyerni yoshi - o‘rta bo‘r paleogen.

Olensk ko‘tarilmasi o‘rta kembriy-rifey jinslaridan tuzilgan. Uning sharqiy qismida kechki proterazoy poydevori ochilgan. Parallel kesimlar tizimi shimoliy-g‘arbiy - janubiy sharqiy ko‘tarilmasi cho‘zilmalarini aloxida gorst va grabenlarga bo‘lib tashlagan. Kesmalar ko‘pdan ko‘p dayka traplari bilan bog‘langan. Kemriy qatlamlarida fleksuralar, braxiformalar ko‘plab uchraydi va 15 km.ga yetadi. Ko‘tarilmani sharqiy qanotida grabenda yuqori paleozoy qatlamlari rivojlangan (Kotyugdninsk egilmasi).
Munsk svodi assmetriya ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning Sharqiy qiyaligi tikka, uzilmalari, fleksuralari, braxiformalari ko‘p. G‘arbiy qiyaligi tekis meridional cho‘zilgan Suxansk egilmasi ustida yuqori kembriy qatlamlarida keng tarqalgan. Uning shimoliy qismida meridional yo‘nalgan gorst ko‘tarmasi joylashgan.
Aldan anteklizasi. Aldan anteklizasi yuqori proterazoy va kembriy davriga mansub bo‘lib, Aldanovo-Stanovo qalqoniga shimolroq hududida yuzaga chiqqan. Poydevor usti bo‘yicha Aldan yaqim ko‘tarilma ajralib turadi. Shartli chegaralangan stratoizoigipslarda rel’ef usti poydevori - 0,5 km. ga teng bo‘lib, shimoliy-sharqiy Yakutskda do‘ngligida (izogips-10 km.), yura qatlamlari qobig‘ bilan kesib o‘tgan. Ular ingichka subkenglik Aldan egilmalari bilan bo‘lingan. Sharqda Yudano-Mayskda ular Sette-Deban cho‘qqisiga
qo‘shilib ketgan. Yudano-Maysk egilmasida Kembriy qatlamlari meridional taxlamlar sistemasini tashkil qiladi.
Aldansk yarim ko‘tarilma chegaralarida Vend qatlamlari (Yudomsk svita) arxey poydevorida yotib, uning g‘arbiy qanotida rifey poydevori paydo bo‘lib, chuqur assimetrik Berezovsk egilmalariga cho‘kadi. Berezovsk egilmasi Baykalo-Potomsk taxlama sistemasiga qo‘shilib ketadi va g‘arbda Jyerbinsk botiqligi bilan ajratilgan. Kuchli egilgan yuqori proterazoy, kembriy, ordovik, ostki silur bilan to‘ldirilgan. O‘q qismida cho‘kindi vulqonik, o‘rta yuqori devon uchraydi. Shimoliy tomondagi egilma Vilyuy sineklizasi tagida davom etadi. Sharqiy qanot egilmasidagi qatlamlar Vend- kembriy qatlamlari monoklinal tarzda pastki paleozoyga nomutanosib yotadi.
Aldan yarim ko‘tarilmasi janubida Aldanovo-Stanovo qalqonining shimoliy qismida yuqori proterazoy va kembriy qatlamlari saqlanib qolgan, ularni ustida grabensinklinallar va grabenlar joylshagan. Grabenlar shimoldan shimoliy-Stanova zona kesmasiga qo‘shilib ketgan. Eng kattalaridan biri g‘arbda-Gulman, sharqda-Tokkin graben-sinklinaldir. Yura qatlamlarini shimoliy qanotida kesimlar yonida monoklinaln joylashgan, , janubiy chegara botiq yerlardan iborat.
Yenisey va Angaro-Lena anteklizalari janubda tepalikda paleozoy tepalik va Tungussk sineklizasidi trias davri bog‘lab turadi. Angaro-Lena anteklizasi eng murakkab tuzilishga ega (Pavloskiy Angaro-Lena egilmasining tuzilishi ko‘rsatilgan). Platformani janubiy g‘arbiy tomoni baykal burmchakligida rivojlangan va o‘rta paleozoyda ko‘tarilib - antekliza xolga kelgan.
Aldano-Lena anteklizasini chegaradagi poydevori 2-3 km. chuqurligida yotibdi va faqat chekka shimoliy-g‘arbiy va sharqiy tomonda pasayadi (6-7 km.gacha). NyuJerbin qo‘ltig‘ida Berezov egilmasi Uran ko‘tarilmasidan ajratilgan bo‘lib, kembriy, ordovik quyi silur qatlamlari Nyu-Jerbiy cho‘kmasida joylashgan bo‘lib, katta sinklinal va antiklinal holatda g‘ijimlanib tashlangan.
Angaro-Lena antiklizasida bir necha ko‘tarilmalari va ularni ajratib turuvchi egilmalar bor. Bu maydonni asosiy xususiyati uzun taxlamli strukturalari borligidir. Shimolda taxlamli strukturalar kembriy va ordovik qatlamlarida pastki paleozoy davrlari maydonini egallaydi va platformani tashqi chekkasiga paralell holda yotadi. Bratsk shaxri janubrog‘ida ayrim sinklinallar saqlanib qolgan. Nazarimizda, qobig‘da taxlamli shakllari
48
xosil bo‘lishi poydevorni siljib ketishiga bog‘liq tuz dianirizm xodisasi qo‘yilmoqda, kuchli quyi kembriy tuzli qatlami borligi uchun.
Aldano-Lena anteklizasi janubda qo‘shimcha Anabar antekliza bilan bog‘lanib ketadi. Tungusk va Vilyuysk sineklizalarini ajratib turuvchi meridional zona ko‘tarmalari Sibir platformasini bo‘shlig‘ini tashkil qiladi. Shartli qilib uni markaziy Sibir egari deb atash mumkin.
Yeniseyoldi anteklizasi sharqdan Enisey kryajiga qo‘shishgan. Anteklizani shimol tomonda katta, paralel va ko‘ndalang Enisey kryajiga nisbatan uzilishlar bor. Antekliza sifatida bu hudud kechki paleozoy - triasda sharqda Tungus sineklizasi aksariyati tugallangan xolga kelgan.
Tunguss sineklizasi eng katta O‘rta Sibir plita shakli (eni 1000 km. 1400 km. Meridianida). Uning xususiyati shundaki, u yuqori trias-perm - o‘rtatrias bilan birga ko‘p dayka va sillar qatlamlari bilan to‘ldirilgan.
Tungussk sineklizasi shimol tomonda Ust-Yenisey -Xatang egilmasini yura-bo‘r qatlamlari bilan to‘sgan. Uning g‘arb tomoni bo‘ylab Irkutsk, Turuxan ko‘tarma zonalari kuzatiladi. Sineklizani shimoliy-g‘arbiy tomonida Xatang-Ribin vali joylashgan. Bu yerda paleozoy qatlamlari qanotlari tik qiyalidir.
Sineklizani markaziy qismida perm va tris davri qatlamlari gorizontal bo‘lib yotadi. Ko‘p bosqichli shimoliy g‘arbiy va shimoliy sharqiy yo‘nalishda bo‘lib, ustida ko‘p sonli fleksuralar, kupollar, muldalar, uzilishlar sineklizani cheka qismlarga qo‘shilgan.
Sineklizani tashkil topishi, nazarimizda kechki paleozoyga oid sinekliza chegarasida ajralib turadi. Sineklizani shimoliy-sharqiy qismini Kochechumks botig‘i (10km.gacha) egallaydi, U submeridial Taymir tepaligida Kotun tepaligigacha cho‘zilgan. Botiq yerlarni tashkil topgan vaqti noaniq. Poydevor chuqurligini yotishi markaziy qismlarda 7-8 km.
Yura va bo‘r qatlamlari Vilyuysk sineklizasida ko‘rfazsimon shaklga ega. Sharqda u Aldan-Lena egilma bilan toqnashadi. Vilyuysk sineklizasi yuqori bo‘r tugaganda shakllangnan. Sinekliza qanotlarini burchak qiyalari o‘n metrlar bilan o‘lchanadi. Vilyuysk sineklizani chuqurlikdagi tuzilishi murakkab.
Uning g‘arbiy qismida Suntar qishlog‘ida 400 m. chuqurlikda Yura qatlamalarida kristall poydevor Suntars gorsti ochilgan. Suntarsk gorsti graben sifat egilmalarni ajratadi: shimolda Igiansk, Janubda Kempendyaysk botiq yerlari, ularning chuqurligi 7 va 9 km.,
49
ostki paleozoy bilan tuz qatlamlari, cho‘kindi vulkonogen qatlamalari devoni ostki toshko‘mir davri bilan to‘ldirilgan. Nazarimizda botiq yerlarida rifey rivojlangan.
Vilyuy sineklizasi Aldan-Lena (Predvyerxoyan) o‘lka egilmasida ochilgan. Oxirgisi shimoliy qismida meridional yo‘nalishda janabiy kengligida assimetrik tizimga ega.
Irkutsk botig‘i yeri Sharqiy Sayanning janubiy qismi bo‘ylab joylashgan. Uning g‘arbiy davomi Kansk botiq yerigacha davom etadi. Irkutsk botiq yerni uzunligi 500 km., eni 100 kmgacha. Shimoliy sharqiy qanoti tekis, janubiy g‘arbi tik. Janubiy-sharqiy botiq yeri qismi egilgan (Baykal oldi depressiya).
Foydali qazilmalar. Aldan qalqoni arxey seriyalar orasida slyuda, flogopit, xonduroksid va temir kvarsitlar, temir va skarnlar (fedyerovskaya va aldan yuqori svitasi ), korund, tog‘ billur, sillimanit va andaluzit (Chaynit) qazilmalar rivojlangan.
Aldan qalqonida oxirgi paytda yangi apatit provinsiyalari bir necha qazilmalar (Seligdar, Tigrovoe) aniqlangan.
Udokan seriya ostki proterozoy topilmalarga mis, qumtosh qazilmalari bog‘langan. Mezozoy davri ishqor intruziyalari, skarn va gidrotermal polimetall qazilmalarni nazorat qiladi. Anabar qalqonida gneys jinslari daldinsk seriyasida aniqlangan. Aldan qalqoni yuqori proterozoy qatlamida gonom svita kesilmasida oolit va gematit rudalar uchrab turadi. Temir moddasi 42 dan 52% gacha o‘lchanadi. Temir ruda pachkasi Gonam daryosi havzasida bo‘lib qalinligi 7-10 m. Baykalda (ulugituys seriya) qatlami yuqori proterozoyda regional fosforitlar bilan bog‘langan.
Chadobesk tepaligida fosforit qazilmalari bor. Baykal egilmasi bo‘ylab (Nikolayev, Krimenchet, Orshan) marganes qazilmalar bor. Ruda jismlarini qalinligi 0,2 dan 10m gacha. Vend qatlamlarni ayrim joylarida -. Marxindsk tepaligida neftli vend qatlamlar topilgan.
Kembriy qatlamlarida platforma bo‘ylab ko‘plab neft va gaz belgilari bor. Kembriyda neft sanoat koni Markov konida o‘rnatilgan. Kembriy tuz qatlamlari maydoni
Л
1mln.km tashkil qiladi. Bu Berezov va janubiy-g‘arbiy qism Angaro-Lena egilma tuz koni.
Sharqiy Anabar anteklizasi quyi va o‘rta kembriy qatlamlari bitumi ega va yonuvchi yoqilg‘i sifatida ishlatilishi mumkin. Aldan qalqoni shimoliy qiyaliklarida ostki kembriy qatlamlarida Sardansk polimetal qazilmalari topilgan.
50
Ordovik qatlamlari o‘rta bo‘limida fosforitlar uchraydi. Podkamensk, Tunguss, Turev qazilmalarida qidiruv ishlari o‘tkazilgan. Pastki Tunguss havzasida ordovikda oolit gematit-lemonid rudalari 20-32%, temir rudalari aniqlanilgan. Kembriyda Devon qatlamlari platformani shimoliy g‘arbiy qismi Xatang egilmasida va Vilyuy sineklizasida toshli tuzlardan iborat. Xatang egilmada (Nordvik) tuz olingan.
Asosiy foydali qazilmalar yuqori paleozoy qatlamlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘mir qatlamlaridan iborat. (104 qatlamgacha). Yuqori paleozoy ko‘mir konlari Tungussk sinekliza qanotlarida joylashgan. Ularni chiqish dalasi Tungussk havzasiga munosib. Perm davri ko‘proq ko‘mir topilmalarga boy. Ko‘mirni sifat tizimi qo‘ng‘irdan hududida sideritlar ko‘plab rivojlangan. Fatyanixinskda sidyerit qatlamlari qalinligi 4 mgacha etadi.
Vilyuy sinekliza bo‘ylab platforma sharqida yura qatlamlarida ko‘plab temir rudalar keng tarqalgan.
Yura va kechki bo‘r Sibir platformasida ko‘mir qatlamlari ko‘p. Ribinsk botiq yerda qatlam qalinligi 65m («Borodinsk» qatlami qalinligi 50m.) Kansk-Abakan botiq yerda uchta qatlam 17,5m. qalinligidan.Janubiy Yakutsk havzasi (Cheremxov botiq yer) qiziqish uyg‘otadi. Yurani tepa qismi kesimida qalinligi 5 va 16-30 m ega bo‘lgan qavatlar bor.
Verxoyansk egilmasida va Vilyuy sineklizasi, Lena havzasida qo‘ng‘ir ko‘mirlar g‘arb qismida va toshli-sharqiy qismida ko‘mir qatlamlaridan, Verxoyan egilmasida mezozoy va perm qatlamlarida gazokondensatli va gaz qazilmalari ochilgan. Ust-Vilyuy, Sobo-Xanim, Badaran, O‘rta-Vilyuy va boshqalar.Paleogen qobig‘ida va ertamezazoy qobig‘ida bir xil platforma hududlarida boksit konlari bor. Kaynazoy qatlamlari bilan oltin, olmos konlari bog‘liq
Sibir platformasida xlorid-natriyli, xlorid-kalsiyli va kalsiy-natriyli minyeral suvlar, bromli, kaliyli, stronsiy va boshqa elementlar uchratilgan. Suvlarning kembriy qatlamlari Angaro-Lena egilmasida, kembriygacha va yertakembriy qatlamalari janubiy Tungussk sinekliza qismiga va boshqa strukturalarga bag‘ishlangan.
Endogen qazilmalar Sibir platformasida endogen minerallashgan trappi xar-xil yoshli va ishqor, ultraasosiy formasiya va ishqor granitoidli intruziyalarga bog‘liq. Eng katta qazilmalar kechki paleozoy-erta mezozoy etapi magmatizmidan tashkil bo‘lgan.
Trapli intruziya oqibatida perm sistemasi qatlamida grafit koni xosil bo‘lgan. (Kurey, Nogin, Noril) Kurey topilmasida toza grafitni qatlam quvvati 4 m.
Trapli formasiyaga bog‘liq temir konlari struktura shaklida qazilmalar va namoyondalar bilan bog‘liq. Bir necha genetik tip qazilma va nomoyondalari aniqlangan. Kureyka daryo havzasida sof temir namoyondasi, Perm davrida qayta quyilgan. Shimoliy- g‘arbiy Tungussk sineklizasi qismida (Silur davri oxak va dolyerit kontaktida.) Temir rudasi 37,7% Temir rudasi Angaro-Lena, O‘rta-Angar va Angaro-Kontik hududlarida Temir rudasi topilmalari vulqonik trubkalarda 80 m.dan 2400 m gacha joylashgan. Skarnlar ko‘proq granat konlarda Tungussk sinekliza qanotida kesilmalarga bag‘ishlangan.
Skarn temir konlari Norilsk rayonida, Podkamennaya daryosida, Tungussk va Baxta hududlarida aniqlanilgan.
Sulfid qazilmalar va namoyondalardan uchta tipi bor: magmatik, likvasion (Noril 1 qazilmasi, Noril P, Malnax, Oktoyabr va boshqalar) diffyerensiyalangan intruziyalarda gabbro-dolyerit; kechki magmatik diffyerensiyalanmagan intruziyalar va gidrotermal qazilmalarni birinchi tipi sanoat axamiyatga ega. Qazilmalar chuqur bo‘linmalar shimoliy g‘arbiy Sibir o‘lka platformasiga bag‘ishlangan. G‘’arbiy hududlarda polimetalik rudalari trapp intruziyalar bilan bog‘liq.
Konglomeratlarda islandshpati konlari joylashgan. Quyi Tungussk, Nadim va boshqa daryolar bo‘ylab, Ular pastki va yuqori lava oqim va ustun qismlarida uchraydi. Oxirgi tipni rudalashgan turi keng tarqalgan. Ishqor, ultra asosiy jinslaning genetik bog‘liqligi flogopit va vyermikulit qazilmalari va namoyondalari bilan bog‘liq bo‘lib ular Anabar anteklizasida karbonatlarda vyermikulit bilan birga noyob elementlar tarkibida uchrab turadi. Meymechi va Katuya daryo havzasi intruzivlarga nefelin titano-magnetit konlari bag‘ishlangan.
Kimberlit trubkalar bilan Yakutiyadagi olmos konlari bog‘liq. Bu trubkalar: «Mir», «Udachnaya», «Ayxal» va boshqa Yakutsk qazilmalar asosida olmos sanoatini rivojlantirmoqda.

Магматик жараёнлар минераллари парагенезиси ва типоморф белгилари


Режа

  1. Мaгмaтик жинслaрни минeрaл тaркиби

  2. Мaгмaтик жинслaрни генетик тaснифи- жинслaрни ҳосил бўлиш шaроити бўйичa тaснифи.

  3. Мaгмaтик жинслaрни кимёвий вa минерaлогик тaснифи.

Yüklə 55,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə