Qidir Geologik yosh



Yüklə 23,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.05.2022
ölçüsü23,81 Kb.
#86987
Geologik yosh - Vikipediya



Qidir

Geologik yosh

Geologik yosh — qandaydir geologik hodisa (togʻ jinslari qatlamlarining hosil boʻlishi, dengizning

bosib kirishi, bir turdagi jonzotlarining qirilib ketishi, lavalarning quyulishi, intruziyalarning yorib

kirishi va h.k.)dan keyin oʻtgan vaqt. Ming va mln. yillar bilan oʻlchanadi.

Mutlaq va nisbiy G. yo. ajratiladi. Mutlaq G. yo. — togʻ jinslari yoshining vaqtning mutlaq birligida

ifodalanishi; minerallar tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va b.)ning

parchalanishini oʻrganish asosida hisoblab chiqiladi. Odatda, mln. yil hisobida oʻlchanadi. Termin

shartli ravishda ishlatiladi, chunki olingan raqamlar "mutlaq" emas va eng kam xato ±5% bilan

beriladi.

Nisbiy G.yo. — togʻjinslarinikesimda bir-biriga nisbatan oʻzaro joylashishiga koʻra aniqlanadi. Kichik

burchak bilan enkaygan qatlamlarning ostidagisi qad., oʻstidagisi yosh hisoblanadi. Birbiridan

uzoqda joylashgan choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini solishtirib umumiy stratigrafiya shkalasi

tuzilgan. Qatlamlarda topilgan toshqotgan hayvonot va oʻsimliklar qodsigʻini tahlil qilib jinslar

umumiy shkalaga taqqoslanadi, yaʼni nisbiy G. yo. aniqlanadi (yana q. Geoxronologiya).

OʻzME


. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar



Yüklə 23,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə